Nazorat savollari
1. Yengillashtirilgan metall konstruksiyalarni qo‘llashning
afzalliklari
nimalardan iborat?
2. Fazoviy konstruksiyalarning turlari va ularning tavsiflari.
3. Strukturali yopmalarning vazifalari va amalda qo‘llash sohalari.
4. «Berlin» turiga mansub strukturali yopmalarni
montaj qilish
texnologiyasi.
5. «Kislovodsk» turiga mansub strukturali yopmalarni montaj qilish
texnologiyasi.
6. Strukturali yopmalar qo‘llangan bir qavatli
sanoat binolarini barpo
qilishda qurilish maydonini tashkil qilish.
13. Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo etish texnologiyasi. Ko‘p
qavatli to‘la yig‘ma binolarning qurilish-konstruktiv xususiyatlari.
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish. Ko‘p qavatli
to‘la yig‘ma binolarni barpo etishda qurilish jarayonlarining tarkibiy
texnologiyasi
Binolarning qurilish-konstruktiv xususiyatlari
Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolar konstruktiv yechimi jihatidan, odatda,
karkasli binolar bo‘ladi. Ular vazifasiga ko‘ra uy-joy, jamoat, ma’muriy va
sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan binolar bo‘lishi mumkin.
Ustunlari ostiga o‘rnatiluvchi
poydevorlari − stakansimon tipda bo‘lib
yaxlit quyma temirbetondan bajarilgan.
Ustunlari, poydevor to‘sinlari,
regellari, orayopma plitalari − yig‘ma temirbetondan (balandligi
yuqori
bo‘lgan binolardan tashqari),
devor panellari – keramzitobetondan,
pardevorlari − g‘ishtli, blokli va yirik o‘lchamli panellardan bo‘lishi
mumkin, bikirlik diafragmalari –
temirbetondan. Тom qoplamasi – yassi,
o‘ramli ashyolardan.
Ichki pardozlanishi − g‘isht pardevorlari
suvoqlanadi, yig‘ma temirbeton konstruksiyalarining
yuzalari suvli va
suvsiz tarkiblar bilan bo‘yash uchun tayyorlanadi.
Pollari – binoning va
alohida xonadonlarning vazifasiga ko‘ra turlicha k
o‘rinishda bo‘lishi
mumkin.
Тashqi pardozlanishi – devor panellarining choklari va
tutashmalari
sementli qorishma bilan to‘ldiriladi,
yuzalar fasadga oid
tarkiblar bilan bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: