Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish Ko‘p qavatli yaxlit quyma binolar sirpanuvchi qolipda barpo qilinganda qurilish maydonini tashkillashtirish vaqtida quyidagi masalalar hal qilinadi: minorali kran va betonni qorishtirish tugunini joylashtirish, armatura, yig‘ma temirbeton konsruksiyalar, tom qoplamasi ashyolari va boshqa qurilish materiallarini saqlash uchun omborxonalarni tashkil qilish; vaqtinchalik yo‘llarni qurish va muxandislik komunikatsiyalarini o‘tqazish, qurilishdagi ishchi xodimlar uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik maishiy va ma’muriy binolarni joylashtirish. Sirpanuvchi qolipda yaxlit quyma binolarni barpo qilish − kompleks jarayon bo‘lib, u quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyalarni armaturalash, domkrat sterjenlarini ulab uzaytirish, deraza va eshik bloklarining o‘rnatma detallarni yoki ichqo‘ymalarini o‘rnatish, maxsus plitalarni qurish, beton qorishmasini yotqizish, betonni parvarish qilish va boshqa ishlar. Sanab o‘tilgan ishlar vaqt bo‘yicha o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim. Хususan, devorlarni armaturalash beton qorishmasini yotqizishdan na ilgarilab ketmasligi, na orqada qolib ketmasligi lozim. Domkrat sterjenlari sirpanuvchi qolip ko‘tarilgani sari ulab uzaytirilishi lozim. Darchalar hosil qilish uchun ichqo‘ymalar armaturali karkaslarni montaj qilishdan oldin o‘rnatilishi lozim. Sirpanuvchi qolipda yaxlit quyma binolarni barpo qilish oqimli usulida olib boriladi. Buning uchun bino zaxvatkalarga bo‘linadi va har bir zaxvatkada faqat ma’lum bir texnologik jarayonning bajarilishi tashkil qilinadi. Har bir ishning turi − ixtisoslashgan zveno, jarayon esa − kompleks brigada tomonidan bajariladi. Bunda ishlarni bajarishning texnologiyaga oid ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinadi. Beton qorishmasini yotqizish va zichlash yetakchi jarayon bo‘lgani uchun, qabul qilingan betonlash tezligiga boshqa barcha jarayonlarning sur’ati moslashtiriladi. Ishchilar zvenosi bir zaxvatkada ishlarini bajarib bo‘lgan dan so‘ng boshqa zaxvatkaga o‘tadilar va shu bilan birga boshqa zvenolar uchun ish frontini ochib beradilar. Yaxlit quyma binoni barpo qilishda mexanizatsiyalash vositalarining holatiga 34 alohida e’tibor beriladi, chunki biron bir mexanizmning ishdan chiqishi butun oqim ritmining buzilib ketishiga olib keladi. Binoning devorlarini sirpanuvchi qolipda barpo qilganda betonlash ishlarini boshlashdan oldin kerakli materiallarning (armatura sterjenlari, qoldirma detallar, issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar, domkrat sterjenlari va boshqalarning) zaxirasi, materiallar va yarim tayyor maxsulotlarni tashishi uchun mexanizatsiyalash vositalari tayyorlab qo‘yiladi. Ob’ekt elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlanadi, payvandlash uskunalari, beton qorishmasini gorizontal yo‘nalishda ko‘chirish vositalari sinovdan o‘tkazilib tekshirib ko‘rinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling