2-ma’ruza mavzu: shahar yo‘llarida harakatni jadalligi shahar yo‘llari va ko‘chalarida suv chetlatish sistemasi, suvni chetlatish tarmoq elementlari reja
-rasm. Suv qabul qiluvchi yig‘ish (to‘plash) qudug‘i
Download 0.89 Mb.
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2.7-rasm. Suv qabul qiluvchi yig‘ish (to‘plash) qudug‘i
Aholi yashaydigan punktlarda suv chetlatishni loyihalashda birinchi navbatda asosiy suv oqizish magistrallarining yo‘nalishi, ularni pasaygan joylarini talveglar bilan qo‘shgan holda aniqlanadi. Yopiq suv novi magistrali, odatda, ko‘chalar yo‘nalishi bo‘yicha va qurilish chegaralariga parallel qilib joylashtiriladi, biroq shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda relef sharoitlariga qarab suv oqizish quvurlari kvartal (mavze) xududi orqali o‘tkazib yotqiziladi. Suv chetlatish quvurlari tutash xududlarda suvni bosh magistralga tashlashni hisobga olgan holda loyihalanadi. Suv latokda joylashtiriladigan suv qabul qilish quvurlaridan diametri 30...40 sm bo‘lgan suv oqizish quvurlariga tushadi. Grunt muzlaganida suv quvurlarda muzlab qolmasligi uchun quvurlarning yotqizilish chuqurligi gruntning muzlash chuqurligidan kam bo‘lmaydigan qilib belgilanadi, quvurlarning diametrlari 500 mm gacha bo‘lganida bu chuqurlikni 0,3 m gacha oshiriladi. +uvurlarning diametrlari katta bo‘lganida ularni muzlash chuqurligidan 0,5 m ga kamaytirilgan chuqurlikda yotqizishga ruxsat beriladi. Oqova suvlar tarmog‘ining elementlari, yomg‘ir suvlarini qabul qilish quduqlari orasidagi masofa va oqova suv quvurlari diametrlarining kesimi shahar sharoitlarida prof P.F. Gorbachev ishlab chiqqan va shahar oqova suvlari tarmog‘ini qabul qilish uchun qabul qilingan chegaraviy jadalliklar usuli bilan hisoblanadi. Latoklar, ariqlar va yo‘l quvurlarining kesimlari gidravlika formulalari bilan aniqlanadi. Chegaraviy jadalliklar usuli shundan iboratki, yomg‘irning hisobiy jadalligi yomg‘irning davomiyligiga mos holda qabul qilinadi, bu davomiylik suvning suv havzasining eng uzoq chegarasidan hisobiy kesimgacha oqib kelish vaqtiga tengdir. Yomg‘ir jadalligi [l/(s.ga)] bu yerda -izochiziqlar kartasi bo‘yicha aniqlanadigan daraja ko‘rsatkichi; - aholi yashaydigan ayni punkt uchun jala davomiyligi 20 min bo‘lganida jalaning 1 ga uchun l/s hisobidagi jadalligi va jala quyish ehtimoli yiliga 1 martadan ortganida izochiziqlar bo‘yicha aniqlanadi; izochiziqlar kartasi maxsus ma’lumotnoma adabiyotlarida beriladi; S-iqlimiy koeffitsient; - hisobiy jalaning takrorlanuvchanligi, yillar hisobida; -jalaning davomiyligi, min. Jala suvlari sarfi bu yerda -havzaning maydoni, ga; -yomg‘irning jadalligi, l/s; - isroflarni hisobga oluvchi oqim koeffitsienti. Hisobiy yomg‘ir davomiyligini «yetib kelish vaqti» ga teng qilib qabul qilinadi. Shahar sharoitlarida bu vaqt suvning hudud qiyaliklari bo‘yicha birinchi suv qabul qilish qudug‘igacha, so‘ngra yer osti quvurlari bo‘yicha oqish vaqtiga teng. Oqib tushish tezligi suv sarfiga bog‘liq, shuning uchun hisoblash masalasi ketma-ket yaqinlashish yo‘li bilan yechiladi. Sizot suvlari sathi baland turganida yo‘l poyi zahini qochirish va sizot suvlari sathini pasaytirish uchun shahar sharoitlarida drenajlar quriladi, ularning konstruksiyalari va hisoblash usullari shahar atrofi yo‘llarida qo‘llaniladiganlarga o‘xshash. Nazorat savollari: Shahar sharoitlarida suvlarni qanday chetlatish tarmoqlari mavjud?. Shahar ko‘chalaridagi ochiq suv tarmoqlari tizimini aytib bering. Ariq va latoklarning shahar ko‘chalarida joylashtirish me’yorini bilasizmi? Axoli yashaydigan punktlarda suvlar qanday chetlatiladi. Shahar ko‘chalaridagi ochiq suv tarmoqlarining qanday kamchiliklari mavjud? Shahar yer osti suv tarmoqlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling