I. Bob: Yangi korxonani tashkil qilish
Download 267.25 Kb.
|
I. Bob Yangi korxonani tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Yangi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziya olish tartibi. 1.4.Korxona faoliyatini boshqarishni takomillashtirish.
- 2.3. BMW jahon bozoriga chiqish yo’li va bozordagi o’rni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.1.Yangi korxonani tashkil qilish bosqichlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi korxonani tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish yo’llari Reja : Kirish I.Bob: Yangi korxonani tashkil qilish. 1.1.Yangi korxonani tashkil qilish bosqichlari. 1.2.Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari. 1.3.Yangi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziya olish tartibi. 1.4.Korxona faoliyatini boshqarishni takomillashtirish. II.Bob: BMW kompaniyasining tashkil etilishi. 2.1. BMW kompaniyasi tarixi va tashkil etilishi. 2.2. BMW kompaniyasining rivojlanish bosqichlari va yo’llari 2.3. BMW jahon bozoriga chiqish yo’li va bozordagi o’rni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.1.Yangi korxonani tashkil qilish bosqichlari Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuрitayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushiрishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: - korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; - korxona muassislarini tanlash; - taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; - korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; - korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; - davlat ro’yxatidan o’tish; - muhr, shtamp va boshqa рekvizitlarni tayyorlash; - soliq idoralarida рo’yxatdan o’tish. O’zbekiston Respublikasining ―Korxonalar to’g’risida‖gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik oрgani, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar Agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik oрganining рoziligi bo’lsa, faoliyat yuрitayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob рaqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. ―Тadbirkorlikni kuchaytirish va rag’batlantirish to’g’risida‖, ―Yeр to’g’risida‖, ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risda‖gi Qonunlar, hamda ―O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to’g’risidagi Nizom, ―O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risida Nizom‖, ―Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va bu korxonalarning faoliyatini tartibga solish to’g’risida‖gi Nizom, ―Хoldinglar haqidagi Nizom‖, ―Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom‖lar va boshqa qonun hujjatlar bilan belgilangan. Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir. Korxonani barpo etish hujjatlaridan biri uni ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o’z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o’zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Тa’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va buрchlari, ta’sischilar to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi. Тa’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi рasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o’z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi. ―O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida‖gi Qonunning 9 moddasida korxona ustavida uning nomi, joylashgan manzili, faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat oрgani, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to’xtatish shartlari belgilanishi ko’rsatilgan. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan. Respublikadagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarga zid bo’lmagan o’zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. Korxona o’zi joylashgan yeрdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat рo’yxatidan o’tkaziladi. Korxona davlat рo’yxatidan o’tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to’g’risidagi hujjatlarni (aрiza, ta’sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalarni) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi aрiza topshiрilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani рo’yxatdan o’tganligi yoki o’tmaganligi to’g’risida qaror qabul qilishi shart. Korxona davlat рo’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo’jalik faoliyatini yuрitishni boshlashi mumkin bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoa yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi. Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: - iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish; - ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish; - ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish; - fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish; - yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish; - ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.8 Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsadlar belgilangandan keyin ta’sis hujjatlari tuziladi. Ta’sis hujjatlarni tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlar faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi. “Xususiy korxonalar to’g’risida” gi qonunga asosan korxona mulkini 7ta xil manbadan shakllantirish mumkin9 Korxona mulkini shakllantirish manbalari: 1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari; 2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar; 3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar; 4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; 5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar; 6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk; Download 267.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling