Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Kam qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilishda jarayonlar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
26


Kam qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilishda jarayonlar 
tarkibi va texnologiyasi 
 
Kam qavatli yaxlit quyma binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi 
quyidagicha: tayyorlov ishlari, yer ishlari, poydevorlarni qurish, devorlarni 
betonlash, yig‘ma temirbeton yopma plitalarni o‘rnatish, tom qoplamasini 
qurish, elektr-montaj va santexnika ishlari, pardozlash ishlari, hududni 
obodonlashtirish. 
Тayyorlov ishlarining tarkibiga quyidagi ishlar kiradi: hududni tozalash, 
maydonni tekislash, o‘simlik qatlamini qirqish, binoning geodezik to‘rini 
joyga ko‘chirish, binoning rejalash o‘qlarini mahkamlash, qurilish 
maydonini va ishlarni bajarishni tashkil qilish. 
Lentasimon poydevorlar ostiga transheyalarni E-302 ekskavatori 
yordamida qaziladi. Тransheya ostidagi gruntni loyihaviy belgisigacha 
yetkazishni qo‘l kuchi yordamida dastaki bajariladi. 
Poydevorlarni betonlashda mayda shchitli yig‘ma-ajratma qoliplardan 
foydalaniladi. Тayyorlangan gruntli asosga betonning himoyalovchi 
qatlamini hosil qilish uchun fiksatorlar o‘rnatiladi, so‘ngra ularning ustiga 
poydevorning armaturadan yasalgan simto‘rlari joylashtiriladi. Shundan 
so‘ng qolipning yon tomon shchitlari o‘rnatilib mahkamlanadi. Beton 
qorishmasi bevosita qurilish ob’ektida tayyorlanadi. Betonlash joyiga 
beton qorishmasini badyalarda chorpoyali kran yordamida uzatiladi. 
Poydevor qolipini badyalarda uzatilgan beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi, 
qo‘l kuchi yordamida tekislanadi va chuqurlikka oid titratgichlar 
yordamida zichlanadi. Poydevorlarni qolipdan yechishni beton o‘z 
mustahkamligining 50 % ga erishganidan so‘ng amalga oshiriladi. 
Qolipdan yechilganidan so‘ng poydevor yon tomonining sirti bitumli 
mastika bilan gidroizolyatsiya qilinadi va transheyaning bo‘shliqlari grunt 
bilan qayta ko‘miladi. 
Yaxlit quyma devorlarni barpo qilish uchun inventar, ko‘p marta qayta 
ishlatiladigan, laminatsiya qilingan, suvga chidamli faneradan 
tayyorlangan, qalinligi 9-12 mm li qolip qo‘llaniladi. Qolip 
unifikatsiyalangan bo‘lib uzunligi (l) q 1,5 m va balandligi (h)q 2,5 m li 
modulli shchitlar va to‘ldiruvchi (burchakka oid va balandligini bo‘yicha) 
elimentlardan iboratdir. Konstruktiv mulohazalarga ko‘ra ikki turdagi 
qolipdan foydalaniladi: kuchaytirilgan va oddiy. Qolipning konstruksiyasi 
uy-joy binolari va madaniy- maishiy ob’ektlarini barpo qilish imkoniyatini 
beradi. Bino sokolining yuqori qismini qurish beton bloklarning ustidan 
uzunligi (l)q 3,0m va balandligi (h)q 0,2m li fanera-yog‘ochli qoliplar 
o‘rnatib betonlash orqali amalga oshiriladi. Devor qoliplarini sokolning 
27


qolipi shchitlariga aniq o‘rnatish uchun 50x50x4 mm li standart 
burchakdan yasalgan, kanal hosil qilgichlari payvandlab mahkamlangan 
metall fermalar qo‘llaniladi.Devor qoliplarining shchitlari 2-4 donasini bir 
qilib yig‘ib yiriklashtirilgan seksiyalarga birlashtiriladi. Bu ularning montaj 
va demontaj qilish vaqtini 20-30 % ga qisqartiradi. Masalan, 4 va 5 xonali 
yaxlit quyma uylar uchun vaqtning qisqarishi 5-7 soatni tashkil qiladi. 
Beton qorishmasi devorning qolipiga qayriluvchi badyalarda uzatiladi. 
Beton qorishmasi devorning butun perimetri bo‘yicha30-50 santimetrli 
qalinlikda qatlamlab yotqiziladi. Bunda har bir keyingi qatlam oldingi 
qatlam qotib qolishidan oldin yotqizilishi lozim. Beton qorishmasining 
zichlanishi chuqurlikka oid vibratorlar yordamida amalga oshiriladi.
Devorlarni barpo qilish jarayoni ikki kun davom etadi: qolipdan yechish 
va bir vaqtning o‘zida navbatdagi uyning qolipini o‘rnatish − 1 kun, 
devorlarni betonlash − 1 kun. Beton qolipda 12 soat davomida saqlab 
turiladi, so‘ngra qolip yechiladi. Yopma plitalarning montaj qilinishi 40 
soatdan so‘ng − agar beton qorishmasi uchun tez qotuvchi sement 
ishlatilgan bo‘lsa, 70-80 soatdan so‘ng − oddiy sement asosidagi beton 
qorishmasi ishlatilgan bo‘lsa amalga oshiriladi.
Yopma plitalar montaj qilinganidan so‘ng o‘rama ashyoli tom 
qoplamasini qurish bo‘yicha ishlar boshlab yuboriladi. Тom qoplamasini 
qurish bo‘yicha ishlarning tarkibiga quyidagilar kiradi: bug‘dan va 
issiqlikdan izolyatsiyalash ishlari, tekislovchi sementli-qumli styajka 
yotqizish, tomning gidroizolyatsiyalovchi gilamini yotqizish, bitumli 
mastikaga cho‘ktirilgan mayda shag‘aldan iborat zirhlovchi qatlamni 
qurish.
Binoning qutichasini barpo qilish yakunlangandan so‘ng elektr-montaj 
va santexnika ishlari bajariladi. Shundan so‘ng pardozlash ishlarini 
bajarishga kirishiladi. Pardozlash ishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
devorning darchalarini deraza va eshik bloklari bilan to‘ldirish, devorlarni 
suvoqlash, devor va shiftlarni bo‘yash. Suvoqlash ishlari yakunlangandan 
so‘ng binoning pollarini qurishga kirishiladi.
Binoning ichki tomon pardozlash ishlari yakunlanganidan so‘ng 
fasadlarini pardozlash ishlarini bajarish boshlanadi. Bu ishlar devorlarni 
suvoqlash va bo‘yash ishlaridan iborat bo‘ladi.
Hududni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni binoning fasadini 
pardozlash ishlari yakunlangandan so‘ng bajariladi. Hududni 
obodonlashtirish ishlari tarkibiga: bino atrofi otmostkasini qurish, 
irrigatsiya tarmoqlarining lotoklarini yotqizish, yo‘llarni, yo‘lovchilar 
yo‘laklarini qurish, hududni yoritish, gullar va daraxtlar ko‘chatlarini ekish 
ishlari kiradi.
28



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling