Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari: 
 
1. G‘ishtli binolarning qurilish-konstruktiv yechimi qanday? 
24


2. G‘ishtli binolarni qurishda qurilish maydoni qanday tashkil qilinadi? 
3. G‘ishtli binolarni qurishda ishlarning bajarilishi qanday tashkil qilinadi? 
4. G‘ishtli binolarni qurishda mehnat jarayoni qanday tashkil qilinadi? 
5. G‘ishtli binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi.
 
7. Kam qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilish texnologiyasi. 
 Yaxlit quyma binolar qurilishining samaradorligi.
Yaxlit quyma binolarning qurilish-konstruktiv yechimlari. Qurilish 
maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish 
Yaxlit quyma binolar qurilishining samaradorligi 
Ilg‘or tajriba va yaxlit quyma binolar qurilishining chet el amaliyoti 
binolar qurilishining ushbu industrial uslubining samaradorligini va 
kelajakda keng miqyosda qo‘llanishi muqarrar ekanligini ko‘rsatmoqda. 
Yaxlit quyma binolarni barpo qilishning afzalliklari shundan iboratki
ular binolarni qurishning zavodga oid bazasiga deyarli bog‘liq emas, 
mobillik darajasi yuqori, chunki minimal xarajatlar bilan nisbatan ko‘p 
bo‘lmagan texnologiyaga oid asbob-uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chirish imkoniyatlarini beradi. Buning natijasida mehnat va moddiy 
resurslar sezilarli iqtisod qilinadi. Shu bilan birga beton ishlarining 
mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridan kengroq va kattaroq hajmda 
foydalanishga asoslangan yangi resurs − tejamkor texnologiyalarini yuqori 
samara bilan qo‘llash uchun imkoniyatlar hosil bo‘ladi. 
Yaxlit quyma uysozlikning afzalliklari qatoriga shuningdek minimal 
xarajatlar bilan binolarning turli hajmiy-rejaviy yechimlariga erishishni, 
bevosita qurilish maydonida ishlarning mexanizatsiyalash darajasini 
oshirishni, mehnat sarfining sezilarli kamayishini, devorlar sirtining yuqori 
sifatliligi ta’minlanishini, «suv talab etadigan jarayonlar»ning keskin 
kamayishini kiritish mumkin. 
Bundan tashqari yaxlit quyma binolar issiqlikning yo‘qotilishiga 
ko‘proq qarshilik ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Тashqi devorlarida 
choklarning mavjud emasligi tufayli bunday binolarda issiqlikning 
yo‘qotilishi yirik panelli binolarga nisbatan 15 %ga kamroqdir. 
Yaxlit quyma uylar qurish uchun quyidagi materiallar ishlatiladi: grunt-
beton, sement-grunt-beton, gruntlar asosidagi kompozitsion materiallar
kul qo‘shilgan beton, fosfogips-putssolanli bog‘lovchi asosidagi beton. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling