Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari: 
1.Binolarni yaxlit quyma betondan qurishning afzalliklari nimadan iborat? 
2.Yaxlit quyma binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari. 
3.Yaxlit quyma uysozlikda qurilish maydonini, ishlarni va mehnatni tashkil 
qilish. 
4.Yaxlit quyma binolarni barpo qilish bo‘yicha jarayonlar tarkibi va 
texnologiyasi. 
8. Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni blokli-shchitli qolipda barpo 
qilish texnologiyasi. Binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari. 
Qurilish maydonini, ishlarni va mehnatni tashkil qilish. Binolarni 
barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
 
Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari 
 
Blokli-shchitli qolipda nuqtasimon turdagi yoki plandagi maydoni 
rivojlangan ko‘p qavatli yaxlit quyma binolar barpo qilinadi. 
Bunday binolarning poydevorlari uzluksiz yaxlit temir-beton plita 
ko‘rinishida loyihalanadi.
Binoning devorlari: tashqarisidagi − keramzitobetondan, ichkarisidagi − 
og‘ir betondan tayyorlangan bo‘ladi; santexnika tugunlari, lift shaxtalari va 
axlat to‘kiluvchi quvurlar − temirbeton hajmiy-bloklar ko‘rinishda 
loyihalanadi; zinalar, lodjiya va ayvonlarning konstruktiv elementlari − 
yig‘ma temirbetondan tayyorlangan bo‘ladi, tomi – yassi bo‘lib, tom 
qoplamasi o‘ramli ashyolardan quriladi. Bino ichkarisining pardozlanishi: 
devorlarga gulqog‘oz yopishtiriladi yoki bo‘yaladi, shiftlari esa suvli-
emulsiyali tarkiblar bilan bo‘yaladi, pollari − taxtadan yasaladi yoki 
to‘shalgan linoleum ko‘rinishida bo‘ladi. Bino fasadlarining pardozlanishi-
devorlari suvli-emulsiyali tarkiblar bilan bo‘yaladi. 
 
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish. 
Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilish uchun yuk ko‘tarish 
qobilyati o‘n tonnadan oshmagan minorali kranlar ishlatiladi. Minorali 
kran yordamida qolipning elementlari montaj va demontaj qilinadi, beton 
qorishmasi va armatura joyiga uzatiladi va yig‘ma qurilish konstruksiyalari 
montaj qilinadi. Montaj krani binoning hovliga qaragan fasad tomonidan 
o‘rnatiladi, kran osti yo‘llari bo‘ylab esa vaqtinchalik avtomobil yo‘llari 
quriladi. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtotransport vositalarining 
29


to‘qnashib ketmasligi va ularning to‘xtab turishi uchun qulaylik tug‘dirish 
maqsadida, avtomobil yo‘llari shu yerda kengaytiriladi. 
Qurilish maydonida vaqtinchalik kommunikatsiyalar (suv ta’minoti 
quvurlari, yuqori quvvatli va yoritish elektr tarmoqlari) o‘tkaziladi. 
Minorali kran strelasining harakatlanish radiusi zonasida ochiq 
omborxonalar (maydonlar) joylashtiriladi. Bu yerda armatura, issiqlikdan 
izolyatsiyalovchi materiallar, yig‘ma temirbeton konstruksiyalar, qolip 
elementlari taxlab qo‘yiladi. Vaqtinchalik avtomobil yo‘llarining 
kengaytirilgan qismi bo‘ylab beton qorishmasini to‘kish uchun 
mo‘ljallangan badyalar joylashtiriladi. 
Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilish oqimli usulda tashkil 
qilinadi. Bunda devor va orayopmalarni betonlash ishlari yetakchi jarayon 
bo‘lib hisoblanadi. Binoning plandagi shakli va o‘lchamlariga bog‘liq 
ravishda ishlar gorizontal yo‘nalish bo‘yicha zaxvatkalarga ajratilib yoki 
ajratilmasdan bajarilishi mumkin. Vertikal yo‘nalishda esa zaxvatkalarning 
chegarasi sifatida binoning har bir etaji qabul qilinadi. 
Binoni gorizontal yo‘nalishda zaxvatkalarga bo‘lishda bajariluvchi 
ishlarning hajmlari taxminan bir xil bo‘lgan binoning qismlari qabul 
qilinadi. Zaxvatkalarning soni blokli-shchitli qoliplarning soniga mos 
ravishda belgilanadi. Bunda har bir etaj miqyosida qurilish oqimlarning 
gorizontal yo‘nalishi dagi harakatlanishi bir zaxvatkadan ikkinchi 
zaxvatkaga, vertikal yo‘nalishda esa bir qavatdan ikkinchi qavatga tomon 
amalga oshiriladi. Nuqtasimon turdagi 3-4 ta yaxlit quyma binoni bir 
vaqtda barpo qilganda qoliplar komplektining hisobini bitta etajni 
betonlashga yetarli qilib oldindan mo‘ljallab olinadi. Bunday hollarda bitta 
zaxvatka sifatida har bir binoning bitta qavati qabul qilinadi. Barcha ishlar 
oqimli usulda olib boriladi. Ishlarni bajarish texnologiyasi va 
tashkillashtirilishida quyidagilarni ko‘zda tutish lozim: birinchi zaxvatkada 
devorlarni armaturalash va ularning qoliplarini montaj qilish ishlari 
bajarilsa, ikkinchi zaxvatkada yig‘ma temirbeton elementlarni (zina, 
bolxona, santexnika tuguni, pardevorlar, axlat tashlash quvur yo‘llari 
elementlari va boshqalar) montaj qilish ishlari, uchinchi zaxvatkada esa 
orayopmalarning qolipini o‘rnatish va ularni armaturalash ishlari bajariladi. 
Alohida oqim sifatida devorlar va orayopmalarni betonlash ishlari qabul 
qilinadi. 
Barcha ishlarni oqim usulida tashkil qilganda ularni tegishli 
ixtisoslashgan oqimlar tarkibiga kiritiladi: qolipni montaj va demontaj 
qilish, devor va orayopmalarni armaturalash, devor va orayopmalarni 
betonlash, yig‘ma temirbeton elementlarini montaj qilish. Yaxlit quyma 
binolarning tipik etajini barpo qilish 24 kishidan iborat bo‘lgan kompleks 
30


birigada tomonidan amalga oshiriladi. Umuman olganda, maxsus ishlarni 
bajarish uchun tashkil qilinuvchi zvenolarning kasbiy va malakaviy tarkibi 
ishlarning hajmi va bajarilish muddatlariga bog‘liq ravishda belgilanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling