Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
 
 
49


Strukturali yopmalarning vazifalari va qo‘llanish sohalari 
«Berlin» turiga mansub strukturali yopmalar bir yoki ko‘p qulochli bir 
qavatli sanoat binolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu binolarning 
qulochlari bir xil balandlikda, fonarsiz, kransiz yoki yuk ko‘taruvchanligi 
Q=10 t li kranli bo‘lishi mumkin. Bloklarning o‘lchamlari 12 x 24 x 1,8m. 
Bloklar yacheykalarining o‘lchamlari 3x3m. Bunday yopma bloklarning 
nishabligi-5%. 
«Kislovodsk» turiga mansub fazoviy-panjarali konstruksiyalar kransiz 
yoki yuk ko‘taruvchanligi Q = 2 t li kran bir qavatli sanoat binolari uchun 
mo‘ljallangan. Bunday konstruksiyalar qurilish ob’ektlariga komplekt 
holda yetkazib beriladi. Bitta komplekt tarkibiga yopmaning strukturali 
konstruksiyalari, tayanch plitalarga ega to‘rtta kolonna, to‘sinlar va po‘lat 
profillashtirilgan to‘shamalar to‘plami kiradi. 
«SNIISK» strukturali yopma konstruksiyalari muntazam kolonnalar 
to‘rini ko‘zda tutadi va tarhda 12 x 18m va 12 x 24m o‘lchamlarga ega 
bo‘ladi. Konstruksiyalar bir qavatli sanoat binolari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, bu binoning kulochlari fonarlarsiz va zenit fonarlariga ega, kransiz 
va yuk ko‘taruvchanligi Q = 20 t bo‘lgan ko‘prikli kranli yoki yuk 
ko‘taruvchanligi Q = 2 t bo‘lgan osma kranli bo‘lishi mumkin. Bunda 
binoning balandligi 5,2m dan 10,8m gacha oraliqda bo‘lishi lozim.
Qurilish maydonini, ishlarni va mehnatni tashkil qilish 
Yengillashtirilgan metall yopma konstruksiyalar ishlatilgan bir qavatli 
sanoat binolarini va yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan iborat bir 
qavatli sanoat binolarini barpo qilishda qurilish maydonini tashkil 
qilinishing farqi − qurilish maydonida yiriklashtirib bloklarga yig‘ish 
ishlarini tashkil qilish lozim bo‘ladi. 
Buning uchun ob’ekt qoshida maxsus maydon tayyorlanadi, unga olib 
boruvchi vaqtinchalik yo‘llar quriladi, kommunikatsiyalar o‘tkaziladi, 
vaqtinchalik maishiy va ma’muriy binolar bilan ta’minlash tashkil etiladi. 
Bloklab montaj qilishda vaqtinchalik omborda 1 oy to‘xtamasdan ishlash 
uchun yetarli bo‘lgan konstruksiyalar zaxirasi, konveyyerli yig‘ish usulida 
esa 2,5-3 oy to‘xtamasdan ishlash uchun yetarli bo‘lgan konstruksiyalar 
zahirasi mavjud bo‘lishi lozim. Ob’ektdagi ishlarning davomiyligi bir 
oydan kamroq muddatni egallaganda, vaqtinchalik omborga barcha 
konstruksiyalar bir vaqtda olib kelinadi va kompleks ravishda quydagi 
ishlar bajariladi: 
50


-bloklarni yig‘ish bo‘yicha konveyyer liniyasining qurilishini tashkil 
qilish; 
-bloklarni tashish va montaj kranlarining harakatlanishi uchun 
mo‘ljallangan temir yo‘llarni qurish; 
-ishlab chiqarish vositalarini ishlarni bajarish joyigacha olib kelish; 
-kranni montaj qilish va sinovdan o‘tkazish; 
-bloklarning strukturaviy konstruksiyalarini yiriklashtirib yig‘ish 
uchun maxsus stendlar tashkil qilish; 
-xavfli zonalarning chegarasiga to‘siqlar qo‘yish; 
-qurilish maydonining me’yoriy yoritilishini ta’minlash va uni 
ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar bilan jihozlash. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling