Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Qurilish maydonini, ishlar va mehnatni tashkil qilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Qurilish maydonini, ishlar va mehnatni tashkil qilish
Binolar strelali (yirik blokli) yoki minorali (yirik panelli va hajmiy-
blokli) kranlar yordamida barpo qilinadi. 
Yirik blokli (bir va ikki qavatli) binolarni barpo qilishda kran binoning 
perimetri bo‘yicha harakatlanadi. Shuning uchun vaqtinchalik yo‘llar, 
konstruksiyalarini omborlash maydonlari binoning perimetri bo‘ylab 
montaj krani strelasining harakatlanishi radiusi doirasida joylashtiriladi. 
Yirik panelli yoki hajmiy-blokli binolarni barpo qilganda minorali 
kranni binoning hovli fasadi tomonidan o‘rnatiladi. Vaqtinchalik yo‘llar 
halqasimon qilib quriladi, ochiq ombor maydonlari esa montaj krani 
strelasining harakatlanishi radiusi chegarasida joylashtiriladi. Qurilish 
maydoni omborlar, vaqtinchalik elektr energiyasi, suv quvur yo‘llari, 
vaqtinchalik maishiy va ma’muriy binolar bilan ta’minlanadi, territoriyasi 
esa vaqtinchalik to‘siqlar bilan to‘siladi.
Yirik blokli binolarni montaj qilish bir yoki ko‘p zaxvatkali sistema 
bo‘yicha bevosita transport vositalaridan yoki ob’ekt oldi 
omborxonalaridan amalga oshirilishi mumkin. Montaj ishlari ikki smenali 
tartibda tashkil qilinganda binoni barpo qilish 12-14 ishchidan iborat 
brigadalar bilan, montaj ishlari bir smenali tartibda tashkil qilinganda esa − 
6-7 kishidan iborat brigadalar bilan bajariladi.
Yirik panelli va hajmiy-blokli binolarning yer usti qismini montaj qilish 
odatda qavatma-qavat, ob’ektdagi nolinchi sikl ishlarining butun 
kompleksi bajarilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ob’ektdagi ishlar oqim 
usulida tashkil qilinadi. Buning uchun bino zaxvatkalarga ajratiladi. 
Zaxvatka sifatida odatda uy-joy binosining seksiyalari qabul qilinadi. 
Konstruksiyalarni joyiga uzatish va montaj qilish ikki xil usulda tashkil 
qilinadi: ob’ekt oldi omborxonasidan yoki bevosita transport vositalaridan. 
Ob’ektda mehnat qilish jarayoni quyidagicha tashkil qilinadi: montaj 
ishlari – 12-15 kishidan iborat brigada bilan; pardozlash ishlari − 25-30 
kishidan iborat kompleks brigada bilan; boshqalari – 4-6 kishidan iborat 
ixtisoslashgan brigadalar bilan.
40



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling