Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


«Kislovodsk» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

«Kislovodsk» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish. 
Bu turdagi yopma blokni yiriklashtirma yig‘ish faqat konstruksiyani 
loyihaviy holatiga ko‘tarish joyi oldida va uning ustunlari ilgariroq 
o‘rnatilgan taqdirdagina bajariladi. Bloklarni yig‘ishda ularni ustunlarning 
o‘qlariga nisbatan shunday siljitiladiki, ustunlar go‘yo yiriklashtirma 
52


bloklarni teshib o‘tgandek bo‘lib ko‘rinishi va strukturali yopma 
elementlarining oralig‘idan o‘tishi lozim. Yig‘ilgan blok kran yordamida 
loyihaviy holatigacha ko‘tariladi. Blok shunday stropovka qilinadiki, uning 
massasi to‘rtta nuqtasiga tekis taqsimlangan bo‘ladi. Shuning uchun 
stropovkalash nuqtalarini strukturali blokning qat’iy belgilangan joylarga, 
ya’ni pastki tugunlariga mos kelishi ta’minlanadi. Yiriklashtirilgan bloklar 
ikkita bir xil turdagi kranlar yordamida o‘rnatiladi.
Montaj qilish sxemasiga muvofiq SKG-40 markali strelali kranlar 
oldindan belgilangan joylarga o‘rnatiladi va ularning ko‘tarish 
polistpastlari ilgaklariga traversalarning stroplari mahkamlanadi; shu bilan 
birga blokning burchaklariga simarqondan yasalgan tortiqlar 
mahkamlanadi.
Ikkita kranni bir vaqtda ishlatilishi bilan blok yerdan 15-20 sm 
balandlikkacha ko‘tariladi va storopovkalash tugunlari va traversalarning 
ishonchliligini tekshirish maqsadida shunday holatda 15-20 min davomida 
ushlab turiladi. Тakelaj moslamalarining mustahkamligini tekshirib 
bo‘lgandan so‘ng blokni 2,4-2,5 m balandlikkacha ko‘tariladi; qarama-
qarshi yon tomonlaridan blokning ostiga to‘rtta vaqtinchalik metall 
tayanchlar olib kiriladi va blok ularning ustiga tushiriladi. Shu vaqtning 
o‘zida blokning tagidan to‘rtta kapitel olib kiriladi va blokka mahkamlab 
qo‘yiladi. Kapitellarni mahkamlash vaqtida blok vaqtinchalik tayanchlarga 
tayanib turishi va bir vaqtning o‘zida kranlarning yuklash polistpastlari 
vositasida ham ushlab turilishi lozim. Kapitellar konstruksiyalarni 
mahkamlagandan so‘ng blokni loyihaviy holatigacha ko‘tarish davom 
ettiriladi; blok ustunlarning tayanch qismlari ustidan 0,2-0,4m ga 
balandroqqa ko‘tariladi va kranlar strelalarining va dastaki tortiqlarning 
navbatma-navbat manevr qilinishi orqali ustunlarning tayanch kallagiga 
o‘rnatiladi. Blokni ustunning kallaligiga mo‘ljallab qo‘yishni blokdan 
nariroqda o‘rnatilgan zinapoyali narvonda turuvchi montajchi nazorat 
qiladi. Bundan keyingi bloklarni ko‘tarish va mo‘ljallab qo‘yishda 
montajchi avval o‘rnatilgan blokning tom qoplamasi ustidan turib nazorat 
qiladi. Тayanch tuguniga ishlov berish blokni o‘rnatib bo‘lgandan so‘ng 
ustunlarning kallagiga osib qo‘yiluvchi maxsus narvonlardan turib amalga 
oshiriladi. 
«SNIISK» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish. 
«SNIISK» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish «Berlin» 
turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish kabi bajariladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling