Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Ob’ektning qurilish bosh tarhi QIBL tarkibida ob’ektning qurilish bosh tarhi ishlab chiqiladi. Ob’ektning qurilish bosh tarhi − qurilish maydonnining shunday tarhi hisoblanadiki, unda qurilayotgan bino (inshoot), qurilish maydonining vaqtinchalik devorlari, yo‘llar, maishiy va ma’muriy binolar, omborlar, ochiq ombor maydonlari, kommunikatsiyalar, mashina va mexanizmlarning joylashuvi, ularning harakatlanish sxemalari, havfli zonalar, qurilish maydonining yoritilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ob’ektning qurilish bosh tarhi odatda binoning bosh tarhi masshtabida chizilgan chizma shaklida bajariladi. Ob’ektning qurilish bosh tarxini ishlab chiqishda boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida quyidagilar qabul qilinadi: binoning bosh tarhi, ob’ekt qurilishining kalendar grafigi, ishchilarning harakatlanish grafigi, moddiy- texnik resurslarga bo‘lgan extiyoj qaydnomasi, qurilishning suvga, elektr energiyasiga, vaqtinchalik bino va inshootlarga bo‘lgan talabi, qurilish maydonining yoritilishiga taalluqli hisoblashlarning natijalari. Тushuntirish xatida keltiriladigan qurilish maydonini tashkil qilish bo‘yicha asosiy tamoyillar va qoidalar mahalliy tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqiladi. Ob’ektning qurilish bosh tarhi bino (inshoot) barpo qilinishining yoki ishlar bajarilishining turli bosqichlari uchun ishlab chiqiladi: yer osti sikli, yer usti sikli, montaj ishlarini bajarish, tom qoplamasini qurish, pardozlash ishlarini bajarish davri uchun ishlab chiqilgan qurilish bosh tarhlari shular jumlasidandir. Qurilish bosh tarhining grafik qismida shartli belgilar, qurilishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik bino va inshootlar, montaj qurilmalari va moslamalari ro‘yxati (jadval ko‘rinishida), hamda texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirilgan bo‘ladi. Qurilish bosh tarhining texnik- iqsodiy ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi: vaqtinchalik 10 kommunikatsiyalar, bino va inshootlarning qiymati, vaqtinchalik yo‘llar va yo‘laklarning davomiyligi va qiymati, omborxonalar va ochiq ombor maydonlarining yuzasi va qiymati, qurilish maydonini tashkil qilish bo‘yicha QMIning qiymati. QIBLning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari qatoriga esa quyidagilar kiradi: QMIning hajmi, qiymati, QMIni bajarish muddati, asosiy QMIning mexanizatsiyalash darajasi, binoning 1 m 3 hajmga yoki 1 m 2 yuzasiga to‘g‘ri keluvchi mehnat sarfi, ishlar hajmining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi mehnat sarfi yoki mehnat unumdorligini aniqlash uchun qabul qilingan boshqa ko‘rsatkichlar. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling