3-laboratoriya ishi Densitometr ед-120hd qurilmasida bosish jarayonini rang shkalasi bo’yicha nazorat qilish


Download 403.49 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi403.49 Kb.
#1455048
Bog'liq
3-lab (1)


3-laboratoriya ishi
Densitometr ЕД-120HD qurilmasida bosish jarayonini rang shkalasi bo’yicha nazorat qilish
Ishning mаqsаdi: Bosilgan mahsulotlarni densitometr qurilmasida sifat ko’rsatkichlarini o’rganish
Qurilmalar: Densitometr ЕД-120HD, bosma mahsulotlardan namunalar, bosma mahsulot nazorat shkalasidan namunalar.
Umumiy ma’lumotlar
Bosish jarayonini rang shkalasi bo’yicha nazorat qilish – bu nazorat elementlarining komplekti bo’lib, maydonchalar va test-ob’yektlari, bosish jarayoning alohida parametrlarini baholash va nazorat qilishda, tayyor mahsulotning sifati to’g’risida oxirgi xulosani beradi.
Bosish jarayonida turli ko’rinishdagi test-ob’yektlarining tizimidan foydalaniladi. Bu elementlar plashkalar ko’rinishida, shtrixli va boshqa geometrik shakllarda bo’lishi mumkin. Ushbu test-ob’yektlarni elementlari o’lchash va nazorat shkalalariga bo’linadi. Nazorat shkalalari bosish jarayonining sifatini buzilishini vizual nazorat qilish uchun xizmat qiladi, o’lchash – sifatni qurilmalar yordamida nazorat qilishda foydalaniladi, masalan densitometrlar.
Rasmda Rossiyaning matbaa sohasidagi ilmiy tadqiqot institutining shkalalari va test-ob’yektlarini strukturaviy sxemasi keltirilgan.

Rasm 3. Matbaada rang shkalasi

1-test-ob’yekt sariq, havorang, qirmizi va qora bo’yoqlarning rastr nuqtalarining kattalashuvini bildiradi. Bu test-ob’yektining ko’rinishi rastr elementlaridan tashkil topadi, tegishli maydoni 65% ga, rastr liniaturasi esa 30lin/sm ga teng. Test-ob’yektning orasida uch joylashgan, birinchi rastr elementining tegishli maydoni 60%, ikkinchisi 53%, uchinchisi 45%, rastr liniaturasi esa 70 lin/sm ga teng.


Birinchi qator eng kam rastr nuqtalarining kattalashuvi yoki fonning aralashuvuni bildiradi. Ikkinchi qator esa badiiy magsulot uchun qoniqarli sifat yoki fonning aralashuvini bildiradi (10% rastr nuqtalarining kattalashuvi). Agar 3 qator fon bilan aralshuvi – rastr nuqtalarining kattalashuvi 20% bo’lsa, qator ishlarning qoniqarli sifatga ega ekanligini bildiradi. Agar qator fondan qoraroq bo’lsa, rastr nuqtalarining kattalashuvi 20% bo’lib, xato hisoblanadi.
2 test-ob’yekt rastr nuqtalari elementlarini nusxadagi razmerlarini sifatini nazorat qilishda foydalaniladi. U ikki qatordan – yuqori va quyi qatorlardan iborat. Yuqori qatorning rastr nuqtalarining tegishli maydoni 2,8% ga, quyi qator esa – 5,4 % ga teng. Ikki qatorning liniaturasi bir xil 67lin/sm ni tashkil etadi. Agar nusxada yuqori qator rastr elementlari bosilgan bo’lsa, bosish jarayonining yuqori sifatga egaligini bildiradi. Agar rastr elementlari quyi qatorda bosilgan bo’lsa, u holda rang ko’rsatkichlarini qoniqarli ekanini bildiradi. Bu test-ob’yektining afzalligi rastr nuqtalarining parchalanishini ham nazorat qiladi. Rastr nuqtalarining parchalanishi uzun va siljigan ko’rinishni hosil qiladi.
3 test-ob’yekt radial halqalar ko’rinishga ega. Odatda bu test-ob’yekt bir hajmdagi 36 bosma yoki 36 oraliq sektorlardan tashkil topadi. Bu shkala rastr nuqtalarning kattalashuvining siljishi yoik surkalishi kabi defektlarni nazorat qilishda foydalaniladi. Agar rastr nuqtalari dumaloq dog’ hosil qilsa, bu rastr nuqtalarining kattalashuvini bildiradi. Agar bu dog’ellips shaklida bo’lsa, bo’yoqni bosish jarayonida surkalib ketish yoki chaplanish sodir bo’lganini anglatadi. Agar dog’ sakkiz ko’rinishda bo’lsa, u holda rastr nuqtalarini qo’shilib ketganligini bildiradi.
4 test-ob’yekt chiziqlar orasidagi doimiy kenglikdagi ikki halqasimon ko’rinishga ega bo’lib, rastr nuqtalarining siljishini nazorat qilishda foydalaniladi (ular orasidagi masofa - 20 mkm, ikkinchisi esa – 40 mkim). Agar doira atrofi bo’yoq bilan qoplanmagan bo’lsa, u holda siljish holati yo’q. Siljish vaqtida probellar orasi bo’yoq bilan qoplanadi. Siljish kattaligini (mkm da) mikroskop orqali ko’rish mumkin. Siljish vaqtida ravshanliklari turli hil bo’lgan sektorlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Sektorlarning yo’nalishi siljish yo’nalishlarini ko’rsatadi.
5-8 test-ob’yektlari o’zida bir bo’yoqli plashkani anglatadi, bu shkala bo’ylab bir tekisda joylashadi va qirmizi, havorang, sariq va qora bo’yoqlarga muvofiq uzatilishini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Nazorat vizual tarzda etalon bilan solishtiriladi yoki densitometr yordamida tekshiriladi.
9-11 test-ob’yekt esa bo’yoq bilan bo’yoqning ustma uat tushganligini, bir maydonda ustma ust tushirilgan bo’yoqni nazorat qilishda foydalaniladi. Bir bo’yoqni ikkinchi bo’yoq ustiga bir tekis tushganligini baholash bo’yoq tushirilgan maydon nazorat qilinadi.
Bosish jarayonining sifatini baholash uchun havorang, qirmizi va sariq bo’yoqlarning bir biriga aniq nisbat uzatilishini balans holga keltirish lozim. Bu nisbat – “kulrang bo’yicha” baholanadi va nazorat shkalasini maxsus qatorida ifodalanadi.
Ular uch xil bo’yoq asosida tasvirlanadi(havorang, qirmizi va sariq).
12 test-ob’yekt o’rta tondagi tasvirning “kulrang bo’yicha” rang nazoratini aniqlashda foydalaniladi, rastr elementlarining hajm o’zgarishlarini ularga tegishli maydonlarda 50% ga teng aniqlash imkonini beradi. Bu test-ob’yekt o’zida uch rastr qatorini mujassamlashtiradi, sariq (Stegishli=45%), qirmizi (Stegishli=41%), havorang (Stegishli=50%). U huddi neytral kulrang qabul qilinadi.
13 test-ob’yekt bo’yoqni ustma-ust tushirilishida uchinchi bo’yoqni tushushini nazorat qilishda foydalaniladi. Bu element qora sifatida qabul qilinishi kerak.
14 test-ob’yekt, to'rtinchi bo'yoqning soyada uch bo’yoqli rastr maydoniga o'tishini boshqarish uchun zarur va bu rastr maydoni Stegishli=70% va liniaturasi 60lin/sm ga teng. Yuqori darajadagi qora sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari bo’yoqni (отмарывания) darajasini nazorat qiladi.
15 test-ob’yekt kesishganlik belgisi bilan ifodalanadi, ko’p bo’yoqli bosishda bo’yoqlarning ustma ust tushishi aniqligini va muvozanatini nazorat qiladi. Bunday belgilar har qanday qolipda keltiriladi. Bu belgi barcha bo’yoqlarning yetarli darajada ustma ust tushirilganini anglatadi.
Test-ob’yektlarning nomlanishini jadvalda keltiring



Ko’rsatkichlar

Matbaadagi shkalalar

Rastr nuqtalarining kattalashuvi




Mayda detallarning belgilanishi




Surkalish




Bo’yoqning o’tishi




“Kulrang bo’yicha” balans




Konturlarning aniqligi




Bo’yoq balansi – yumshatuvchi eritma




Qo’shilib ketishi




Bosma mahsulotning umumiy baholash





Nazorat savollari

  1. “Bosilgan tasvirning sifati” deganda nimani tushunasiz?

  2. Bosish jarayonida qanday defektlar yuzaga kelishi mumkin?

  3. Rastr nuqtalarining kattalashuvi deganda nimani tushunasiz?

  4. Optik zichlik qanday baholanadi?

Download 403.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling