Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari 
 
1. Binoning ma’naviy va jismoniy eskirishi deganda nimani tushunasiz? 
2. Binoni ta’mirlash, qayta qurish va qayta profillashtirish deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Binoni ta’mirlash, qayta qurish va qayta tiklash uchun ishlab 
chiqiladigan qurilishga oid va maxsus loyihalarning tarkibi va 
mazmuni.
4. Binoni ta’mirlash va qayta qurishda ishlarni bajarish va tashkil qilish 
loyihalarining tarkibi va mazmuni. 
5. Binoni ta’mirlash va qayta qurishda ishlarni bajarish va tashkil qilish 
loyihalari yangi ob’ekt qurilishi uchun ishlab chiqiladigan aynan 
shunday loyihalardan nimasi bilan farq qiladi. 
15. Binolarning zaminlari, poydevorlari va g‘isht devorlarini 
ta’mirlash va qayta qurish texnologiyasi. Zaminlar, poydevorlar va 
g‘isht devorlarning nuqsonlari va kelib chiqish sabablari. Konstruktiv 
elementlarni ta’mirlash, qayta qurish va kuchaytirish usullari. 
Zaminlar, poydevorlar va g‘isht devorlarni ta’mirlash va qayta 
qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
 
Binolarning konstruktiv elementlarining nuqsonlari qatoriga quyidagilar 
kiradi: 
- zaminlar nuqsonlari − zamin gruntlarining ichkarisiga atmosfera 
yog‘ingarchiliklarining singib kirishi, sizot suvlari sathining ko‘tarilishi, 
binodan noto‘g‘ri foydalanish va suv quvurlari va kanalizatsiya 
tarmoqlarining suv o‘tkazib yuborishi, suv bosishi, kuchli zilzilalar
portlashlar sodir bo‘lishi natijasida zaminning deformatsiyalanishi; 
- poydevorlar va g‘isht devorlar nuqsonlari − har xil chuqurlikka va 
ochilish kengligiga ega bo‘lgan yoriqlar ko‘rinishidagi deformatsiyalar. 
Konstruktiv elementlar nuqsonlarining kelib chiqish sabablari: 
konstruksiyalarning jismoniy eskirishi va zaminlar uchun yuqorida 
keltirilgan sabablarning barchasi. 
63


Konstruktiv elementlarni ta’mirlash va qayta tiklashning quyidagi 
usullari mavjud: 
a) zaminlar uchun – gruntlarni sementlash, silikatlash, bitumlash, qatron-
lash (bu usullar «Gruntlar mexanikasi» kursida batafsil ko‘rib chiqiladi); 
b) poydevorlar uchun – yoriqlarni in’eksiyalash, poydevorni kengaytirish 
va chuqurlashtirish;
v) g‘isht devorlar uchun – yoriqlarni in’eksiyalash, metall va temirbeton 
oboymalarga kiritish, torkretlash yoki po‘lat simto‘r ustidan suvoqlash, 
g‘isht devorni qisman qayta terish. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling