Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari 
1. Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishda qurilish maydoni qanday 
tashkil qilinadi? 
2. Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishda ishlarni bajarish va 
mehnat qanday tashkil qilinadi? 
3. Bir qavatli sanoat binosi karkasining yig‘ma elementlarini montaj 
qilish texnologiyasi qanday ? 
4. Bir qavatli sanoat binosining devor panellarini montaj qilish 
texnologiyasi qanday ? 
 
 
12. Bir qavatli sanoat binolarini yengillashtirilgan metall 
konstruksiyalardan barpo qilish texnologiyasi. Binolarning qurilish -
konstruktiv yechimlari. Qurilish maydoni, ishlarning bajarilishini va 
mexnatini tashkil qilish. Yengillashtirilgan konstruksiyalarni montaj 
qilishda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi 
Binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari 
Yengillashtirilgan metall konstruksiyalarni qo‘llab barpo qilingan 
binolar quyidagi qurilish-konstruktiv yechimga ega bo‘ladi: poydevorlari 
48


 yaxlit quyma temirbetondan; ustunlari − yig‘ma temirbetondan yoki 
metalldan; devor panellari − keramzitbetondan yoki profillashtirilgan 
to‘shamadan, yopmalari − yengillashtirilgan metall konstruksiyalardan. 
Binolarni qurishda quyidagi konstruksiyalarni qo‘llash:
- yopmalarni konveyerlarda yiriklashtirilgan bloklar ko‘rinishida montaj 
qilishga; 
- mehnat unumdorligini umumqurilish ishlarida 25-30 % ga oshirishga 
imkon beradi. 
Bundan tashqari qurilishni tez sur’atlar bilan olib borish zarur bo‘lgan, 
malakali quruvchi kadrlar yetishmagan, uzoq yerlarda joylashgani uchun 
transport vositalarining harakatlanishi juda og‘ir bo‘lgan sharoitlarda 
bunday konstruksiyalarni qo‘llash ularning samaradorligini yanada 
oshiradi. 
Yengillashtirilgan konstruksiyalar qatoriga avvalam bor strukturali 
konstruksiyalar, ya’ni doimiy tuzilmaga ega bo‘lgan to‘rsimon yassi 
sistemalar kiradi. 
Ular standartlashtirilgan, shakli va o‘lchamlari nisbatan katta bo‘lmagan 
bir tipdagi ko‘p sonli metall elementlardan yig‘iladi. Qurilishda «Berlin», 
«Kislovodsk» va «SNIISK» turidagi strukturali konstruksiyalar keng 
tarqalgan. 
Strukturali konstruksiyalar an’anaviy konstruksiyalarga nisbatan 
quyidagi afzalliklarga ega: 
-inshootlarda unchalik katta bo‘lmagan hajmni egallaydi; 
-nisbatan kichikroq massaga ega
-yopmalarni qurilish maydonida yakka tartibda yiriklashtiriladigan 
bloklar ko‘rinishida montaj qilish imkoniyatini beradi; 
-yopmalarni konveyer usulida yig‘ish va ob’ektda yirik blokli montaj 
qilish usulini qo‘llashga imkoniyat yaratadi; 
-montaj qilish uchun ob’ektga to‘la tayyor, ya’ni bo‘yab yetkazib 
beriladi; 
-tuzilishiga ko‘ra yig‘ma-ajratma bo‘lib ko‘p marta ishlatish 
imkoniyatini beradi; 
-oqimli avtomatlashtirilgan liniyalarda tayyorlanishi mumkin; 
-yig‘ilishi ishchilardan yuqori malakani talab qilmaydi; 
-taxlanishi ixcham bo‘lib tashish uchun juda qulay ko‘rinishda 
ishlangan; 
-estetik xususiyatlarga ega. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling