Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


G‘isht binolarni qurishda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

G‘isht binolarni qurishda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi 
 
 
G‘isht binolarni qurishda jarayonlarning tarkibi quyidagicha: tayyorlov 
ishlari, binoning yer osti qismini barpo qilish, binoning yer usti qismini 
barpo qilish (devorlar va pardevorlarni g‘ishtdan terish, yirik o‘lchamli 
pardevorlarni montaj qilish, zinapoyalar, yopmalar elimentlarini montaj 
qilish), tom qoplamasini qurish, pardozlash ishlari, elektr-montaj ishlari, 
santexnika ishlarini bajarish, binoning fasadini pardozlash va hududni 
ko‘kalamzorlashtirish. 
Seysmik rayonlarda g‘isht binolarni barpo qilishda jarayonlarning 
tarkibiga qo‘shimcha ravishda binoni kuchaytirishga xizmat qiluvchi yaxlit 
quyma temirbeton konstruksiyalarni qurish (armaturalash, qoliplash, 
betonlash) bo‘yicha ishlar kiritiladi. 
G‘ishtli binolar devorlarini barpo qilish o‘qlar bo‘yicha 
ixtisoslashtirilgan bo‘ylama-ko‘ndalang zaxvatkalar uslubida va 
halqasimon oqimli uslubda olib boriladi. Birinchi uslub bo‘yicha ishlarni 
ikkita zaxvatkali tizimda (bino ko‘ndalang yo‘nalishda ikkita zaxvatkaga 
ajratiladi) va ko‘p zaxvatkali tizimda (bino ko‘ndalang va bo‘ylama 
yo‘nalishda to‘rtta zaxvatkaga ajratiladi) olib borish mumkin. 
G‘ishtli bino devorlarini birinchi qavat balandligi darajasiga 
ko‘targandan so‘ng orayopma plitalarni montaj qilishga kirishiladi. 
Orayopma plitalarni loyihaviy holatiga o‘rnatishda ularning tayanish 
joylari tekislangan sementli-qumli qorishmadan iborat to‘shamaga 
qo‘yiladi. O‘rnatilgan plitalarning bo‘ylama choklari ham sementli-qumli 
qorishma bilan to‘ldiriladi. 
G‘isht devorlarni yaxlit quyma temirbeton elementlar bilan 
kuchaytirganda dastlab g‘isht devorlar bir qavat balandligi darajasida yoki 
peremichkagacha terib chiqiladi, so‘ngra armaturali karkaslar, qoliplar 
o‘rnatiladi va devorlarning temirbeton o‘zaklari, devorlarning darchalari 
atrof-chekkalari betonlanadi, peremichikalar o‘rnatiladi va devorlarning 
ushbu qavati balandligiga yetkaziladi. Shundan so‘ng orayopma plitalar 
montaj qilinadi, seysmik belbog‘ armaturasi o‘rnatiladi va betonlanadi.
G‘isht devorlarni barpo qilish binoning butun balandligicha yetkazilib 
yopma plitalar o‘rnatilgandan so‘ng uning tomi quyidagi ketma-ketlikda 
23


quriladi: bug‘dan izolyatsiyalash qatlami, issiqlikdan izolyatsiyalash 
qatlamini yotqizish, sementli-qumli styajkani yotqizish, styajkani saqlab 
turish va namligi kerakli miqdorga yetguncha quritish, 
gidroizolyatsiyalovchi tom qoplamasi qatlamini qurish va uni mexanik 
shikastlanishdan himoyalash qatlamini yotqizish. 
G‘isht binoning barpo etilgan qutichasida elektromontaj va santexnika 
ishlari ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda elektr uzatuvchi 
simlar, issiq va sovuq suv, isitish sistemasi tarmoqlarining quvurlari 
o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda esa yoritish va sanitar-texnika asbob-
uskunalari o‘rnatiladi.
Pardozlash ishlari elektr uzatuvchi simlarni, quvurlarni, sanitar-texnika 
asbob-uskunalarni sinovdan o‘tkazgandan so‘ng bajariladi. Dastlab 
devorning deraza va eshik darchalariga eshik-romlar o‘rnatiladi. So‘ngra 
devorlar suvoqdan chiqariladi, qavatlararo orayopma plitalar yuzalari 
pardozlanadi va ularning choklari qorishma bilan to‘ldiriladi.
Suvoqchilik ishlari yakunlangandan so‘ng yog‘och pollar quriladi yoki 
linoleumli pollar ostiga asos yotqiziladi. 
Suvoq qatlami qotganidan so‘ng ularning yuzasi bo‘yash uchun 
tayyorlanadi. Bo‘yash uchun shuningdek yog‘och eshiklar va romlarning 
yuzalari ham tayyorlanadi. Тayyorlov ishlari yakunlanishi bilan dastlab 
shiftlar va devorlar suvli-emulsyali tarkiblar bilan, so‘ngra esa deraza 
romlari va eshiklarning yuzalari ham moyli emal bilan bo‘yaladi. Agar 
binoning pollari yog‘ochdan bo‘lsa, u holda ularning yuzasi bo‘yashga 
tayyorlanadi, so‘ngra esa moyli emal bilan bo‘yaladi. Agar binoning 
pollarini linoleumdan qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda uni bichib 
xonalarga to‘shaladi. Тo‘shalgan linoleumning choklari yelimlanadi, 
so‘ngra devorlarga plintuslar qoqish yo‘li bilan mahkamlanadi. Devorlarga 
qoqilgan plintuslar bo‘yaladi. 
Bino fasadlarini pardozlash ishlari suvoqchilik ishlarini, suv chetlatish 
quvurlari va tarnovlarni o‘rnatishni va devorlarni bo‘yashni o‘z ichiga 
oladi. Obodonlashtirish ishlari tarkibiga otmostka qurish, irrigatsion 
lotoklarni, bordyur toshlarini o‘rnatish, yo‘lovchilarning yurishi uchun 
yo‘laklar va avtomobillarning harakatlanishi uchun yo‘llarni qurish, 
yoritish tarmoqlari tayanchlari va yoritgichlarni o‘rnatish kiradi. 
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari daraxtlar, butalar, gullar ko‘chatlarini 
ekishdan iborat bo‘ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling