Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V) Poydevorlarni chuqurlashtirish
B) Poydevorlarni kengaytirish
Poydevorlarni kengaytirishda jarayonlar tarkibi quyidagicha: tayyorlov ishlari, armatura va qoliplarni o‘rnatish, beton qorishmasini tayyorlash va ishlarni bajarish joyiga yekazib berish, beton qorishmasini yotqizish va zichlash, betonni parvarishlab turib saqlash, qoliplarni yechib olish, poydevorlarni yon tomonlama gidroizolyatsiyalash, grunt bilan qayta ko‘mish va gruntni qavatma-qavat zichlash. Poydevorlarni kengaytirish binoning tashqari va ichkari tomonlaridan bajariladi. Bunda poydevorning kengayishidan dalolat beruvchi qo‘shimcha ravishda betonlangan qismi «toshqin»lar deb nomlanadi. Poydevorlarni kengaytirish uchun tayyorlash yuqorida keltirilgan usuldagiga aynan o‘xshash bajariladi. Poydevorlar kengaytirish uchun tayyorlanganidan so‘ng ularning tanasida parmalab teshiklar hosil qilinadi, teshiklarga armatura po‘latidan tayyorlangan ankerlar o‘rnatiladi va ularga armatura karkaslari payvanlab mahkamlabi qo‘yiladi, so‘ngra qoliplar o‘rnatiladi va ular ham yaxshilab mahkamlanadi. Beton qorishmasi ob’ekt sharoitlarida tayyorlanishi yoki tayyor holda zavodlardan avtosamosvallarda tashib keltirilishi mumkin. Beton qorishmasini poydevorlarni kengaytirish joyiga ochiq tarnovlarda yoki lotoklarda yetkazib beriladi. Beton qorishmasi joyiga qatlamlab yotqiziladi va chuqurlikka oid vibratorlar yordamida yaxshilab zichlanadi. Beton loyihaviy mustaxkamligining 50%iga teng mustaxkamlikka erishganidan so‘ng qoliplar yechiladi. «Тoshqin»larni betonlash ishlari yakunlangandan so‘ng poydevorlarni yon tomonlama gidroizolyatsiyalash ishlari amalga 65 oshiriladi. Gidroizolyatsiyalash ishlari yakunlanganidan so‘ng gruntni qayta ko‘mish va gruntni qavatma-qavat zichlash ishlari bajariladi. V) Poydevorlarni chuqurlashtirish Poydevorlarni chuqurlashtirish faqat binolarni qayta tiklash talab qilinganda amalga oshiriladi. Bu usul poydevorlarni kuchaytirish bo‘yicha bajariladigan eng murakkab jarayonlar majmuini o‘z ichiga oladi. Poydevorlarni chuqurlashtirish usuli bilan kuchaytirish quyidagi tartibda bajariladi: poydevorlar uzunligi 1-2m ga teng nisbatan katta bo‘lmagan uchastkalarga bo‘lib chiqiladi va ularni chuqurlashtirish bitta uchastka oralab bajarish usulida tashkil qilinadi. Bunda yer ishlari ham ikki bosqichda bajariladi. Dastlab gruntni mavjud poydevorning tubigacha qaziladi, so‘ngra binoning burchagidan 1-2m ga chekinib, uzunligi xuddi shunday bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha, faqat bitta uchastka oralab bo‘lajak poydevorning tubigacha bo‘lgan chuqurlikka, ya’ni poydevor asosining loyiha belgisigacha grunt qazib chiqiladi. Zarur bo‘lgan hollarda poydevor armaturalanadi, so‘ngra esa qoliplar o‘rnatiladi. Beton qorishmasini uzatish va joylashtirish uchun qoliplarda tuynuklar qoldiriladi. Ushbu tuynuklar orqali yotqizilgan beton qorishmasi chuqurlikka oid vibratorlar yordamida zichlanadi. Betonlash jarayoni boshqa uchastkalarda ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi. Betonlangan uchastkalardagi qoliplar yechilgandan so‘ng binoning burchaklaridagi va oralab tashlab ketilgan uchastkalardagi grunt poydevor asosining loyihaviy otmetkasigacha qazib chiqiladi. Bu uchastkalarda ham betonlash ishlari yuqorida keltirilgan tartibda bajariladi. Poydevorlarni chuqurlashtirish bo‘yicha betonlash ishlari to‘la yakunlangandan so‘ng ularning yon tomon yuzalari gidroizolyatsiya qilinadi. Poydevorlarni gidroizolyatsiyalash bajarilganidan so‘ng esa gruntni qayta ko‘mish va qatlamlab zichlash ishlari bajariladi va ishlarning majmui shu bilan yakunlanadi. G‘isht devorlarni ta’mirlash va qayta tiklash ishlariga poydevorlarni qayta tiklash va kuchaytirish ishlari to‘la yakunlangandan so‘ng kirishiladi. Bunda ishlarni boshlashdan oldin ilgari o‘rnatilgan yuksizlovchi to‘sinlarni demontaj qilishni bajarish lozim bo‘ladi. Тemirbeton orayopmali binolarni ta’mirlash va qayta qurish talab qilinganda esa poydevorlarni qayta tiklashdan oldin devorlarga orayopmalardan tushayotgan yuklarni to‘sinli- tirgovuchli sistemani o‘rnatish yo‘li bilan olib tashlanadi. Bu sistema g‘isht devorlarni qayta tiklash davri uchun ham saqlab turiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling