Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Ko‘p qavatli yaxlt quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Ko‘p qavatli yaxlt quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo
qilish texnologiyasi. Bino devorlarini barpo qilish bo‘yicha ishlar boshlanmasidan oldin sirpanuvchi qolipni montaj qilish lozim. Beton qorishmasini yotqizish joyiga minorali kran yordamida bunkerlarda uzatiladi va nisbatan katta bo‘lmagan ulushlab ishchi polga tushiriladi. Devorlar qoliplarining beton qorishmasi bilan dastlabki to‘ldirish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: devorlarning butun perimetri bo‘yicha 300-350 mm qalinlikdagi beton qorishmasining qatlami yotqiziladi, birinchi qatlam to‘liq yotqizilgandan so‘ng xuddi shu qalinlikdagi ikkinchi qatlam yotqiziladi. Sirpanuvchi qolipni beton qorishmasi bilan keyingi galdagi to‘ldirishni qolipni ko‘tarish boshlanganidan so‘ng davom ettirish va beton qorishmasining qotib qolishidan oldinroq yakunlash lozim. Sirpanuvchi qolipning dastlabki ko‘tarilishi beton qorishmasining uchinchi qatlamini yotqizish bilan bir vaqtda boshlanadi. Beton qorishmasini yotqizishga parallel ravishda devorlarni armaturalash ishlari bajariladi. Armatura sterjenlari, simto‘rlari va karkaslari qolipning ishchi poliga taxlamlar qurilishida minorali kran yordamida uzatiladi. Bino devorlarini armaturalash ishchi chizmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Armatura sterjenlari o‘zaro tutashgan joylarida ustma-ust qilib ulanadi va barcha holatlarda bog‘lash simlari bilan uzunligi bo‘yicha uchta joydan ya’ni, tutashmaning ikkita chekkasi va o‘rtasidan bog‘lab mahkamlanadi. Bunda armatura sterjenlarining ustma-ust qilib bajarilgan ulanmasida bog‘lash − ikki karra qaytariluvchi bog‘lash ko‘rinishida bo‘ladi. Gorizontal armatura bilan vertikal armatura sterjenlarining o‘zaro kesishgan barcha joylaridagi ulanish bog‘lovchi simlar bilan amalga oshiriladi. Devorlarning deraza va eshik darchalari ustidagi peremichkalar fazoviy karkaslar bilan armaturalanadi. Bu karkaslar devorlarning vertikal karkaslariga bog‘lash simlar bilan ulanib mahkamlanadi. 35 Shundan so‘ng beton qorishmasini qolipga yotqizish quyidagi qoidalarga rioya qilingan holda bajariladi: beton qorishmasining qolipga yotqizish tezligi qolipning yarim balandligiga teng bo‘lgan balandlikka beton qorishmasini ikkita yoki uchta qatlam bilan 2,5-3,5 soat davomida yotqizilishini ta’minlashi lozim. Beton qorishmasi qolipga bir xil, ya’ni qalinligi 350mm bo‘lgan qatlamlar bilan yotqiziladi. Beton qorishmasining har bir yangi qatlami uning avvalgi qatlami to‘liq joylashtirilgandan so‘ng va bu qatlamning qotishi boshlanmasdan oldin yotqiziladi. Beton qorishmasi yotqizish jarayoni uzluksiz amalga oshiriladi. Bunda yotqizilayotgan qorishmaning eng yuqori sathi qolip shchitlarining yuqori chekkasidan 50mm ga pastroqda joylashgan bo‘lishi lozim. Beton qorishmasi chuqurlikka oid vibratorlar yordamida zichlanadi. Beton qorishmasini yotqizish bilan bir vaqtning o‘zida sirpanuvchi qolip ham ko‘tariladi. Qolipning ko‘tarilish tezligi o‘rtacha 10-20 sm soatni tashkil qilishi lozim. Yuqoriga ko‘tarish vaqtida qoliplarning gorizontal holatda bo‘lishi − bu ishlarni to‘g‘ri bajarishning asosiy sharti hisoblandi. Sirpanuvchi qolip holatining gorizontlligini domkratlarga o‘rnatiluvchi nazoratga oid reykalar yordamida va domkrat sterjenlariga chiziladigan belgilar bo‘yicha nazorat qilish tavsiya etiladi. Ushbu belgilar barcha domkrat qurilmalarining nazorat reykalaridagi aynan shunday bo‘linmalarga mos kelishi lozim. Beton qorishmasini devorlarga bino qavatining butun balandligi bo‘yicha yotqizish yakunlangandan so‘ng elektr simlarini o‘tqazish uchun mo‘ljallangan kanal hosil qilgichlarni va yotqizilgan beton orasida tirqish hosil bo‘lgunga qadar o‘z o‘qlari atrofida aylantirish lozim. Beton devorlar tanasida teshiklar hosil bo‘lishi uchun esa inventar bo‘shliq hosil qilgichlardan foydalaniladi. Qoliplash jarayonida vaqtinchalik yog‘och qutichalar va bo‘shliq hosil qilgichlar o‘rnatiladi. Sirpanuvchi qoliplarni yuqoriroqqa ko‘tarishdan oldin o‘rnatilgan bo‘shliq hosil qilgichlarni demontaj qilish lozim bo‘ladi. Devorlarni binoning bir qavati balandligida barpo etilgandan so‘ng zina qafasi elementlarini montaj qilishga kirishiladi. Bunda montaj qilish zinapoya maydonchasini o‘rnatishdan boshlanadi. Zinapoyalarni va zinapoya maydonchasini montaj qilish uchun zina qafasi ustidagi ishchi to‘shamasi katakchasida montaj qilishga oid tuynuk qoldiriladi va uni balandligi 1,2m bo‘lgan to‘siq bilan to‘sib qo‘yiladi. Zinapoya maydonchasini montaj qilishdan oldin zina qafasida devorlarni barpo qilish jarayonida o‘rnatiluvchi qoldirma detallarga tayanch qurakchalarini payvandlash lozim bo‘ladi. Montaj qilish jarayonida bu tayanch kurakchalariga zinapoya maydonchalari, ularga esa o‘z navbatida 36 zinapoyalar o‘rnatiladi va nihoyat qoldirma detallar payvandlab mahkamlanadi. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolar sirpanuvchi qolipda barpo qilinganda orayopmalarni qurish jarayoni tashkiliy-texnologik murakkablik kasb etadi. Qavatlararo orayopmalarni qurishni bir necha usullarda amalga oshirish mumkin. Masalan, devorlarni barpo qilgandan so‘ng bitta xona o‘lchamidagi yig‘ma temirbeton plitalarni o‘rnatish; yaxlit quyma betondan devorlarni barpo qilgandan so‘ng «pastdan-yuqoriga» yo‘nalishda betonlanuvchi yaxlit quyma orayopmalarni qurish. Orayopmalarni «pastdan-yuqoriga» yo‘nalishda betonlashda shchitsimon inventar qoliplar ishlatiladi. Bu qoliplar inventar tirgovuchlar va to‘sinlarga tayanadi. Orayopmalarning armaturali simto‘rlari devorlarda qoldiriladigan teshikchalar va shtrablar orqali armokarkaslarga payvandlab fiksatsiya qilinadi. Beton qorishmasini joyiga qayriluvchi badyalarda yoki beton-nasoslar yordamida uzatiladi. Navbatdagi orayopmani betonlashga oldingisida ishlar to‘la yakunlangandan so‘ng kirishiladi. Тayanch tirgovuchlari va to‘sinlarini demontaj qilish beton qolipdan yechish mustahkamligiga erishgandan so‘ng amalga oshiriladi. Qavatma-qavat uslubni qo‘llaganda orayopmalarni betonlashni devorlarni betonlash bilan birga olib boriladi. Ishlarni olib borish qulay bo‘lishi uchun qoliplarning ichki shchitlari tashqilaridan orayopmaning qalinligi teng o‘lchamda qattiqroq qilib bajariladi. Devorlarni betonlash binoning bir qavati balandligida yakunlanganidan so‘ng sirpanuvchi qolipni qat’iy ravishda orayopmaning darajasida o‘rnatiladi. So‘ngra qavatlararo orayopmaning qolipi o‘rnatiladi. Uning shchitlari ankerlar yordamida bino devorlariga mahkamlanuvchi to‘sinlarga tayanadi. Armaturali karkaslar va beton qorishmasi joyiga minorali kran yordamida sirpanuvchi qolipning ishchi to‘shamasidagi montaj qilish tuynuklari orqali uzatiladi. Orayopmalarni betonlash yakunlanganidan so‘ng binoning navbatdagi qavati elementlarini barpo etishda davom etiladi. Orayopmalarni qurishning ushbu texnologiyasi bo‘yicha sirpanuvchi qolipning qat’iyan to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan, bu esa yaxlit quyma binoni barpo etish texnologiyasini biroz murakkablashtiradi. Shuning uchun orayopmalarni «yuqoridan pastga» yo‘nalishda betonlash uslubi taklif etilgan. Bunday uslubni qo‘llash AQSh, Shvetsiya va Yevropaning turli mamlakatlarida keng taraqqiy etgan bo‘lib, u devorlarni binoning butun balandligi bo‘yicha betonlash ko‘zda tutilganda ishlatiladi. Sirpanuvchi qolipni demontaj qilmasdan turib uning ishchi poliga egiluvchan tortqiga ega mahsus chig‘ir o‘rnatiladi. Bu chig‘irga eca orayopmalarning inventar qolipi osib qo‘yiladi. Qolip teleskop 37 ko‘rinishidagi to‘sinlar va shchitlardan tashkil topadi. Orayopmaning qolipi o‘rnatilib unga armaturali karkaslar joylashtirilgandan so‘ng betonlash jarayoni boshlanadi va bu jarayon beton-nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Yotqizilgan beton qolipdan yechish mustahkamligiga erishgandan so‘ng qolip demontaj qilinadi va uni pastroqda joylashgan navbatdagi orayopmani betonlash uchun orayopmaning loyihaviy belgisiga muvofiq o‘rnatiladi. Qolipning shchitlarini betondan mexanizatsiyalashgan usulda ajratib olish uchun pnevmatik moslamalardan foydalaniladi. Bu moslamalarni maxsus teshiklarga qolipga beton qorishmasini yotqizishdan oldin joylashtiriladi. Beton kerakli mustahkamligiga erishganidan so‘ng kompressor yordamida moslamalarga yuqori bosim ostidagi havo yuboriladi va shu tarzda qolipni betondan oson ajratib olinadi. Oquvchan beton qorishmalarini qo‘llash orayopmalarni betonlash samaradorligini sezilarli oshiradi. Bino va inshootlarni sirpanuvchi qolipda barpo qilish usulini yanada rivojlantirish ko‘tariluvchi va o‘z-o‘zidan ko‘tariluvchi qoliplarni qo‘llashga o‘tish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmoqda. Хorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z-o‘zidan ko‘tariluvchi qoliplarni oquvchan beton qorishmalari bilan birga qo‘llash sirpanuvchi qoliplarni qo‘llashiga nisbatan ancha samaraliroq ekan. Bunda betonlash natijasida olinadigan sirtlarning yuqori darajada sifatli bo‘lishi beton qorishmasining qotishi vaqtida qolip shchitilarining qo‘zg‘almas holatda bo‘lishi bilan ta’minlanadi. Bunday qoliplardan foydalanib betonlashda ixtiyoriy onda ishlarning sifatini pasaytirmasdan turib ishlarni vaqtinchalik to‘xtatib turish imkoniyati mavjuddir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling