Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Qurilish maydonini, ishlari va mehnatni tashkil qilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Qurilish maydonini, ishlari va mehnatni tashkil qilish 
Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma binolarni barpo etish minorali kranlar 
yordamida bajariladi. Shuning uchun qurilish maydonini tashkillashtirishda 
54


minorali kranlarning soni va joylashuvi binoning tarhdagi shakliga va 
o‘lchamlariga, hamda ob’ekt qurilishining muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Binoning kengligi minorali kranni bir tomonlama o‘rnatish imkonini 
berganida, uni odatda binoning hovli fasadi tomonidan joylashtiriladi. 
Qurilish maydonini tashkil qilish bo‘yicha masalalarni xal qilganda 
binoni barpo etish jarayonini alohida davrlarga ajratish lozim. Agar 
binoning yer osti qismi murakkab bo‘lsa yoki binoning bir necha texnik 
qavatlari mavjud bo‘lsa  u holda binoning yer osti qismini barpo etish 
davri uchun qurilish maydonini tashkil qilish loyihasi (QIТL) ishlab 
chiqiladi. Bunday hollarda minorali kran binoning yer osti qismini barpo 
etish boshlanmasidan oldin o‘rnatiladi. Agar binoning yer osti qismi faqat 
poydevor bloklaridan iborat bo‘lsa, u holda ularni o‘rnatish uchun alohida 
strelali kran qabul qilinadi. 
Poydevorlar barpo qilingan, kotlovanning bo‘shliqlari qayta ko‘milgan 
va grunt zichlanib maydon tekislangandan so‘ng binoning yer usti qismini 
qurish uchun kran osti (relsli) temir yo‘llari yotqiziladi va minorali kran 
o‘rnatiladi. 
Minorali kranga yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining simlari tortib 
keltiriladi, bundan tashqari qurilish maydonini vaqtinchalik suv bilan 
ta’minlovchi quvurlar yotqiziladi. Vaqtinchalik avtomobil yo‘llari 
halqasimon qilib quriladi va ular kranosti temir yo‘llari bo‘ylab 
kengaytiriladi. Minorali kran strelasining harakatlanish radiusi chegarasida 
yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va boshqa qurilish materiallari va 
buyumlarini saqlash uchun ochiq ombor maydonlari joylashtiriladi. Agar 
qurilish ishlarini bajarish loyihasida (QIBLda) ikki yoki uch qavatli 
qirqimiga ega ustunlarni montaj qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 
qurilish maydonining o‘zida ustunlarni yiriklashtirma yig‘ish uchun 
maxsus stendlar tashkil qilinadi. Ob’ekt uchun ishlab chiqilgan qurilish 
bosh tarhiga muvofiq qurilish maydonida shuningdek vaqtinchalik maishiy 
va ma’muriy maqsadlardagi vaqtinchalik bino va inshootlar joylashtiriladi. 
Тom qoplamasini qurish ishlarining hajmi juda katta bo‘lgan taqdirda
ularni bajarish davri uchun ham alohida qurilish maydonini 
tashkillashtirish masalalari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari sanoat 
binolarini barpo etishda texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish davri 
uchun ham alohida qurilish maydonini tashkillashtirish masalalari ishlab 
chiqilishi mumkin. 
Ko‘p qavatli to‘la yig‘ma bo‘lgan binolar oqimli usulida barpo etiladi. 
Bunda binoni zaxvatkalarga ajratish quyidagi tamoyillarga asosan amalga 
oshiriladi: zaxvatkalarning chegaralari gorizontal yo‘nalishda binoning 
shakli va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda, vertikal yo‘nalishda esa  
55


ustunlarining necha qavatli qirqimga ega ekanligiga bog‘liq ravishda 
aniqlanadi. Masalan, agar binoning texnologik loyihasida (QIBLda) 
qavatma-qavat montaj qilish usuli qabul qilingan bo‘lsa, u holda 
zaxvatkaning vertikal yo‘nalishdagi chegarasi binoning bitta qavati 
miqyosida, agar ustunlarining qirqilishi ikki yoki uch qavatga 
mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda binoning ikki yoki uch qavati balandligi 
miqyosida belgilanadi.
Bundan kelib chiqib bino karkasning yig‘ma elementlarini montaj qilish 
ketma-ketligi ham tanlab olinadi. Biroq har qanday holatda ham avvalo 
bino karkasning elementlari montaj qilinadi, so‘ngra esa devor panellarini 
o‘rnatishga kirishiladi.
Binolarning konstruktiv elementlarini montaj qilishda oqimlarning 
gorizontal yo‘nalishdagi harakatlanishi bir zaxvatkadan ikkinchisiga qarab, 
vertikal yo‘nalishda esa  bir qavatdan ikkinchi qavatga qarab yoki 
ustunlarining qirqilishiga mos ravishda birinchi ikkita qavatdan keyingi 
ikki qavatga, birinchi uchta qavatdan keyingi uchta qavatga qarab amalga 
oshiriladi. Тom qoplamasini qurish bo‘yicha ishlarni bajarishda 
oqimlarning harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda bir zaxvatkadan ikkinchi 
zaxvatkaga qarab amalga oshiriladi. Maxsus ishlarni bajarishda 
oqimlarning harakatlanish yo‘nalishi pastdan yuqoriga qarab, pardozlash 
ishlarini bajarishda esa  yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 
Ishlarni bajarishning oqimli usulini tashkil qilish uchun qurilish-montaj 
ishlarining butun kompleksini quyidagi ixtisoslashtirilgan oqimlarga 
ajratiladi: yer ishlari, beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini montaj 
qilish, tom qoplamasini qurish, pardozlash ishlari, maxsus ishlar, 
texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish, hududni obodonlashtirish va 
ko‘kalamzorlashtirish ishlari. Bunga mos ravishda ob’ekt qurilishida band 
bo‘lgan ixtisoslashtirilgan zvenolar va brigadalarning kasbiy, malakaviy va 
shaxsiy tarkibi belgilanib, ulardagi ishchilarning mehnati tashkil qilinadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling