Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Qurilish maydonini, ishlari va mehnatni tashkil qilish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Qurilish maydonini, ishlari va mehnatni tashkil qilish
Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo etish minorali kranlar yordamida bajariladi. Shuning uchun qurilish maydonini tashkillashtirishda 54 minorali kranlarning soni va joylashuvi binoning tarhdagi shakliga va o‘lchamlariga, hamda ob’ekt qurilishining muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. Binoning kengligi minorali kranni bir tomonlama o‘rnatish imkonini berganida, uni odatda binoning hovli fasadi tomonidan joylashtiriladi. Qurilish maydonini tashkil qilish bo‘yicha masalalarni xal qilganda binoni barpo etish jarayonini alohida davrlarga ajratish lozim. Agar binoning yer osti qismi murakkab bo‘lsa yoki binoning bir necha texnik qavatlari mavjud bo‘lsa − u holda binoning yer osti qismini barpo etish davri uchun qurilish maydonini tashkil qilish loyihasi (QIТL) ishlab chiqiladi. Bunday hollarda minorali kran binoning yer osti qismini barpo etish boshlanmasidan oldin o‘rnatiladi. Agar binoning yer osti qismi faqat poydevor bloklaridan iborat bo‘lsa, u holda ularni o‘rnatish uchun alohida strelali kran qabul qilinadi. Poydevorlar barpo qilingan, kotlovanning bo‘shliqlari qayta ko‘milgan va grunt zichlanib maydon tekislangandan so‘ng binoning yer usti qismini qurish uchun kran osti (relsli) temir yo‘llari yotqiziladi va minorali kran o‘rnatiladi. Minorali kranga yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining simlari tortib keltiriladi, bundan tashqari qurilish maydonini vaqtinchalik suv bilan ta’minlovchi quvurlar yotqiziladi. Vaqtinchalik avtomobil yo‘llari halqasimon qilib quriladi va ular kranosti temir yo‘llari bo‘ylab kengaytiriladi. Minorali kran strelasining harakatlanish radiusi chegarasida yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va boshqa qurilish materiallari va buyumlarini saqlash uchun ochiq ombor maydonlari joylashtiriladi. Agar qurilish ishlarini bajarish loyihasida (QIBLda) ikki yoki uch qavatli qirqimiga ega ustunlarni montaj qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda qurilish maydonining o‘zida ustunlarni yiriklashtirma yig‘ish uchun maxsus stendlar tashkil qilinadi. Ob’ekt uchun ishlab chiqilgan qurilish bosh tarhiga muvofiq qurilish maydonida shuningdek vaqtinchalik maishiy va ma’muriy maqsadlardagi vaqtinchalik bino va inshootlar joylashtiriladi. Тom qoplamasini qurish ishlarining hajmi juda katta bo‘lgan taqdirda, ularni bajarish davri uchun ham alohida qurilish maydonini tashkillashtirish masalalari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari sanoat binolarini barpo etishda texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish davri uchun ham alohida qurilish maydonini tashkillashtirish masalalari ishlab chiqilishi mumkin. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma bo‘lgan binolar oqimli usulida barpo etiladi. Bunda binoni zaxvatkalarga ajratish quyidagi tamoyillarga asosan amalga oshiriladi: zaxvatkalarning chegaralari gorizontal yo‘nalishda binoning shakli va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda, vertikal yo‘nalishda esa − 55 ustunlarining necha qavatli qirqimga ega ekanligiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Masalan, agar binoning texnologik loyihasida (QIBLda) qavatma-qavat montaj qilish usuli qabul qilingan bo‘lsa, u holda zaxvatkaning vertikal yo‘nalishdagi chegarasi binoning bitta qavati miqyosida, agar ustunlarining qirqilishi ikki yoki uch qavatga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda binoning ikki yoki uch qavati balandligi miqyosida belgilanadi. Bundan kelib chiqib bino karkasning yig‘ma elementlarini montaj qilish ketma-ketligi ham tanlab olinadi. Biroq har qanday holatda ham avvalo bino karkasning elementlari montaj qilinadi, so‘ngra esa devor panellarini o‘rnatishga kirishiladi. Binolarning konstruktiv elementlarini montaj qilishda oqimlarning gorizontal yo‘nalishdagi harakatlanishi bir zaxvatkadan ikkinchisiga qarab, vertikal yo‘nalishda esa − bir qavatdan ikkinchi qavatga qarab yoki ustunlarining qirqilishiga mos ravishda birinchi ikkita qavatdan keyingi ikki qavatga, birinchi uchta qavatdan keyingi uchta qavatga qarab amalga oshiriladi. Тom qoplamasini qurish bo‘yicha ishlarni bajarishda oqimlarning harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda bir zaxvatkadan ikkinchi zaxvatkaga qarab amalga oshiriladi. Maxsus ishlarni bajarishda oqimlarning harakatlanish yo‘nalishi pastdan yuqoriga qarab, pardozlash ishlarini bajarishda esa − yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. Ishlarni bajarishning oqimli usulini tashkil qilish uchun qurilish-montaj ishlarining butun kompleksini quyidagi ixtisoslashtirilgan oqimlarga ajratiladi: yer ishlari, beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini montaj qilish, tom qoplamasini qurish, pardozlash ishlari, maxsus ishlar, texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari. Bunga mos ravishda ob’ekt qurilishida band bo‘lgan ixtisoslashtirilgan zvenolar va brigadalarning kasbiy, malakaviy va shaxsiy tarkibi belgilanib, ulardagi ishchilarning mehnati tashkil qilinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling