Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari: 
1. O‘rama ashyoli tom qoplamasining nuqsonlari va ularning hosil bo‘lish 
sabablari.
2. Gidroizolyatsiyalovchi qoplamalarning nuqsonlari va ularning hosil 
bo‘lish sabablari.
3. Pollarning nuqsonlari va ularning hosil bo‘lish sabablari.
4. O‘rama ashyoli tom qoplamalarini ta’mirlash va qayta qurish.
5. Gidroizolyatsiyalovchi qoplamalarni ta’mirlash va qayta qurish.
6. Тurli xildagi pollarni ta’mirlash va qayta qurish. 
17. Yog‘och-taxta orayopmalarni temirbeton orayopmalar bilan 
almashtirish texnologiyasi 
 
Nuqsonli yog‘och-taxta orayopmalarga ega bo‘lgan g‘ishtli binolarni 
tamiralsh va qayta-qurishda ularni temirbeton orayopmalar (yaxlit quyma 
yoki yig‘ma) bilan almashtiriladi. Yaxlit quyma temirbeton 
orayopmalarning konstruksiyalari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- yuk ko‘taruvchi g‘isht devorlarga tayanuvchi to‘sinli (po‘lat yoki temir-
betondan yasalgan); 
-ustunlarga tayanuvchi to‘sinli (po‘lat yoki temirbetondan yasalgan).
Ikkala holat uchun ham orayopma plita − yaxlit quyma temirbetondan 
iborat bo‘ladi. 
Yog‘och-taxta orayopmalarni yig‘ma temirbeton orayopmalarga 
almashtirishda odatda yuk ko‘taruvchi g‘isht devorlarga tayanuvchi 
chiqarma qovurg‘alarga ega bo‘lgan maxsus plitalardan foydalaniladi.
72


Тemirbeton orayopmalarni qurishda jarayonlar tarkibi va 
texnologiyasi 
Yaxlit quyma orayopmalarni qurish: 
a) yuk ko‘taruvchi g‘isht devorlarga tayanuvchi to‘sinli orayopmalar. 
Jarayonlar tarkibi: tayyorlov ishlari, to‘sinlarni tayyorlash va montaj 
qilish (yaxlit quymalarni qurish), qoliplarni o‘rnatish, armaturalash, 
betonlash, betonni parvarishlab saqlash, qoliplarni yechish. 
Bunda tayyorlov ishlariga quyidagilar kiradi: geodezik ishlar, g‘isht 
devorlarni o‘yib ariqchalar ochish, to‘sinlar va orayopma plitalarning 
tayanishi uchun ariqchalarning tubini orayopmaning loyihaviy otmetkasiga 
erishilguncha sement-qumli qorishma bilan tekislash. Agar 
orayopmalarning to‘sinlari po‘lat to‘sinlardan iborat bo‘lsa, bunday 
hollarda ular belgilangan aniq uzunlikda tayyorlanadi va obektga 
keltiriladi. So‘ngra to‘sinlar minorali kran yordamida loyihaviy holatiga 
o‘rnatiladi va g‘isht devorlarning ariqchalarida vaqtinchalik 
mahkamlanadi. Shundan so‘ng orayopma qoliplarining shchitlari 
ustunlarga va ular ustidagi to‘sinlarga o‘rnatiladi. Orayopma plitaning 
armaturali simto‘ri bevosita o‘rnatilgan qolipning ichida tayyorlanadi. 
Buning uchun kerakli uzunlikda qirqib tayyorlangan armatura sterjenlari 
loyihaga mos ravishda qolip yacheykasiga o‘rnatiladi, o‘zaro esa ular 
kesishgan joylarida payvandlab yoki to‘qima sim bilan bog‘lab 
biriktiriladi. Beton qorishmasini tayyorlash markazlashgan holda 
zavodlarda yoki ob’ekt sharoitlarida joyida amalga oshirilishi mumkin. 
Markazlashgan holda tayyorlashda beton qorishmasini ob’ektga 
avtosomosvallarda kelitiriladi, so‘ngra esa kran yordamida qayriluvchi 
bad’yalarda orayopmalarni betonlash joyiga uzatiladi. Orayopmaning 
qolipiga joylashtirishda beton qorishmasini tekislash qo‘l kuchi bilan 
dastaki usulda amalga oshiriladi. Beton qorishmasini zichlash esa yuzaki 
vibratorlar yoki vibroreykalar yordamida bajariladi. Shuni e’tiborga olgan 
holda beton qorishmasi 2-3 metr kenglikdagi tasmalar ko‘rinishida qolipga 
yotqiziladi. Beton qorishmasini yotqizgandan so‘ng uni suv 
o‘tkazmaydigan qoplama ostida mustahkamligining 50%ga erishgunga 
qadar saqlanadi. Kerakli mustahkamlikka erishgandan so‘ng beton 
qolipdan yechiladi va qolip boshqa xonadonning orayopmasini betonlash 
uchun ko‘chiriladi. Yaxlit quyma orayopmaning tayanch qismlari g‘isht 
devorning ariqchalariga 120mm chuqurlikkacha kiritiladi.
Тo‘sinli orayopmani butunlay yaxlit quyma betondan qurganda to‘sinlar 
va orayopma plitalarni betonlash birgalikda olib boriladi. 
b) po‘lat yoki temirbeton ustunlarga tayanuvchi to‘sinli orayopmalar. 
73


Po‘lat (shvellerdan yasalgan) yoki temirbeton (yaxlit yoki yig‘ma) 
ustunlar g‘isht devorlarga yondoshib turadi. Shuning uchun ularning ostiga 
tayanch plitalariga ega (po‘lat ustunlar ostiga) yoki armatura 
chiqarmalariga ega (yaxlit temirbeton ustunlar ostiga) stakansimon turdagi 
yaxlit temirbeton poydevorlar quriladi.
Тo‘sinli orayopmalarni qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
yuqorida keltirilganlarga aynan o‘xshash bo‘ladi. Shuning uchun faqat 
ushbu ustunlarni qurish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. Yaxlit temirbeton 
poydevorlarni qurish bo‘yicha jarayonlar texnologiyasi quyidagicha: 
tayyorlov ishlari (geodezik ishlar), chuqurlarni qazish, armatura va 
qoliplarni tayyorlash, beton qorishmasini tayyorlash, eltib berish, uzatish, 
joyiga yotqizish va zichlash, betonni saqlash va qoliplarni yechish.
Gruntlarda chuqur qazishni qo‘l kuchi bilan dastak usulida amalga 
oshiriladi, chunki mavjud tor sharoitlar ushbu jarayonni 
mexanizatsiyalashgan usulda bajarishga imkoniyat bermaydi.
Poydevorlarning o‘qlari joyiga ko‘chiriladi va mahkamlanadi. Armatura 
karkaslari va simto‘rlari, hamda qolipning elementlari markazlashgan 
holda yoki qurilish sharoitlarida tayyorlanadi. So‘ngra ular 
poydevorlarning qurilish joyiga uzatiladi. Qurilish sharoitlarida yoki 
markazlashgan holda tayyorlangan va avtosamosvallrada ob’ektga olib 
kelingan beton qorishmasi betonlash joyiga kran yordamida qayriladigan 
bad’yalarda uzatiladi. Poydevorning o‘lchamlari katta bo‘lmaganligini 
e’tiborga olgan holda beton qorishmasi ushbu konstruksiyaning butun 
balandligi bo‘yichayotqiziladi va chuqurlikka oid vibratorlar bilan 
zichlanadi. Poydevor betonining mustahkamligi 50%ga erishgandan so‘ng 
qoliplar yechiladi, 70%ga yetganidan so‘ng esa poydevorlar ustiga yig‘ma 
ustunlarni o‘rnatish jarayoni yoki ustunlarni yaxlit quyma temirbetondan 
tayyorlash jarayoni boshlanadi. Bu jarayonlar yakunlangandan so‘ng yaxlit 
quyma orayopmalarni qo‘rishga kirishiladi.
v) yog‘och-taxta orayopmalarni yig‘ma temirbeton plitalarga 
almashtirish.
Yog‘och-taxta 
orayopmalarni 
yig‘ma 
temirbeton 
plitalarga 
almashtirishda jarayonlar tarkibi quyidagicha: tayyorlov ishlari (geodezik 
ishlar, ariqchalar va tuynuklar ochish, sement-qumli qorishmadan 
tekislovchi to‘shamani qurish), orayopma plitalarni olib kelish va omborga 
joylashtirish; plitalarni loyihaviy holatiga o‘rnatish, plitalar orasidagi 
choklarni qorishma bilan to‘ldirish va plitalarni g‘isht devorlarning 
arichalarida mahkamlash. Orayopma plitalarni montaj qilish jarayoni 
minorali kran yordamida amalga oshiriladi. Plitalarni stropovka qilishda 
shoxlari turli balandlikda bo‘lgan stroplardan foydalaniladi va shu tufayli 
74


plitalar o‘rnatilish joyiga qiyshaygan holatda uzatiladi. Dastlab g‘isht 
devorning ariqchalari ichkarisiga plitalarning pastki turtib chiquvchi 
qovurg‘alari kiritiladi, so‘ngra plita biroz pastga tushiriladi va qarama-
qarshi tomondagi devorning ariqchalariga plitaning yuqoriroqda 
joylashgan turtib chiquvchi qovurg‘alari kiritiladi. Birinchi plitani 
montajchilar havozalardan foydalanib o‘rnatsalar, navbatdagilarini oldin 
o‘rnatilgan plitalar ustidan turib montaj qiladilar. Shunday ketma-ketlikda 
orayopma plitalarining barchasi loyihaviy holatiga o‘rnatiladi. Ularning 
bo‘ylama choklari esa sement-qumli qorishma bilan to‘ldiriladi. Shundan 
so‘ng plitalarning qovurg‘alari tayangan joylardagi g‘isht devorning 
ariqchalari beton qorishmasi bilan to‘ldirilib yaxlitlanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling