Yirik blokli binolarni barpo qilish texnologiyasi
Yirik blokli binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi quyidagicha:
tayyorlov ishlari, yer ishlari, poydevorlarni qurish, devorlarni montaj
qilish, antшseysmik belbog‘ qurish, orayopma va yopma plitalarni montaj
qilish, tom qoplamasini qurish, ichki pardozlash ishlari, bino fasadlarini
tashqaridan pardozlash ishlari, obodonlashtirish va territoriyani
ko‘kalamzorlashtirish ishlari.
Binoning yer usti qismini montaj qilish texnologiyasi. Birinchi
zaxvatkada fasad tashqi devorlarning burchak va mayoq bloklari
o‘rnatiladi. Ularning o‘rtasiga bir qator oraliq bloklar joylashtiriladi.
So‘ngra zina qafaslarining devor panellari va zina elementlari o‘rnatiladi.
Shundan so‘ng ichki devorlar bloklari, pardevorlar, ventilyatsiyaga oid va
santexnika bloklari o‘rnatiladi.
Devor bloklarini gorizontal yo‘nalishdagi choklari 12 mm dan ortiq
bo‘lmagan qilib plastik qorishmaning ustidan terib chiqiladi. Gorizontal
yo‘nalishdagi choklarning qalinligi yog‘och ponachalar yordamida
muvofiqlashtirilib turadi. Bu ponachalar 1-2 kun o‘tganidan so‘ng
qaytadan ishlatish uchun choklardan sug‘urib olinadi. Devor bloklarining
vertikal yo‘nalishdagi choklari esa g‘ovaklashtirilgan qorishma bilan
to‘ldiriladi. Deraza va eshik bloklari devor bloklarini terish bilan bir vaqtda
o‘rnatiladi. Orayopma plitalarni o‘rnatilishni barcha vertikal elementlar
montaj qilingandan so‘ng boshlanadi. Bunda plitalar sementli-qumli
qorishmaning tekislagan to‘shamasiga o‘rnatiladi. Bino qavatining barcha
elementlari montaj qilingandan so‘ng tashqi devorlarining bloklari
orasidagi choklarga osma kajava yordamida qorishma to‘ldiriladi va bu
choklarga ishlov beriladi.
Binoning navbatdagi zaxvatkasi va qavatlar konstruksiyalarini montaj
qilish aynan shunday ketma-ketlikda bajariladi. Elementlarni montaj qilish
montaj kraniga qarab amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |