Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
Uy-joy va fuqaro binolarining yer osti qismini barpo qilishda 
umumqurilish va maxsus ishlarning tarkibi deyarli bir xil, shuning uchun 
faqat yaxlit quyma temirbeton binoning yer usti qismini barpo qilish 
texnologiyasini va jarayonlarning tarkibini ko‘rib chiqamiz.
Yaxlit quyma binolarning qutichasini barpo qilish bo‘yicha jarayonlar 
tarkibi quyidagicha: qoliplarni tayyorlash, montaj va demontaj qilish, 
konstruksiyalarni armaturalash, betonlash, yig‘ma temirbeton elementlarini 
montaj qilish. 
Blokli-shchitli qolipning konstruktiv yechimi ko‘p qavatli jamoat va uy-
joy binolarini to‘la yaxlit quyma variantda va yig‘ma-yaxlit quyma 
variantda barpo qilish imkonini beradi. 
Binolarni blokli-shchitli qolip yordamida barpo qilish texnologiyasini 
ko‘rib chiqamiz. 
Blokli-shchitli qoliplarning komplekti quyidagi qismlardan iborat 
bo‘ladi: tashqi va ichki panellar, yon tomon va burchak shchitlari, bo‘shliq 
hosil qiluvchi qoldirmalar, mahkamlab bog‘lovchi detallar. Qolipning 
barcha tashqi panellari to‘siqli ishchi maydonchasiga ega. Qoliplar 
elementlarini tozalash va moylash bo‘yicha ishlar va, umuman olganda, 
ularni ishga tayyorlash − omborxona sifatida ularni saqlashga 
mo‘ljallangan maxsus maydonlarda amalga oshiriladi. 
Pardevor va ichki devor panellarini qurishda blokli-shchitli qolipning 
panellari tirgovuchlar yordamida o‘rnatiladi, qarama-qarshi joylashgan 
panellar esa tortqilar yordamida o‘zaro birlashtiriladi. Dastlab qolipning 
bloklari o‘rnatiladi, so‘ngra panellar va ayrim shchitlar montaj qilinadi. 
Lift shaxtasining qoliplarini montaj qilish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi. Dastlab lift shaxtasi va zinapoya qafasi bloklari montaj qilinadi, 
so‘ngra esa panellar va shchitlar o‘rnatiladi. Lift shaxtasi qolipining bloki 
qayriladigan kronshteynlarga va betondan quyilgan devorlarida 
tuynuklarga ega bo‘lgan tayanch-tublikka o‘rnatiladi. Deraza darchalari 
uchun bo‘shliq hosil qilgichlar qolipning tashqi panellariga loyiha 
chizmalarga muvofiq ravishda o‘rnatib chiqiladi. Birlashtiruvchi 
tutashmalar choklaridagi tirqishlar 2 mm dan oshmasligi lozim. Qolipning 
tutashma choklari zichligini ta’minlash uchun panellari va shchitlarining 
31


pastki perimetri bo‘yicha diametri 40 mm li mikrog‘ovakli rezinadan iborat 
jgut qo‘yiladi. 
Yaxlit quyma konstruksiyalarni armaturalashda sterjenlarni bir-biriga 
ulash to‘qima usulda amalga oshiriladi, chunki elektr yoyli 
payvandlashdan foydalanilganda erigan metall tomchilari va uchqunlari 
qolip shchitlarining moy surtmasini kuydirib yuboradi, bu esa o‘z 
navbatida beton sirtlarining sifatini pasayishiga olib keladi. 
Yengil beton qorishmasini tayyorlash markazlashgan ravishda yoki 
bevosita qurilish ob’ektida amalga oshirilishi mumkin. Beton qorishmasi 
markazlashgan ravishda tayyorlanganda uni ob’ektga tashib keltirish 
tashish masofasiga qarab, oddiy avtosomasvallar yoki maxsus 
avtobetonqorishtirgichlar yordamida amalga oshiriladi.
Konstruksiyalarni betonlash zaxvatkadagi barcha qolip elementlarini 
montaj qilish, armatura va qistirma detallarni o‘rnatish to‘liq 
yakunlangandan so‘ng bajariladi. Beton qorishmasini qayriluvchi 
badyalarda betonlash joyigacha uzatish minorali kran yordamida amalga 
oshiriladi. Devorlarni betonlashda beton qorishmasi qolipga uzluksiz 
ravishda qalinligi 50 sm dan ortiq bo‘lmagan gorizontal qatlamlar 
ko‘rinishida yotqiziladi. Har bir qatlam oldingi qatlam qotib qolmasidan 
yotqiziladi va chuqurlikka oid vibratorlar yordamida yaxshilab zichlanadi. 
Beton qorishmasini erkin tashlash balandligi 3 m dan ortiq bo‘lmasligi 
lozim. Betonlash jarayonida kanal hosil qilgichlarni va elektr simlarini 
tortish uchun mo‘ljallangan qoldirmalarni o‘rnatib borish lozim. Beton 
qorishmasini tuynuk hosil qilgichlarning ostida zichlash uchun qolipning 
yuqori va pastki devorlarida vibratorlarni kiritish uchun teshiklar ko‘zda 
tutilgan bo‘ladi.
Qolipni demontaj qilish beton 1 MPa dan kam bo‘lmagan qolipdan 
yechish mustaxkamligiga erishgandan so‘ng amalga oshiriladi. Qolipning 
demontaj qilingan elementlarini tozalash va moylash uchun maxsus ombor 
maydonchasiga tushiriladi. Qolipni demontaj qilish tartibi quyidagicha: 
dastlab qolipning barcha tashqi va ichki panellari, chekka va burchak 
shchitlari, so‘ngra qolipning bloklari demontaj qilinadi. Qolipni demontaj 
qilganda shchitlarni ajratib olish uchun maxsus qurilmalar ishlatiladi: 
ponalar, strubsinalar, mexanik domkratlar va boshqa moslamalar. 
Orayopmalarning qolipi konstruktiv jihatdan tavaqali bloklar 
ko‘rinishida bajariladi. Sharnirlarning mavjudligi qolipdan yechish vaqtida 
shchitlarni taxlash imkoniyatini beradi. Orayopmalar qolipini montaj qilish 
tayanch tavaqalarini yoki teleskopsimon ustunlarni o‘rnatishdan 
boshlanadi. Dastlab to‘rtta ustunli so‘ngra esa ikkita ustunli tavaqalar 
o‘rnatiladi. Vintlar yordamida tayanch tavaqalari orayopma qolipi tagining 
32


otmetkasi bo‘yicha tekislanadi, so‘ngra qolip blokining o‘zi o‘rnatiladi. 
Devorlar o‘rtasidagi tirqishlarni yo‘qotish maqsadida blokning parametri 
bo‘yicha astbestofanerali listlar o‘rnatiladi. Shundan keyingina 
orayopmalarni armaturalash va betonlash ishlari bajariladi. Orayopma 
qolipining bloklarini demontaj qilish beton o‘z mustahkamligining 70% iga 
erishganidan keyin va mazkur yacheykadagi devorning qolipi to‘liq 
yechilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Qolip tavaqalarini bir tekisda 
pastga tushirish uchun dastaki chig‘irlar va saqlab qoluvchi ustunlardan 
foydalaniladi. Тaxlangan blokni montaj qilish tuynugi orqali chiqarib 
olinadi va tayyorlash zonasiga uzatiladi. U yerda qolip ishchi holatga 
keltiriladi va binoni barpo etish to‘liq nihoyasiga yetguncha ushbu jarayon 
binoning har bir qavatida davriy ravishda takrorlanadi. 
Binoda betonlash jarayoni bilan bir vaqtning o‘zida zinalar, 
ayvonlarning elementlarini montaj qilish amalga oshiriladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling