Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Hajmiy – blokli binolarni barpo qilish texnologiyasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari 1.
Hajmiy – blokli binolarni barpo qilish texnologiyasi Hajmiy-blokli binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi yirik panelli binolarni barpo qilishdagi jarayonlar tarkibiga aynan o‘xshash. Ammo hajmiy-blokli binolarni montaj qilish texnologiyasi o‘ziga xos bo‘lib uni quyidagicha ifodalash mumkin. Blok-xonalar o‘zining loyihaviy holatiga burchakka oid xonalardan boshlab tekislangan zaminga o‘rnatiladi. Bunda vaqtinchalik mahkamlash vositalari talab qilinmaydi. Blok-xonalarni o‘rnatish ketma-ketligi asosan qo‘llaniluvchi montaj kranining turi bilan belgilanadi. Blok-xonalar o‘rtasidagi loyihaviy tirqishlar o‘lchamlarining bir xilligi fiksatorlar yordamida ta’minlanadi. Blok-xonalar o‘rnatilgandan so‘ng ularni 43 tutashtiruvchi elementlar mahkamlanadi, quvur yo‘llarning ulanish chokllari bajariladi va bloklar o‘rtasidagi loyihaviy tirqishlar zichlanadi. Anna shunday ketma-ketlikda binoning blok-xonalari qavatma-qavat tartibda montaj qilinadi. Nazorat savollari 1. Yirik blokli, yirik panelli va hajmli-blokli binolarni barpo qilishda qurilish maydonini, ishlari va mehnatni tashkil qilish. 2. Yirik blokli binolarni montaj qilish texnologiyasi. 3. Yirik panelli binolarni montaj qilish texnologiyasi: a) karkassiz; b) qisman karkasli; v) to‘la karkasli. 4. Hajmiy-blokli binolarni montaj qilish texnologiyasi. 11. Bir qavatli sanoat binolarini barpo qilish texnologiyasi. Binolarning qurilish-konstruktiv yechimi. Qurilish maydoni, ishlari va mehnatni tashkil qilish. Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi Binolarning qurilish-konstruktiv yechimi. Bir qavatli sanoat binolari odatda yig‘ma temirbeton elementlardan barpo qilinadi. Bunday binolar to‘la temirbeton karkasga ega bo‘ladi. Binolarning poydevorlari yig‘ma yoki yaxlit quyma temirbetondan loyihalanadi. Ustunlari binoning qulochi va kranga oid yukning miqdoriga bog‘liq ravishda uzluksiz kesimli yoki ikki shoxli bo‘lishi mumkin. Poydevorga oid va kran osti to‘sinlari − yig‘ma temirbetondan. Тom yopmasi yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalarning yig‘indisidan tashkil topadi. Тomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari sifatida qulochi − 18,0 yoki 21,0m bo‘lgan fermalar va qulochi − 12,0 va 18,0m bo‘lgan bir yoki ikki nishabli to‘sinlar ishlatiladi. Yopmaning temirbeton plitalari qovurg‘ali bo‘lib o‘lchamlari – 3,0x6,0 yoki 3,0x12,0m bo‘lishi mumkin. Devor panellari – keramzitobetondan. Тom qoplamasi – o‘ramli ashyolardan. Тom qoplamasining issiqlik izolyasiyalovchi qatlami - ko‘pikbeton plitalardan iborat bo‘ladi. Pollari – yaxlit quyma betondan. Pardozlanishi: ichkisi – temirbeton konstruksiyalarning suvli-emulsiyali tarkiblar bilan, metall konstruksiyalarning esa – moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yash, tashqisi – fasadbop bo‘yovchi tarkiblar bilan bo‘yash. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling