Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va tashkil qilish loyihalarini
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va tashkil qilish loyihalarini
ishlab chiqish Qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va tashkil qilish loyihalari qurilish va maxsus loyihalashtirishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan ishlab chiqiladi. Binolarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha ishlarni bajarish va tashkil qilish loyihalarining tarkibi shakli jihatidan yangi qurilish uchun ishlab chiqiladigan texnologik loyihalarga aynan o‘xshash, lekin mazmun jixatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va tashkil qilish loyihalarining tarkibi mazmun jixatidan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Ishlarning ro‘yxatini tuzish va hajmini aniqlash. 2. Ishlarning sermehnatligi va qiymatini aniqlash. 3. Binoni ta’mirlash va qayta qurishning kalendar rejasini tuzish. 4. Moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. 5. Ob’ektning qurilish-ta’mirlashga oid bosh tarhini tuzish va unga tegishli bo‘lgan hisoblashlarni bajarish. 6. Тexnologik xaritalarni ishlab chiqish. 7. Loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash. Yuqorida keltirilgan binolarni ta’mirlash va qayta qurish ishlarini bajarish va tashkil qilish loyihalarining tarkibi yangi qurilish uchun ishlab 61 chiqiladigan tegishli loyihalar tarkibidan quyidagi hususiyatlari bilan farqlanib turadi. Birinchidan, loyihada ishlarni bajarish usullari va vositalarini asoslash va tanlash bo‘limi bajarilmaydi, chunki ta’mirlash va qayta qurish usullari avvalgi qurilish loyihasida ishlab chiqilgan bo‘ladi va ularga qaytadan o‘zgarishlar kiritilmaydi. Ikkinchidan, yangi ob’ektlar qurilishidan farqli ravishda ushbu hollarda mavjud qurilishning va xudud infrastrukturasining, shu jumladan ta’mirlanuvchi yoki qayta quriluvchi binoning tor sharoitlarini e’tiborga oluvchi ob’ektning qurilish-ta’mirlashga oid bosh tarhlari ishlab chiqiladi. Bundan kelib chiqib qurilish-ta’mirlash maydonchasini tashkil qilish tamoyillari ham biroz o‘zgacharoq bo‘ladi va ular joyning aniq sharoitlarini hisobga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari, demontaj qilish davri uchun ham ob’ektning qurilish-ta’mirlashga oid bosh tarhi ishlab chiqiladi. Umuman olganda, binoni ta’mirlash va qayta qurishni tashkil qilish loyihasi yangi qurilishni tashkil qilish loyihasiga nisbatan faqat yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalarni qayta tiklash bo‘yicha ishlarning mavjudligi bilangina ajralib turadi. Binoning tom qoplamasini qurish, maxsus, pardozlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishga kelganda esa, ularning bajarilishini tashkil qilish yangi qurilishni olib borishda ushbu ishlarning bajarilishini tashkil qilishga aynan o‘xshash bo‘ladi. Ushbu hususiyatlar yuqorida sanab o‘tilgan ishlarning bajarilish texnologiyasiga ham taalluqlidir. Yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha texnologik xaritalar xuddi yangi qurilish uchun ishlab chiqilgan texnologik xaritalar kabi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: -jarayonlarni bajarishning texnologiyaga oid va tashkil qilish sxemalari; -mehnat sarfining kalkulyatsiyasi va ishlarni bajarish grafigi; -moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatuvchi jadval- lar; -ishlarni bajarish, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish, ishlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Ammo, texnologik xaritalarning ushbu elementlari batafsilroq va mazmunliroq ishlab chiqiladi, chunki binoning bitta konstruktiv elementining o‘zini qayta tiklashning turlicha usullari mavjud va bu usullarning qaysi biri mavjud sharoitlarda ko‘proq samara berishini asoslash lozim. Masalan, g‘isht devorlar quyidagi usullar bilan qayta tiklanishi mumkin: devorlarning oraliqlarini metall oboyma ichiga kiritish, devorlarni metall simto‘r bo‘yicha torkretlash yoki devorlarning yoriqlarini 62 in’eksiyalash. Ushbu usullarning qaysi biridan foydalanib devorlarni qayta tiklash lozimligi texnologik xaritada asoslab beriladi. Umuman olganda binoni ta’mirlash va qayta qurishda ishlarni bajarish va tashkil qilish loyihalarini ishlab chiqish uslubiyoti yangi ob’ektlar qurilishi uchun ishlab chiqiladigan ushbu loyihalarning uslubiyotiga aynan o‘xshashdir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling