Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Nazorat savollari 
 
1. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo 
qilishda qurilish maydoni qanday tashkil qilinadi? 
2. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarning devorlarini sirpanuvchi 
qolipda betonlashda ishlar va mehnatni tashkil qilish. 
3. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarning devorlarini sirpanuvchi 
qolipda betonlash texnologiyasi. 
4. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo 
qilishda zina elementlarini montaj qilish texnologiyasi. 
5. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo 
qilishda orayopmalarni «pastdan-yuqoriga» usulda betonlash 
texnologiyasi. 
38


6. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni sirpanuvchi qolipda barpo 
qilishda orayopmalarni «yuqoridan-pastga» usulda betonlash 
texnologiyasi. 
 
10. Yirik blokli, panelli va hajmli-blokli binolarni barpo qilish. 
Binolarning qurilish-konstruktiv yechimi. Qurish maydonini, ishlarini 
va mehnatni tashkil qilish. Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi 
va texnologiyasi 
 
Binolarning qurilish-konstruktiv yechimi. Yirik blokli binolarning 
qurilish-konstruktiv yechimi quyidagicha. Binolarning poydevorlari − 
tasmasimon. Yirik blokli binolar beton, temirbeton yoki g‘ishtli bloklardan 
barpo qilinishi mumkin. Eng keng tarqalganlaridan biri − bino qavatining 
tashqi devorlari ikki va to‘rt qator qirqimiga ega bo‘lgan yirik blokli 
uylardir. Ikki qator qirqimli yirik blokli binolarning tashqi devorlari uch 
turdagi asosiy bloklardan yig‘iladi: devorlararo, deraza osti bloklari va 
tutashtirma-bloklardan. Тo‘rt qator qirqimli yirik blokli binolarda tashqi 
devorlar ham xuddi shunday bloklardan yig‘iladi, biroq derazalararo blok 
farqli ravishda balandligi bo‘yicha uchta elementdan tashkil topgan 
bo‘ladi. 
Yirik blokli binolarning ichki devorlari balandligi bo‘yicha bir qator, 
yoki to‘rt qator qirqimli bo‘lishi mumkin. Zina elementlari va orayopma 
plitalar oddiy temirbeton elementlaridan iborat bo‘ladi. Тomi − yassi 
bo‘lib, tom qoplamasi o‘ramli ashyolarni qo‘llab quriladi. Хonalar 
ichkarisining pardozlanishi devorlarga gulqog‘ozlar yopishtirish yoki 
devor va shiftlarni suvli-emulsiyali tarkiblar bilan bo‘yashdan iborat 
bo‘ladi. Pollari − linoleumdan. Binoni tashqi tomondan pardozlash − 
devorlarni fasad uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar bilan bo‘yashdan iborat 
bo‘ladi.
Yirik panelli binolar karkassiz-panelli, qisman karkasli va karkasli-
panelli bo‘lishi mumkin. Eng keng tarqalgani- birinchi ikki turi 
hisoblanadi. Bu binolar yuk ko‘taruvchi tashqi va ichki devor panellaridan 
va pardevorlardan barpo qilinadi. Zinalar elementlari – yig‘ma 
temirbetondan, yopma va orayopma plitalar bitta xonaning o‘lchamiga 
to‘g‘ri keladigan qilib temirbetondan tayyorlanadi. Тom qoplamasi, ichki 
va tashqi pardozlanishi − huddi yirik blokli binolarnikiga o‘hshash.
Hajmiy-blokli binolar blok-xonalar va blok-kvartiralardan, ya’ni 
zavodga oid tayorgarlik darajasi juda yuqori bo‘lgan elementlardan tashkil 
topadi. Zavoddagi ishlab chiqarish jarayonining texnologiyasiga ko‘ra 
binolarning blok-xonalari va blok-kvartiralari foydalanishga topshirish 
39


darajasiga deyarli to‘la tayyor holatda ishlab chiqarilishi lozim. Ularda 
ichki pardozlash ishlarining hammasi bajarilgan, deraza bloklari 
o‘rnatilgan va deraza oynalari qo‘yilgan, eshiklari o‘rnatilgan, sanitar-
texnika jihozlari, kuvur yo‘llar, elektr tarmoqlari, yoritish qurilmalari 
montaj qilingan bo‘lishi mumkin. Hajmiy-blokli binolarning tom 
qoplamasi va tashqi pardozlash ishlari huddi yirik blokli binolardagi kabi 
bajariladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling