Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Fanning mazmuni 
 
BIBEТ fani qurilish maydoni va ob’ekt qurilishiga muhandislik 
tayyorgarligini ko‘rish asoslari, bino va inshootlar qurilishini texnologik 
loyihalashtirish, yer ishlari, g‘ishtli, yaxlit quyma va yig‘ma temirbeton 
bino va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi va tashkillashtirish, bino va 
inshootlarni ta’mirlash va qayta tiklashning asoslari, bino va inshootlarni 
ta’mirlash va qayta tiklashda texnologik loyihalashtirish, bino va 
inshootlarning asosiy qurilish konstruksiyalarini ta’mirlash texnologiyasi 
va tashkillashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Qurilish ob’ektlarining tasniflanishi 
Ma’lumki, amaliyotda turli funksional maqsadlardagi va qurilish-
konstruktiv tavsiflariga ko‘ra tubdan farqlanuvchi bino va inshootlar 
quriladi. 
Funksional maqsadlarga ko‘ra binolar uy-joy, jamoat va sanoat 
binolariga bo‘linadi. Ammo, funksional maqsadlari bo‘yicha 
farqlanishidan qat’iy nazar, bino va inshootlar bir xil konstruktiv 
tavsiflarga ega bo‘lishi mumkin. 
Konstruktiv tavsiflarga ko‘ra bino va inshootlar g‘ishtli, yaxlit quyma 
temirbetondan, yig‘ma temirbetondan, po‘lat yoki aralash 
konstruksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Biroq qurilish texnologiyasi va 
tashkil qilinishi nuqtai nazardan olganda bino va inshootlarning funksional 
maqsadlari emas, balki qurilish-konstruktiv yechimlari ko’proq ahamiyat 
kasb etadi. Aynan shu tavsifga ko‘ra ob’ektlardagi qurilish-montaj ishlarini 
bajarishning usullari va vositalari belgilanadi. Shuni e’tiborga olib, BIBEТ 
fanida bino va inshootlar qurilishining texnologiyasi va tashkil etilishi 
ob’ektlarning qurilish-konstruktiv yechimiga bog‘liq ravishda ko‘rib 
chiqiladi va o‘rganiladi. 
Nazorat savollari 
1. BIBEТ fani nimani o‘rganadi? 
2. BIBEТ fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
3. BIBEТ fanining mazmuni.
4. Qurilish ob’ektlari qurilish-konstruktiv belgilariga ko‘ra qanday tav- 
siflanadi? 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling