Xususiyatlari va formasi haqida fikr yuritilgan
Download 252.97 Kb. Pdf ko'rish
|
o-xshatish-konstruksiyalarining-o-ziga-xos-xususiyatlari
hijrondan ilma teshikligi.
Shoir g‘azallaridan birida yor ishqi, hijron azobidan ilma-teshik bo‘lgan ko‘ngilni bir o‘rinda asal ari uyasining teshiklariga qiyos qiladi. Ko‘ngil teshiklaridagi asal yor labining xayoli tufaylidir deya qiyosni asoslaydi: Zanburning evi kebi ko‘nglum teshuk-teshuk, La’ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin (G‘S: № 469, 367-b.) 2 Қуронов Д,, Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. Т., 2010. 375-б. 3 Маҳмудов Н. Ўхшатиш содда гапларда семантик-синтактик асимметрия // Ж. Ўзбек тили ва адабиёти. –1986. - № 6. –Б. 30 4 Черемисина М. Сравнительные конструкции русского языка. Новосибирск, 1976. –С.17-18. 5 Маҳмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ўхшатишларнинг лингвопоэтикаси // Ж. Ўзбек тили ва адабиёти. 1983, №4. Б.48. 6 Худойберганова Д.С. Семантическийи стилистический анализ конструкцию подобления в узбекском языке: АКД. Тошкент, 1999. 7 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Т., 2002. 372-б. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 348 http://oac.dsmi-qf.uz Baytdan “Yorning lablari xayoli tufayli ilma-teshik ko‘nglim ari uyasidek bolga to‘ldi” mazmunidagi propozitsiya anglashilib turadi. Uning zamirida esa `Yorning lablari bol kabi shirin`ligi haqidagi presuppozitsiya si yashiringan. Ana shu presuppozitsiya o‘xshatish qurilmasining mantiqiy asosini tashkil etadi. Quyidagi baytda ham o‘xshatish subyekti uchun juda chiroyli etalonlar tanlangan: Yuzung o‘tig‘a tutun zulfi muanbarmu ekin? Otashin la’ling ul o‘t ichra axgarmu ekin? (G‘S: № 458, 359-b.) Shoir bu o‘rinda o‘xshatish qurilmasini ritorik so‘roq gap shaklida ifoda etadi. Bu xuddi ehtiyotkorona o‘xshatishga o‘xshaydi. Bayt mazmunidan “Qiyosda adashmadimmi?” degan presuppozitsiya anglashiladi. Yorning zulflari uchun tutun, otashin la’l(metafora) uchun axgar etalonlari tanlanar ekan, yor yuzi o‘t-otash bo‘lsa, albatta lablari cho‘g‘ga qiyoslanadi. SHu o‘rinda Navoiyga oxos topilma sifatida zulflarning tutunga qiyos etilishidir. Baytda qo‘llangan etalonlar – o‘t, tutun, cho‘g‘ leksemalari o‘zaro bir semantik uyani tashkil etadi. O‘xshatish qurilmasida -mu so‘roq yuklamasi o‘xshatish vositasi vazifasini bajarmoqda. Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldingi IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlarida o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan va o‘xshatishning muntazam to‘rt unsurdan tarkib topishi ta’kidlangan, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki sub’ekt, 2) unga o‘xshash bo‘luvchi narsa yoki ob’ekt, 3) o‘xshatish belgisi yoki o‘xshatish asosi va 4) o‘xshatishning formal ko‘rsatkichi. O‘zbek tilida ham, boshqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish sub’ekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi deb nomlashni ma’qul ko‘ramiz. “Aksariyat hollarda o‘xshatish turli grammatik vositalar: -dek/-day qo‘shimchasi yoki “go‘yo”, “kabi”, “xuddi”, “misli”, “misoli”, “yanglig‘”, “bamisoli” kabi ko‘makchilar vositasida amalga oshadi. Shu bilan birga o‘xshatish grammatik vositalarsiz amalga oshgan hollar ham tez-tez kuzatiladi.Ular quyidagilar: 1. Morfologik vositalar: -day (dek), -namo, -larcha, -simon, - dan (Tun oqshom bo‘ldi-yu kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim/G‘S) 2. Leksik vositalar: (Ne qavmog‘ki, uyg‘onmadi garchi tunlar, Tong otquncha itlar kebi nola qildim/G‘S) 3. Sintaktik vositalar: izohlovchi-izohlanmish munosabatli qurilma (O‘zi gavhar, to‘ni daryoyi ofat, Bo‘lub mavji balo ul to‘n uza chin/ G‘S; Ohu fig‘on chekma deb, og‘zimg‘a jono, muhr qo‘y, Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin/G‘S) "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 349 http://oac.dsmi-qf.uz Navoiy g‘azallarida o‘xshatish uch xil grammatik vosita yordamida shakllanadi va ularning o‘xshatish qurilmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari teng emas. Ana shu imkoniyatlariga ko‘ra o‘xshatish vositalarini darajalash maqsadga muvofiq. Bu o’rinda, shubhasiz, morfologik vositalar yondosh vositalarga qaraganda. Markazdan uzoqlasha borgan o‘xshatish vositalarining konstruksiyalarni shakllantirishdagi nufuzi ham pasayib boradi. Alisher Navoiy g‘azallarida o‘xshatishning alohida turi qo‘llanganki, mumtoz adabiyotimizda ilmiy manbalarda o‘xshatishning kengaytirilgan formasi 8 yoki laff va nashr 9 nomi bilan yuritiladi. Garchi u tashbeh tarkibida o‘rganilmasa-da, uning zamirida o‘xshatish yotadi, faqat ifoda usuliga ko‘ra o‘xshatishdan farqlanadi. O‘xshatishning bu usuli ko‘proq izohlovchi-izohlanmish shaklini eslatadi. O‘xshatish qurilmalarida uning komponentlari semantikasida gorizontal yo‘nalish, laff va nashrda esa vertikal yo‘nalish ifoda topadi. Ba’zan ular o‘rtasida deyarli tafovut sezilmaydi. Bu she’riy san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini keltirib, keyin ular haqidagi hukmni bayon qilishga asoslanadi. Bundan asosiy maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir. Ushbu san’atni o‘xshatishning kengaytirilgan yashirin formasi deyish mumkin. Navoiy she’riyatida o‘xshatishning bu turi keng qo‘llangan. Alisher Navoiy g’azallarida kengaytirilgan o‘xshatish subyektlari baytning birinchi misrasida, o‘xshatish etalonlari esa ikkinchi misrada keltiriladi. Quyidagi misolda shoir yorning xattu xolini va oshiq ko‘nglini dastlabki misrada sanab keltiradi, so‘ng keyingi misrada ularning har biri haqidagi hukmni bayon qiladi: Xattu xoli nuqtasi yuz choklik ko‘nglimdadur, Bir qafasda turfadur, vah-vah, ko‘ring to‘tiyu zog’ (G’S) Bu o‘rinda shoir xatni to‘tiga, xolni zog’ga, ko‘ngilni qafasga qiyoslaydi. Navoiy she’riyatida xat bilan bog’liq o‘xshatishlar juda ko‘p. Ularning hammasi ham betakror tashbehiy ifodalardir. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy ijodida o‘xshatishning kengaytirilgan, uyushgan formasi ham keng qo‘llangan. Mumtoz adabiyotda bu forma laff va nashr san’atiga teng keladi. Shoir g‘azallarda bu san’atning o’ziga xos namunalarini, xilma-xil ko‘rinishlarini yaratgan. Natijada, g’azallarning emotsional- ekspressiv xususiyatlari ta’minlangan. Download 252.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling