2-ma’ruza mavzu: shahar yo‘llarida harakatni jadalligi shahar yo‘llari va ko‘chalarida suv chetlatish sistemasi, suvni chetlatish tarmoq elementlari reja


Download 0.89 Mb.
bet1/7
Sana15.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1271717
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-маъруза


2-MA’RUZA
MAVZU: SHAHAR YO‘LLARIDA HARAKATNI JADALLIGI. SHAHAR YO‘LLARI VA KO‘CHALARIDA SUV CHETLATISH SISTEMASI, SUVNI CHETLATISH TARMOQ ELEMENTLARI
Reja:

1.Shahar ko‘chalari va yo‘llarida harakat jadalligi.


2.Harakatni boshqarishning texnik vositalari.
3.Harakatni tashkil qilishda svetoforlardan foydalanish.
4.Shaharda oqava suvlarni chetlatish va drenajlar haqida umumiy ma’lumotlar.
5.Shaharda suv chetlatish sistemasi, suvni chetlatish tarmoq elementlar va loyihalash bosqichlari. Kuzatish quduqlari va kameralar.
Tayanch so‘zlar iboralar: harakat jadalligi, tashish tirbandligi, yo‘lovchilar oqimi kartogrammasireaksiya vaqti, tormozlanish yo‘llari, chorrahalar, svetoforli boshqaruv, yashil chiroq davomiyligi, harakatlanish rejimlari.

Harakat jadalligi shahar ko‘cha va yo‘llarini loyhalashda muxim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.


Harakat jadalligini hisoblashda kelgusida tashish kutilayotgan yuklar va yo‘lovchilar miqdorlari asosiy omil bo‘lib xizmat kiladi. Tashishlar miqdori shaharni rivojlantirish rejasi va shahar harakatini o‘zgarishi bilan aniqlanadi.
Shahar bosh planining transportga tegishli qismi odatda ikki gurux ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
birinchisi – asosiy transport yo‘nalishlardagi yuk va passajirlar tashish tirbandligini aniqlash nazorat davridagi shahar ko‘cha va yo‘l tarmog‘ining holati;
ikkinchisi – shahardagi ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarning rivojlanishi va avtomobillar sonining oshishini inobatga olib kelajakda shahardagi harakatning va ko‘cha – yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi.
O‘rganish – aniqlash materiallari tarkibiga shaharning asosiy mos keladigan joylari orasidagi yo‘lovchilar va yuk oqimlarining kartogrammalari kiritiladi.

2.1 - rasm. Tumanlararo yo‘lovchilar oqimi odatiy kartogrammasi. Chiziqlardagi raqamlar - sutkadagi harakatlar (ko‘chishlar) (ming), aylanadagi raqamlar - rayon raqami va butun rayon uchun harakatlar (ko‘chishlar) soni (ming)
Aholining harakatini o‘rganishda ishchi – xizmatchilarining ish joylari va o‘quvchilarning o‘quv maskanlari ularning yashash joylariga nisbatan qaerda joylashganligi hamda ularning bu maskanlar orasidagi harakati va shaharning boshqaruv va madaniy – maishiy ob’ektlariga tashrif buyurishining kundalik sikllari aniqlanadi. Bunday o‘rganish – aniqlash ishlari odatda aholini ruyxatga olish vaqtida amalga oshiriladi, ba’zi hududlarda esa, pochta orqali jo‘natiluvchi anketalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday so‘rovlar natijasida tegishli joylar orasida yillik tashish xajmlari ko‘rsatilgan kartogramma tuziladi (2.1 – rasm).
O‘rganish–aniqlash jarayonida shahar transportining to‘xtash joylaridagi yo‘lovchilar aylanishi miqdorlari va yo‘lovchi transportining asosiy marshrutlaridagi yo‘lovchilar oqimi miqdorlari aniqlanadi. Bunday kuzatuvlar yengil va yuk avtomobillarini ham kamrab oladi. Shaxsiy yengil avtomobillar uchun ularni turli mavsumlarda maqsadli ishlashi, yuk avtomobillari uchun esa asosiy manzillar bo‘yicha yuklarni tashish yo‘nalishlari, tashish masofalari va yuk miqdorlari aniqlanadi (2.2 – rasm).


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling