G‘isht devorlar yoriqlarini in’eksiyalashda jarayonlar tarkibi
quyidagicha: tayyorlov ishlari, in’eksiyalovchi po‘lat naychalarni o‘rnatish,
sement qorishmasini tayyorlash, yoriqlarni in’eksiyalash.
Bunda tayyorlov ishlarining tarkibiga quyidagi ishlar kiradi:
devorlarning suvoq qatlamini binoning tashqari va ichkari
tomonidan
ko‘chirish, devorlarning sirtini suvoq qoldiqlaridan yaxshilab tozalash,
yoriqlarni tozalash va devorlarni yuvish. Shundan so‘ng yoriqlarda
«shaxmat tartibida» parmalash yo‘li bilan teshiklar hosil qilinadi va ularga
po‘lat in’eksiyalvchi naychalar o‘rnatiladi. Sement qorishmasini tayyorlash
ob’ekt sharoitda amalga oshiriladi. Тayyorlangan
sement qorishmasini
maxsus mexanizm − qorishma-nasos yordamida yuqori bosim ostida rezina
shlang bo‘yicha in’eksiyalashni bajarish joyiga uzatiladi va yoriqlarning
ichkarisi po‘lat naychalar orqali in’eksiyalanadi. G‘isht
devorlarni
ta’mirlash va qayta tiklash ishlari binoning birinchi qavatidan boshlab
qavatma-qavat usulda amalga oshiriladi.
B) Devorlarni simto‘r bo‘yicha torkretlash yoki suvoqlash
Devorlarni simto‘r bo‘yicha torkretlash yoki suvoqlashda jarayonlar
tarkibi quyidagicha; tayyorlov ishlari, po‘lat simto‘rlarni mahkamlash,
devorlarni torkretlash yoki suvoqlash.
Тayorlov ishlarining tarkibi va bajarilishi
yuqorida qayd etilgan
usullardagiga o‘xshash bo‘ladi. Devorlarni simto‘rlar bo‘yicha torkretlash
yoki suvoqlashni binoning ichkari va tashqari tomonidan bajariladi.
Devorlarning sirtlari yuqorida keltirilgan usuldagi kabi yaxshilab
tayyorlangandan so‘ng ularda «shaxmat tartibi»da devorni teshib o‘tuvchi
teshiklar parmalab hosil qilinadi va ulardan po‘lat armaturadan
tayyorlangan ankerlar o‘tkaziladi. Ankerlarga ikki tomondan shaybalardan
foydalanib po‘lat simto‘r payvandlab mahkamlanadi.
Devorlarni
torkretlash maxsus moslama − torkretlovchi to‘p yordamida amalga
oshiriladi. Тorkretlovchi to‘p yordamida yarim quruq sementli-qumli
qorishma devorlar sirtiga yuqori bosim ostida yuboriladi va qorishma
chaplangan sirtga darhol iishlov beriladi. Natijada g‘isht devor suvoq
qatlami bilan qoplanadi.
Devorlarni po‘lat simto‘r ustidan suvoqlashda jarayonlar xuddi devorni
oddiy suvoq qilgandagidek
bajariladi, biroq bunda ulardan farqli ravishda
faqat sementli-qumli qorishma ishlatiladi. Dastlab suvoqlash binoning
ichkari
tomonidan, so‘ngra esa tashqari tomonidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: