Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


G‘isht devorlarni ta’mirlash va qayta tiklash


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

G‘isht devorlarni ta’mirlash va qayta tiklash 
 
A) Yoriqlarni in’eksiyalash 
66


G‘isht devorlar yoriqlarini in’eksiyalashda jarayonlar tarkibi 
quyidagicha: tayyorlov ishlari, in’eksiyalovchi po‘lat naychalarni o‘rnatish, 
sement qorishmasini tayyorlash, yoriqlarni in’eksiyalash. 
Bunda tayyorlov ishlarining tarkibiga quyidagi ishlar kiradi: 
devorlarning suvoq qatlamini binoning tashqari va ichkari tomonidan 
ko‘chirish, devorlarning sirtini suvoq qoldiqlaridan yaxshilab tozalash, 
yoriqlarni tozalash va devorlarni yuvish. Shundan so‘ng yoriqlarda 
«shaxmat tartibida» parmalash yo‘li bilan teshiklar hosil qilinadi va ularga 
po‘lat in’eksiyalvchi naychalar o‘rnatiladi. Sement qorishmasini tayyorlash 
ob’ekt sharoitda amalga oshiriladi. Тayyorlangan sement qorishmasini 
maxsus mexanizm − qorishma-nasos yordamida yuqori bosim ostida rezina 
shlang bo‘yicha in’eksiyalashni bajarish joyiga uzatiladi va yoriqlarning 
ichkarisi po‘lat naychalar orqali in’eksiyalanadi. G‘isht devorlarni 
ta’mirlash va qayta tiklash ishlari binoning birinchi qavatidan boshlab 
qavatma-qavat usulda amalga oshiriladi.
B) Devorlarni simto‘r bo‘yicha torkretlash yoki suvoqlash 
Devorlarni simto‘r bo‘yicha torkretlash yoki suvoqlashda jarayonlar 
tarkibi quyidagicha; tayyorlov ishlari, po‘lat simto‘rlarni mahkamlash, 
devorlarni torkretlash yoki suvoqlash. 
Тayorlov ishlarining tarkibi va bajarilishi yuqorida qayd etilgan 
usullardagiga o‘xshash bo‘ladi. Devorlarni simto‘rlar bo‘yicha torkretlash 
yoki suvoqlashni binoning ichkari va tashqari tomonidan bajariladi. 
Devorlarning sirtlari yuqorida keltirilgan usuldagi kabi yaxshilab 
tayyorlangandan so‘ng ularda «shaxmat tartibi»da devorni teshib o‘tuvchi 
teshiklar parmalab hosil qilinadi va ulardan po‘lat armaturadan 
tayyorlangan ankerlar o‘tkaziladi. Ankerlarga ikki tomondan shaybalardan 
foydalanib po‘lat simto‘r payvandlab mahkamlanadi. Devorlarni 
torkretlash maxsus moslama − torkretlovchi to‘p yordamida amalga 
oshiriladi. Тorkretlovchi to‘p yordamida yarim quruq sementli-qumli 
qorishma devorlar sirtiga yuqori bosim ostida yuboriladi va qorishma 
chaplangan sirtga darhol iishlov beriladi. Natijada g‘isht devor suvoq 
qatlami bilan qoplanadi.
Devorlarni po‘lat simto‘r ustidan suvoqlashda jarayonlar xuddi devorni 
oddiy suvoq qilgandagidek bajariladi, biroq bunda ulardan farqli ravishda 
faqat sementli-qumli qorishma ishlatiladi. Dastlab suvoqlash binoning 
ichkari tomonidan, so‘ngra esa tashqari tomonidan bajariladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling