Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Ustunlarni armaturalangan polimer qoplamalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Ustunlarni armaturalangan polimer qoplamalar 
bilan kuchaytirish texnologiyasi 
 
Armaturalovchi material sifatida odatda steklovata, polimer 
kompozitsiyasi sifatida esa − epoksid, poliefir, atsetonoformaldegid 
smolalar asosidagi mastikalarni qo‘llash samarali hisoblanadi. Bunda 
smolalar mustaqil ravishda yoki modifikatsiyalovchi moddalar bilan 
birgalikda qo‘llanishi mumkin.
Polimer kompozitsiyasining sarflanishi unchalik katta emasligi va 
qovushqoqligining tez ortishini e’tiborga olib mastikalar qurilish ob’ekti 
sharoitlarida va qisqa muddatda ishlatishga loyiq miqdorlarda joyida 
tayyorlanadi.
Armaturalanuvchi materiallarni mastika bilan yelimlash qo‘lda 
bajariladi. Buning uchun ustunning sirtiga cho‘tkalar bilan yoki shpatelda 
mastika surtiladi, so‘ngra zich qilib steklovata yelimlab yopishtiriladi va 
yelim qotganidan so‘ng uning ustidan mastika qoplanadi. Qoplamani 
quritish tabiiy sharoitlarda amalga oshiriladi yoki qotishni tezlashtirish 
uchun qoplamaning sirti ko‘chma kalorifer orqali uzatiladigan iliq xavo 
bilan shamollatiladi. 
b) Rigellar uchun. 
Rigellarni metall oboymalarga kiritib qayta tiklash texnologiyasi 
ustunlarni kuchaytirishdagiga o‘xshash. Shuning uchun faqat rigelni po‘lat 
plastinani yelimlab yopishtirish yo‘li bilan kuchaytirish texnologiyasini 
ko‘rib chiqamiz.
Rigelni po‘lat plastinani yelimlab yopishtirish yo‘li bilan qayta 
tiklashda jarayonlar tarkibi quyidagicha: tayyorlov ishlari (yuzalarni 
iflosdan, changdan va moydan tozalash), po‘lat plastinalarni tayyorlash, 
yelimlovchi kompozitsiyani tayyorlash, po‘lat plastinani yelimlab 
yopishtirish, vaqtinchalik mahkamlagichlarni o‘rnatish, yelimlovchi 
qatlamni qotgunicha saqlash, vaqtinchalik mahkamlagichlarni yechish.
Po‘lat plastinalarni bichish va qirqish markazlashgan holda yoki 
qurilish ob’ekti sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin. Yelimlovchi 
77


kompozitsiya qurilish ob’ekti sharoitlarida bitta plastinani yopishtirish 
uchun yetarli bo‘lgan miqdorda tayyorlanadi.
Po‘lat plastinani yelimlashdan oldin rigelning sirti yaxshilab tozalanadi 
va moysizlantiriladi. Po‘lat plastinani yopishtirish rigelning pastki 
tomonidan bajariladi. Buning uchun rigelning sirtiga qo‘lda shpatel 
yordamida yelimlovchi kompozitsiya surtiladi va tayyorlab qo‘yilgan 
plastina zich qilib yopishtiriladi. Shundan so‘ng rigelning pastki tomonidan 
rigelning butun uzunligiga teng yog‘och to‘sin va tirgovuchlardan iborat 
vaqtinchalik mahkamlagichlar o‘rnatiladi. Shundan so‘ng yelimlovchi 
qatlam qotgunicha kutiladi. Yelimlovchi qatlam qotganidan so‘ng 
vaqtinchalik mahkamlagichlar yechiladi. Shunday ketma-ketlikda barcha 
deformatsiyalangan rigellar qayta tiklanib kuchaytiriladi. 
v) devor panellari uchun.
Devor panellari in’eksiyalash yoki armaturalangan sementli qoplama 
bilan qoplash usullari bilan qayta tiklanadi. Devor panellarini in’eksiyalash 
usulida qayta tiklash xuddi g‘isht devorlarni qayta tiklashdagi kabi 
bajariladi. Armaturalangan polimer qoplamasi yordamida qayta tiklash 
texnologiyasi esa xuddi ustunlarni qayta tiklashdagiga aynan o‘xshash.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling