Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash


Download 56.11 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi56.11 Kb.
#1077656
Bog'liq
5.Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash

Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.

225-guruh talabasi Yaqubova Sarvinoz


Psixologiya fanida harakat tushunchasi tashlil qilinganida u motor
(jismoniy) harakat, sensor (shissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi. Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan e'tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo’naltirilgan sa'i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi.
Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa'i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa’I harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi.
Patologik holatlardan
tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining
avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob'ektni almashtiradi.
Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni basholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning
tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil
topgandir:
Birinchidan, sa'i-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi. Bunda bir
qator sodda sa'i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba'zi sodda sa'i-harakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa'i-harakat o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 56.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling