Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo etishda qurilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo etishda qurilish 
jarayonlarining tarkibi va texnologiyasi 
 
Qurilish jarayonlarining tarkibi va binoni barpo etish texnologiyasini 
ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binoning yer usti qismining qurilishi misolida 
ko‘rib chiqamiz. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binonni barpo etishda quyidagi 
qurilish jarayonlari bajariladi: ustunlar, rigellar, orayopma plitalar, 
pardevor panellari, zina elementlari va devor panellarini montaj qilish. 
Har bir zaxvatdagi konstruksiyalar binoning balandligi bo‘yicha montaj 
qilinishi ketma-ketligi va ularning batamom mahkamlanishi bino 
56


karkasining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishdagi bikirligini va barcha 
elementlarining ustivorligini ta’minlashi lozim. Har bir yuqorida 
joylashgan yarus (zaxvatka) elementlarining montaj qilinishi faqat undan 
pastroqda joylashgan yarus (zaxvatka) elementlarining to‘la va batamom 
mahkamlanishidan so‘ng boshlanishi lozim.
Ustunlarni qavatma-qavat montaj qilish usulida bino karkasining 
yig‘ma elementlarni montaj qilish ketma-ketligi quyidagicha: ustunlar, 
rigellar, zina elementlari, orayopma plitalar va pardevor panellari. 
Ustunlar ikki qavatli qirqimga ega bo‘lganida har bir zaxvatka 
chegarasining gorizontal yo‘nalishida montaj ishlarini bajarish quyidagi 
ketma-ketlikda amalga oshiriladi: ustunlar, 1- qavatning rigellari, 1- qavat 
zinalarining elementlari, 1- qavat orayopma plitalari, so‘ngra esa huddi 
shunday tartibda binoning ikkinchi qavatining elementlari montaj qilinadi 
va ishlarning nihoyasida ushbu yig‘ma elementlarning choklari va 
tutashmalari qorishma bilan to‘ldiriladi. Ustunlarni montaj qilishda 
stropovkalash maxsus tutqichlar yordamida amalga oshiriladi. 
Ustunlarni qavatma-qavat montaj qilish usulida bittali yoki guruhga oid 
konduktorlardan foydalaniladi. Bittali konduktorlar – bitta ustunning 
to‘g‘ri o‘rnatilishini tekshirish va vaqtinchalik mahkamlash uchun, 
guruhga oid konduktorlar esa − huddi shu maqsadlarda to‘rta ustun uchun 
ishlatiladi.
Ustunlarning asosini siljitish, bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga 
nisbatan burish, hamda aniq vertikal holatga keltirish konduktorlarning 
xomutlarida joylashgan vintlar yordamida amalga oshiriladi.
Ustunlar ikki qavatli qirqimga ega bo‘lgan ida ularni montaj qilish 
uchun ikki yarusli har bir elementi to‘rtta ustunga mo‘ljallangan to‘rt 
elementli guruhga oid konduktorlar bloki ishlatiladi. Blokdagi 
konduktorlar o‘zaro ko‘ndalang va bo‘ylama bog‘lagichlar yordamida 
birlashtiriladi. Butun blok ko‘ndalang yo‘nalishda ham, bo‘ylama 
yo‘nalishda ham to‘rttadan ustunlar qatorini qamrab oladi. Тo‘rtta 
konduktor o‘rnatilgandan so‘ng ularni bo‘ylama va ko‘ndalang tortqilar 
yordamida mahkamlanadi, so‘ngra pastroqda joylashgan yarus ustunlariga 
ham mahkamlab holatining to‘g‘riligi tekshiriladi. Har bir konduktorga 
to‘rttadan ustun o‘rnatiladi va ular loyihaviy holatiga keltirilib shu 
vaziyatda qotiriladi. Shundan so‘ng rigellar, bikrlik diafragmalari va 
yopma plitalarning bir qismi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan elementlar loyihaviy 
holatida mahkamlangach konduktorlar kranlar yordamida binoning yangi 
uchastkasiga qaytadan ko‘chiriladi, oldingi uchastkada esa bikrlik 
diafragmalari va yopma plitalarning qolgan qismini o‘rnatilishi davom 
ettirilib montaj ishlari yakuniga yetkaziladi. Guruhga oid konduktorlarning 
57


bir bloki bilan qamrab olingan binoning qismi – montaj qilish zaxvatkasini, 
konduktorlarning ikkita bloki bilan qamrab olingan qismi esa – montaj 
qilish uchastkasini tashkil etadi. Ko‘p qavatli karkasli binolarni montaj 
qilishda guruhga oid konduktorlarning ikkita bloki ishlatilganda, ularning 
bittasida konstruksiyalar o‘rnatiladi va vaziyati to‘g‘rilanadi, ikkinchisida 
esa – birinchisiga parallel ravishda, ilgari o‘rnatilgan va vaziyati 
to‘g‘rilangan konstruksiyalar payvandlanadi.
Loyihaviy holatiga o‘rnatilgan elementlarning maxkamlanishi 
yakunlangandan so‘ng bittalik konduktorlar ikki qismga ajratiladi va 
navbatdagi ustunning o‘rnatilish joyiga qaytadan ko‘chiriladi. Guruhga oid 
konduktorlar uchun esa − avvalgi ustunlardan xomutlari yechib olinadi
so‘ngra esa ular kranlar yordamida binoning yangi uchastkalariga qaytadan 
ko‘chiriladi.
Konduktorlarning qurilmasida maxsus havozalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, 
ulardan montajchilar o‘zlariga qulay holatlarda konstruksiyalarni 
o‘rnatadilar, vaziyatini to‘g‘rilaydilar, payvandlovchilar esa – armatura 
tutashmalarini payvandlaydilar. 
Ustunlar montaj qilinib poydevor blokining stakanida butunlay 
mahkamlanganidan so‘ng ularning ustiga rigellar yotqiziladi. Rigellarni 
kranning ilgagiga ilib olish uchun ikkita shohli stroplar ishlatiladi. Rigellar 
ustunlarning konsollariga yotqiziladi, ularning o‘rnatilishining to‘g‘riligi 
tekshiriladi, so‘ngra qistirma detallari payvandlash yo‘li bilan 
mahkamlanadi.
Orayopma plitalar to‘rtta shohli stroplar bilan kranning ilgagiga ilib 
olinadi, kran yordamida ko‘tariladi va rigellarning tokchasiga yotqiziladi. 
Orayopma plitalar o‘rnatilishining to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng ularni 
qistirma detallarini elektr payvandlash yo‘li bilan regilga mahkamlanadi. 
Binoning bikrlik diafragmalari va pardevor panellari ikkita shohli stroplar 
bilan kranning ilgagiga ilib olinadi va montaj qilish natijasida orayopma 
plitalarning oralig‘iga o‘rnatiladi. 
Zina elementlarini montaj qilishda dastlab uning maydonchalari metall 
tayanchlarning ustiga o‘rnatiladi, so‘ngra maydonchalarga tayanuvchi 
zinapoyalar yotqiziladi va ularning mos keluvchi qistirma detallari o‘zaro 
payvandlanadi. Devor panellarini montaj qilish binoning karkasi to‘liq 
tiklanganidan so‘ng boshlanadi va ularni montaj qilish ob’ekt qurilishida 
alohida oqim sifatida tashkil qilinadi. Devor panellarini montaj qilishda 
oqimning harakatlanish yo‘nalishi pastdan yuqoriga tartibda bo‘ladi. Devor 
panellari kranning ilgagiga ikkita shohli stroplar bilan ilib olinadi. Devor 
panellari loyihaviy holatiga o‘rnatilgandan so‘ng ularning va ustunlarning 
qistirma detallari o‘zaro payvandlanadi, gorizontal va vertikal 
58


yo‘nalishdagi choklari esa sementli qorishma bilan to‘ldiriladi. Choklarni 
to‘ldirishda ishlarni kengayuvchi sementlardan foylanib bajarish maqsadga 
muvofiqdir. 
Binoning qutichasi to‘liq tiklangandan so‘ng tom qoplamasini qurish 
ishlari, maxsus ishlar, pardozlash ishlari, texnologik asbob-uskunalarni 
montaj qilish ishlari, obodonlashtirish va binoni ko‘kalamzorlashtirish 
ishlari bajariladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling