Har XIL buyumlar kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va


Download 66.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi66.19 Kb.
#1003190
Bog'liq
Choʻyan - Vikipediya



Choʻyan
Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va
boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy
(legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar —
kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom,
nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4%
dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi.


CH. kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda —
bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi
yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir
qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda
puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida,
bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida
Choʻyan
Temir-uglerod qotishma fazalari
Ferrit
 
Austenit
Sementit
Grafit
Temir-uglerod qotishma strukturalari
Ledeburit
 
Martensit
 
Perlit
  
Sorbit
Troostit
Beynit
 
Po`latlar
Konstruktsiyaviy po`lat
(0,8 % gacha 
C

Asbobsozlik po`lati
(~2 % gacha 
C

Zanglamaydigan po`lat
 (
xrom
bilan ligerlangan) 
Issiqqa chidamli po`lat
Mustahkamligi yuqori po`lat
Cho`yanlar
Oq cho`yan
(mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) 
Kulrang cho`yan
(
grafit
plastina shaklida) 
Bolg`alanuvchan cho`yan
(grafit parchalari)
Mustahkamligi yuqori cho`yan
Yarim cho`yan
(grafit va ledeburitdan iborat) 


boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham
ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga
yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy
kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH
(SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang
Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini
(kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son
bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha
"kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni
choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr
pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar
deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori
odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida
alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada
magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch.,
podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh
Ch. — temperatura koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri temperaturada
ishlaydigan Ch. armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh
Ch. — yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga
koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha temperaturada
ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar —
kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga
kiradi.
Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga
magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi,
katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi
austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan,
elektrotexnikada ishlatiladi.


Choʻyan — 
temirning
 
uglerodli
 
qotishmasi
 (
C
2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida
sementit
va 
grafit
 koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi 
grafit
shakli va 
sementit
miqdoriga
qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori
choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Cho yan&oldid=3447244
" dan 
olindi 
Choʻyan tova
Choʻyan turlari
Klassifikatsiya
Shuningdek, qarang


 
Soʻnggi tahrir 2 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi

Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling