Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi 
Bir qavatli sanoat binosini barpo qilishda quyidagi ishlar bajariladi: 
tayyorlov va yer ishlari, poydevorlarni qurish, kotlovanni qayta ko‘mish, 
gruntni zichlash, yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini montaj qilish, tom 
qoplamasini qurish, asbob-uskunalar ostiga poydevor qurish, pollarni 
qurish, maxsus ishlar, bino ichkarisi va fasad tomonini pardozlash, hududni 
obodonlashtirish. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini montaj qilish jarayoniga batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz. Yig‘ma temirbeton elementlar (yopmaning 
elementlaridan tashqari) alohida montaj qilish usulida amalga oshiriladi. 
Yig‘ma poydevor bloklarini o‘rnatish ularning o‘qlari holatini va poydevor 
osti beton to‘shamasining vertikal otmetikalarining to‘g‘riligini asboblarda 
tekshirib ko‘rilganidan so‘ng bo‘shlanadi. Poydevor bloklarini o‘rnatish 
aniqligini turli shablonlar yordamida tekshiriladi. Poydevor bloklari 
o‘rnatilib bo‘lingandan so‘ng ularning holati o‘qlar va otmetkalari bo‘yicha 
asboblar yordamida tekshiriladi va barcha talablarga javob bergan 
taqdirdagina karkasni montaj qilish uchun topshirish dalolatnomasi 
tuziladi. 
Bir qavatli sanoat binolarining yer usti qismini montaj qilish ustunlarni 
o‘rnatishdan boshlanadi. Ustunlarni vaqtinchalik mahkamlash maxsus 
asboblar − konduktorlar yordamida, holatining to‘g‘riligini baholash esa − 
ko‘zda chamalab amalga oshiriladi. 
Montaj qilishni boshlashdan oldin barcha ustunlar o‘rnatilish joyining 
bevosita oldidagi ochiq maydonga taxlab chiqiladi. Qulochlarining 
46


o‘lchami nisbatan katta bo‘lmagan binolarda montaj krani odatda bino 
qulochining o‘rtasi bo‘yicha harakatlanadi va bitta turish joyidan ushbu 
qulochning 2 ta dan 3 ta gacha ustunini montaj qiladi. Qulochlarining 
o‘lchamlari katta bo‘lgan binolarda esa montaj krani ustunlarning qatori 
bo‘ylab harakatlanadi va bitta to‘xtash joyidan turib ushbu qulochning 1 
tadan 4 ta gacha ustunini montaj qiladi. Bino konstruksiyalarini montaj 
qilish jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida zaxvatkalarning 
o‘lchamlarini shunday mo‘ljaldan kelib chiqib belgilash lozimki, binoning 
boshqa yig‘ma elementlarini montaj qilish boshlangunga qadar 
ustunlarning poydevorlar bilan choklaridagi beton kamida 70% li loyihaviy 
mustahkamligiga erishgan bo‘lsin. Buning uchun qotish jarayonini 
tezlashtiruvchi qo‘shimchali yoki tezqotuvchi sement asosoidagi beton 
qorishmalarini ishlatish tavsiya etiladi. 
Ustunlarni o‘rnatgandan so‘ng ketma-ket poydevor va kran osti 
to‘sinlari montaj qilinadi. Poydevor to‘sini o‘rnatilgandan va uning to‘g‘ri 
o‘rnatilganligi tekshirilgandan so‘ng to‘sin va poydevor bloki qoldirma 
detallarining elektr payvandlanishi amalga oshiriladi. Kran osti to‘sinlarini 
montaj qilganda kran osti to‘sinining o‘qi va kranosti yo‘lining relsi 
kallachasining o‘qi o‘zaro mos kelishi aniqligiga alohida e’tibor beriladi. 
Yopma elementlarni montaj qilish aralash usulda amalga oshiriladi. 
Dastlab fermalar ketma-ket o‘rnatiladi. Fermalarni chayqalishdan saqlash 
uchun ularni ko‘tarish va tayanchlarga mo‘ljallashda pastki belbog‘ 
elementlari chekkalariga ikkita egiluvchan tortqi mahkamlanadi. 
O‘rnatilgandan so‘ng fermalar to‘g‘rilanadi va elektr payvandlash yo‘li 
bilan birinchisi − tayanchlaga, ikkinchisi − rasporkalar yordamida 
birinchisiga mahkamlab qo‘yiladi. Navbatdagi fermalarni o‘rnatishda ham 
ular rasporkalar yordamida mahkamlandi, shundan so‘ng ko‘tarish 
moslamalari yechib olinadi. 
Ikkita ferma o‘rnatilgandan so‘ng ularning ustiga yopma plitalar 
yotqiziladi. Bunda fermaning bir tekisda yuklanishini ta’minlash uchun 
yopma plitalar uning eng yuqori qismidan galma-gal tartibda bir chapga va 
bir o‘ngga yotqizib boriladi. Yopma plitalar yotqizilgandan so‘ng ularning 
va fermalarning qoldirma detallari bir biriga payvandlanadi. Yopma 
plitalar yotqizilgan sari fermalar o‘rtasiga o‘rnatilgan rasporkalar yechib 
boriladi. So‘ngra navbatdagi bitta ferma va keyingi yopma plitalar montaj 
qilinadi. Shu tartibda bino karkasining qolgan yopma elementlari ham 
montaj qilinadi. 
Yopma plitalarni bitta zaxvatka miqyosida o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng 
ularning choklariga sementli-qumli qorishma to‘ldiriladi.
47


Devor panellarini montaj qilish alohida oqim bo‘yicha binoning yuk 
ko‘taruvchi elementlarini montaj qilish butunlay yoki bitta zaxvatka 
miqyosida yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Devor panellari ikkita 
ustunlar oralig‘iga ularning butun balandligi bo‘yicha pastdan boshlab 
o‘rnatiladi. Yuqorida joylashgan devor panellarini o‘rnatishda 
narvonlardan yoki teleskopsimon vishkalardan foydalaniladi. Devor 
panellarini mahkamlash devor panellari va ustunlarining qoldirma 
detallarini o‘zaro elektr payvandlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. So‘ngra 
o‘rnatilgan devor panellarining bo‘ylama va ko‘ndalang choklari sement 
qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Bunda o‘zi kengayuvchi va zo‘riquvchi 
sementli bog‘lovchilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Binoning devor panellarini o‘rnatish bilan bir qatorda yiriklashtirilgan 
bloklar ko‘rinishidagi tasmasimon metall deraza romlarini montaj qilish 
ham amalga oshiriladi.
Binoning yig‘ma temirbeton elementlarini montaj qilish 
yakunlanganidan so‘ng o‘rama ashyoli tom qoplamasini qurishga 
kirishiladi, binoning ichkarisida esa ustunlar ostiga poydevor qurish, 
mahsus ishlar, beton pollarni qurish, pardozlash ishlari, texnologik asbob-
uskunalarni montaj qilish ishlari bajariladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling