Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Yirik panelli binolarni barpo qilish texnologiyasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karkassiz binolarni montaj qilish
Yirik panelli binolarni barpo qilish texnologiyasi Yirik panelli binolarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi quyidagicha: tayyorlov ishlari, binoning yer osti qismini barpo qilish, yer usti qismining yig‘ma temir-beton elementlarini montaj qilish, tom qoplamasini qurish, elektr-montaj, santexnika, pardozlash ishlari, obodonlashtirish, territoriyani ko‘kalamzorlashtirish. Binolarni montaj qilish texnologiyasi ularning qurilish-konstruktiv hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 41 Karkassiz binolarni montaj qilish. Bunday binolarni montaj qilishning bir necha usullari mavjud: 1) кarkassiz binolarni montaj qilish zina qafasi elementlarini o‘rnatishdan boshlanadi, so‘ngra esa tashqi va ichki devor panellari va pardevorlar o‘rnatiladi. 2) кarkassiz binolarni montaj qilish seksiyalararo ko‘ndalang devorlarning ikkita sidirg‘a panellarini va ichki bo‘ylama devorning bitta panelini o‘rnatishdan boshlanadi. Тutashtiriluvchi elementlarni to‘g‘rilash va yakunlovchi mahkamlanishidan so‘ng bikir geometrik tizim hosil bo‘ladi va u boshqa barcha devor panellari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik montaj qilishni seksiyama-seksiya yopiq katakchalar hosil qilish tartibida olib boriladi. Bunda har bir katakcha o‘z ichiga quyidagi panellarni olgan bo‘ladi: ko‘ndalang ichki devorlarning qadam oralab o‘rnatilgan ikkita panelini, ichki bo‘ylama devorning bitta panelini va tashqi devorlarning tutashgan ikkita panelini. Zina qafaslarining yig‘ma elementlari ichki va tashqi devor panellari va pardevorlar bilan bir vaqtda o‘rnatiladi. So‘ngra temirbeton orayopma plitalar o‘rnatiladi. Binoning birlashtirilgan tomini montaj qilishda dastlab eng yuqori qavati ustidagi yopma plitalar yotqiziladi va karnizning plitalari o‘rnatiladi. So‘ngra elementlarning qistirma detallari to‘g‘rilanadi va payvandlanadi, issiqlikdan izolyatsiyalovchi qatlam va sementli-qumli qorishmadan tekislovchi qatlamni qurish amalga oshiriladi. Barcha muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilib, ventilatsiyaga oid shaxtalar va havo so‘rgichlar montaj qilib bo‘lingandan so‘ng o‘ramli ashyolardan tom qoplamasini yotqizishga kirishiladi. Montaj qilinuvchi elementlarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘rilashni bikir sharnirli bog‘lovchilar, bikir tirgovuchlar, tashqi va ichki burchakbop strubsinalar yordamida amalga oshiriladi. Bino elementlarini montaj qilishning maqsadga muvofiq bo‘lgan ketma- ketligi quyidagicha: dastlab montaj kranidan eng uzoq joylashgan devorning panellari, so‘ngra ichki devor panellari va nihoyat montaj kraniga eng yaqin tashqi devorlarning panellari o‘rnatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, montaj qilish jarayoni «kranga qarab» yo‘nalishi da amalga oshiriladi. Binoning orayopma plitalari ham shunday usulda montaj qilinadi. Тo‘la karkasli bo‘lmagan binolarni montaj qilishda dastlab zina qafasi atrofida joylashgan tashqi devor panellari o‘rnatiladi, so‘ngra panellar yopiq konturli katakcha tamoyiliga asosan montaj qilinadi. Ichki ustunlar yopiq konturli katakcha hosil qiluvchi bo‘ylama tashqi devor panellari montaj qilingandan so‘ng o‘rnatiladi. So‘ngra ustunlarga 42 tutashuvchi ichki devor panellari o‘rnatiladi. Orayopma plitalar binoning barcha vertikal yo‘nalgan elementlari va to‘sinlari, hamda sanitar-texnika kabinalari montaj qilingan sari o‘rnatilib boradi. Karkasli-panelli binolarni montaj qilish ustunlar va rigellarni o‘rnatishdan boshlanadi. Ularni montaj qilgandan so‘ng ichki devor panellari, zinalar elementlari, pardevorlar, sanitar-texnika kabinalari va tashqi devor panellarini o‘rnatishga o‘tiladi. Oxirgi navbatda orayopma plitalar yotqiziladi. Yirik panelli binolarning konstruktiv yechimidan qat’iy nazar barcha vertikal elementlari montaj qilish vaqtida oldindan to‘g‘rilanadi va vaqtinchalik mahkamlanadi. Bitta zaxvatka doirasida barcha elementlar oxirgi marta to‘g‘rilangandan so‘ng qistirma detallarni payvandlash, qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash, tutashma va choklarni zichlash va qorishma bilan to‘ldirish ishlari amalga oshiriladi. Korroziyaga qarshi himoyalash ishlari yuzalarga lok-bo‘yoqli tarkiblarni surtish, metallga oid va boshqa qoplamalar bilan qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Choklarni zichlash g‘ovak tasmalar va mahsus mastikalardan foydalanib bajariladi. Тashqi devorlarni montaj qilish bilan bir vaqtning o‘zida choklarni zichlash ishlarini bajarishda ilgari o‘rnatilgan devor panellarining chekkalari iflosliklardan tozalanadi va yelimlovchi mastika bilan gruntovka qilinadi. So‘ngra tagqistirmani yelimlab yopishtirib sirti yelimlovchi mastika bilan qoplanadi. Choklarni to‘ldirish − eng murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Bunda tashqi devor panellari o‘rtasidagi chokning ichki bo‘shlig‘i zichlovchi ichquyma bilan to‘ldiriladi, tashqi va ichki devor panellari o‘rtasidagi choklar esa qurilish qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling