Xususiyatlari va formasi haqida fikr yuritilgan
Download 252.97 Kb. Pdf ko'rish
|
o-xshatish-konstruksiyalarining-o-ziga-xos-xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
O‘XSHATISH KONSTRUKSIYALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Umarova Nargizaxon Rustamovna Mumtozbegim Karimjonova Anvarjon qizi mumtozbegim9722@gmail.com Farg‘ona davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘xshatish qurilmalarining semantik xususiyatlari va formasi haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Alisher Navoiyning g'azallari olingan bo‘lib, o‘xshatishli qurilmalarning struktural xususiyatlari xususida mulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar: O‘xshatishlar, obyekt, evristik vazifa, individual obraz, konstruksiyalar, bog‘lovchi vositalar, etalon, shakl, leksik vositalar, sintaktik vositalar. CHARACTERISTICS OF SIMILAR STRUCTURES Umarova Nargizaxon Rustamovna Mumtozbegim Karimjonova Anvarjon qizi mumtozbegim9722@gmail.com Fergana State University Abstract: This article discusses the semantic features and form of simulation devices. The object of research is the poems of Alisher Navoi, which comment on the structural features of similar devices. Keywords: analogies, object, heuristic task, individual image, constructions, connecting means, standard, form, lexical means, syntactic means. O‘xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o‘rinda ma’lum predmet bir predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatilishi mumkin. Prof. R.Qo‘ng‘urov o‘xshatish haqida o‘zining “O‘zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o‘xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo‘qotgandir. Bu tipdagi o‘xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak 1 . 1 Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент:Фан , 1977, 42-бет. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 347 http://oac.dsmi-qf.uz O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi 2 . Tilshunoslikda o‘xshatish munosabati sodda va qo‘shma gap doirasida tadqiq etib kelinadi. O‘xshatish sodda gaplarni falsafiy va nazariy nuqtai nazardan tadqiq etib chiqqan Nizomiddin Mahmudov: «... o‘xshatish sodda gaplarda hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita semantik propozitsiya ifodalangan bo‘ladi» 3 , - deb qayd etadi. O‘xshatishning sintaktik qurilishi haqida gap ketganda, eng avvalo uning to‘rt komponentli qurilma ekanligini unutmaslik kerak. M.Cheremisina tasnificha ular quyidagilardan tashkil topgan: 1) o‘xshatish subyekti; 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatish shakli 4 . M.Cheremisina tasnifiga qo‘shilgan holda N.Mahmudov o‘xshatishning to‘rt komponentini quyidagi formula asosida {A[(B) ]C} aks ettiradi. Uning A belgisi subyekt uchun, B belgisi etalon uchun, S belgisi o‘xshatish asosi uchun keltirilgan. belgisi o‘xshatish shaklini ifoda etadi. Bu modelga ko‘ra subyekt ega vazifasiga, etalon hol vazifasiga va o‘xshatish asosi kesim vazifasiga xoslangan bo‘ladi. O‘xshatish shakli hamma vaqt o‘xshatish etalonining morfologik shakli sifatida qayd etiladi. O‘xshatish komponentlarini ko‘rsatishda D.Xudoyberganova mazkur tasnifga qo‘shilgan holda N.Mahmudovning maqolasiga 5 havola beradi 6 . Mumtoz adabiyotda ham o‘xshatish (tashbih) komponentlari to‘rt qismdan tarkib topishi va tashbih to‘rt juzvli bo‘lsa, “tashbihi mufassal” deyilishi aytib o‘tilgan 7 . Yuqoridagi komponentlarni mumtoz adabiyotda qo‘llanuvchi istilohlar bilan muqoyasa qilishimiz mumkin : 1) mushabbih(o‘xshatilgan narsa) – o‘xshatish subyekti/ko’ngil; 2) mushabbihunbih (o‘xshayotgan narsa) – o‘xshatish etaloni/ari uyasi; 3) odati tashbih(o‘xshatish vositalari) – o‘xshatish shakli/kebi; 4) vajhi tashbih (o‘xshatish sababi) – o‘xshatish asosi/oshiq ko’ngilning Download 252.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling