Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Qurilish maydonini, ishlarni va mehnatni tashkil qilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
44


Qurilish maydonini, ishlarni va mehnatni tashkil qilish 
Qurilish maydonini tashkil qilish masalalari bir qavatli sanoat binosi 
qurilish-konstruktiv yechimining murakkabligiga bog‘liq ravishda, uning 
yer osti va yer usti qismlarini barpo qilish bosqichlari va texnologik asbob-
uskunalarni montaj qilish davri uchun hal qilinadi. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo qilish ochiq va yopiq usullarda 
tashkil qilinishi mumkin. Qurilishni tashkillashtirishning ochiq usuli 
deganda sanoat binosini barpo qilishning shunday texnologiyasi 
tushiniladiki, unda ustunlar va asbob-uskunalar ostiga poydevorlarni qurish 
jarayonlari vaqtning bir davrida birlashtirilgan bo‘ladi. 
Тashkillashtirishning yopiq usuli deganda sanoat binosini barpo qilishning 
shunday texnologiyasi tushiniladiki, unda asbob-uskunalar ostiga 
mo‘ljallangan poydevorlar binoning yer usti qismini montaj qilish 
yakunlangandan so‘ng, ya’ni yopma plitalar mavjudligi holatida quriladi. 
Sanoat binosini barpo qilishni tashkillashtirishning u yoki bu usulini qabul 
qilish qurilish ishlarini bajarish loyihasida (QIBLda) asoslab beriladi. 
Qurilish maydonining tashkillashtirish sxemasini bir qavatli sanoat 
binosining yer usti qismini barpo qilish davri uchun ko‘rib chiqamiz. 
Binoning yer usti qismini barpo qilishga uning yer osti qismini barpo 
qilish, ya’ni maydonni tekislash, kotlovanni qazish, poydevorlarni qurish
poydevorlarni gidroizolyatsiyalash, kotlovanni qayta ko‘mish va gruntni 
zichlash ishlari to‘la yakunlangandan so‘ng kirishiladi. Bir qavatli sanoat 
binolarini strelali kranlar yordamida barpo qilinadi. Yig‘ma temirbeton 
konstruksiyalarni montaj qilishda kranlarning harakatlanish sxemasi 
binoning ichkari tomonidan va tashqi perimetri bo‘yicha qabul qilinishi 
mumkin. Shundan kelib chiqib, qurilish maydonida montaj kranining qabul 
qilingan harakatlanish sxemasiga muvofiq ravishda vaqtinchalik yo‘llar 
quriladi. 
Yig‘ma temirbeton elementlarning (ferma va yopmaning to‘sinlaridan 
tashqari) montaj qilinishi oldidan omborda saqlash usuli tashkil qilinadi. 
Ushbu maqsadlarda qurilish ob’ektlarida konstruksiyalarni omborlash 
uchun ochiq maydonlar tashkil qilinadi: poydevor bloklari uchun- o‘qlar 
bo‘ylab ularning o‘rnatilish joyida, ustunlar uchun − har bir poydevor 
blokining oldida (bitta ustun hisobidan), poydevor va kran osti to‘sinlari, 
yopma plitalar uchun − binoning qulochida bo‘ylama o‘qlar bo‘ylab, devor 
panellari uchun − binoning tashqi perimetri bo‘ylab (kassetalarga 
joylashtirishni hisobga olib). Qurilish maydoniga vaqtinchalik muhandislik 
kommunikatsiyalarini: vodoprovod, yuqori kuchlanishli va yoritish elektr 
45


tarmog‘i tortib kelinadi. Qurilish maydoniga kiraverishda maishiy va 
ma’muriy maqsadlardagi vaqtinchalik binolar joylashtiriladi.
Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishning yo oqimli, yo ketma-ketlik 
usuli tashkil etiladi. Bino qurilishini oqimli usulda tashkil qilinganda uning 
harorat − deformatsiyaga oid choklar bo‘yicha zaxvatkalarga bo‘linadi. 
Oqimlarning harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda binoning ko‘ndalang 
o‘qlari raqamlarining ortib borishi yo‘nalishi da tashkil qilinadi. Bunda 
ishlarning butun kompleksi quyidagi ixtisoslashgan oqimlarga ajratiladi: 
yer ishlari, poydevorlarni qurish, montaj ishlari, tom qoplamasini qurish, 
asbob-uskunalarning ostiga poydevorlar qurish, pollarni qurish, pardozlash 
ishlari, maxsus ishlar, KIP va avtomatika asbob-uskunalarini montaj qilish, 
hududni obodonlashtirish. Shunga muvofiq ravishda, ishlarning hajmi va 
muddatlaridan kelib chiqib ishchilar zvenolari va brigadalarining kasbiy
shaxsiy va malakaviy tarkibi aniqlanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling