taruvchi devorlari − yaxlit quyma, pardevorlari
va yopmalari yaxlit quyma
yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin. Binolar karkassiz, qulochi qisqa, bo‘ylama
yoki ko‘ndalang diafragmaga oid yuk ko‘taruvchi devorlarga ega.
Binoning tashqi devorlari va difragmaga oid pardevorlari V5 sinfli va
zichligi 1200 kg|sm
3
bo‘lgan yengil betondan quyiladi. Bundan tashqari
tashqi devorlari uch qatlamli konstruktiv yechimga ham ega bo‘lishi
mumkin. Bunda ichki va tashqi qatlamining betoni mayda to‘ldirgichli
bo‘lib V7,5 sinfiga mansub bo‘ladi va ular armaturali karkaslar
bilan
armaturalanadi. Devorning o‘rta qatlami esa plitasimon arbolitli isitgichdan
iborat bo‘ladi. Devorlarning qalinligi 30 sm ni tashkil qiladi. Poydevorlari
sayoz chuqurlikka ega bo‘ladi, shu bilan birga industrial elementlar:
sokollar, lagalar, ventbloklar, verandalar, pardevorlar, zina elementlari,
yopma plitalar ishlatiladi. Binolarning tomi yassi bo‘lib o‘ramli
ashyolardan quriladi.
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish
Yaxlit quyma binolarni barpo qilishda tipik qurilish maydoni
unumdorligi 50m
3
smena bo‘lgan beton tayyorlash tuguni; estakadaga
o‘rnatilgan sement va suv saqlash sig‘imlariga ega shnekli beton
qorishtirgichli, qurilishning olib borilishi yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnatilgan
yuk ko‘tarish qobiliyati 5t li chorpoyali kran va strelali kran bilan
jihozlanadi. Strelali kranning strelasi harakatlanishi radiusi zonasida
qolipning elimentlari, yopma plitalar, deraza va eshik bloklarini
saqlash
uchun ochiq omborxonalar tashkil qilinadi. Beton qorishtirgichning oldida
yirik va mayda to‘ldirgichlar (qum va chaqiqtosh) uchun
omborxonalar
joylashtiriladi.
Yaxlit quyma binolarni barpo qilish bo‘yicha ishlarni bajarishni oqimli-
jadallatirilgan uslubda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Oqimli uslubni
tashkil qilish uchun ishlarning barcha kompleksi quyidagi alohida sikllarga
bo‘linadi: nolli sikl,
devorlarni betonlash, yopma plitalarni montaj qilish,
tom qoplamasini qurish, maxsus ishlar va pardozlash ishlarini bajarish,
hududni obodonlashtirish. Bunda ayrim binolarda nomlanishi bir xil
bo‘lgan
ishlar ketma-ket, turli nomli ishlar esa parallel bajariladi. Barcha
ishlar 35-40 odamdan iborat kompleks
brigada tomonidan amalga
oshiriladi. Brigadalar shartli ravishda quyidagi zvenolarga bo‘linadi: nolli
sikl zvenosi, duradgorlar, betonchilar, montajchilar,
santexniklar,
elektriklar, pardozlovchilar, tom qoplamasini quruvchilar,
obodonlashtiruvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: