barcha uzunlik o‘lchamlari keltiriladi. Тekshirishlar to‘liq yakunlanganidan
so‘ng aniqlangan nuqsonlarning dalolatnomasi tuziladi. Aniqlangan
nuqsonlar dalolatnomasi va loyihalashga vazifa asosida esa binoning
konstruktiv elementlarini ta’mirlash va qayta qurish usullari belgilanadi,
rejalashtirish va konstruktiv
yechimlari ishlab chiqiladi, qurilishga oid
chizmalar (tarhlar, qirqimlar, fasadlar ko‘rinishlari va boshqa chizmalar)
chiziladi. Shu bilan birga loyhaning maxsus bo‘limlari (elektrotexnika,
santexnika, shamollatishga oid, texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish
va boshqa bo‘limlar) va ularga mos keluvchi chizmalar ham ishlab
chiqiladi. Ayrim ishlarning turlari bo‘yicha va umuman binoni ta’mirlash
va qayta ta’mirlash uchun smetalar tuziladi. Shuday qilib,
ishlab chiqilgan
loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda kelishuvdan o‘tkaziladi va
tasdiqlanadi.
Binolarni ta’mirlash, qayta qurish va qayta tiklash ishlari murakkab va
o‘ziga xos hususiyatlarga ega. Shuning uchun
muqarrar ravishda qurilish-
ta’mirlash ishlarini bajarish va tashkil qilish bo‘yicha texnologiyaga oid
loyihalarni ishlab chiqish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: