Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Тa’mirlash va qayta qurish usullari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тa’mirlash va qayta qurish jarayonining tarkibi va texnologiyasi
Тa’mirlash va qayta qurish usullari a) o‘rama ashyoli tom qoplamalari va gidroizolyatsiyalovchi qoplamalar: ayrim uchastkalarini ta’mirlash, o‘rama ashyoli tom qoplamasini to‘la qayta qurish, o‘rama ashyoli qo‘shimcha qatlamni yelimlab yopishtirish, vodoprovod va kanalizatsiya stoyaklarining chetlatgichlar bilan kesishgan joylarini germetizatsiyalash; b) beton pollar: yangi qoplamasini qurish; v) taxtali pollar: pollarning tirqishlarini yelim bilan to‘ldirish, lagalarni yaxshilab mahkamlash, ayrim parket parchinlarni yelimlab yopishtirish, yelimlovchi tarkibni in’eksiyalash, pollarni qaytadan qurish; g) keramik plitkali pollar: singan keramik plitkalarni butuni bilan almash- tirish, ayrim plitkalarni yelimlash. Тa’mirlash va qayta qurish jarayonining tarkibi va texnologiyasi a) gidroizolyatsiyalovchi qoplamalar va o‘rama ashyoli tom qoplama- lari. Gidroizolyatsiyalovchi qoplamalar va o‘rama ashyoli tom qoplamalarini qurishda texnologik jarayonlarning tarkibi quyidagicha: tayyorlov ishlari, yelimlovchi mastikalarni tayyorash, o‘rama ashyoli tasmalarni yoki qo‘shima qatlamni yelimlab yopishtirish: asosning vujudga kelgan nuqsonlarini bartaraf qilish. 70 Bunda tayyorlov ishlarining tarkibiga quyidagilar kiradi: qoplama yoki zirhlovchi qatlamni olib tashlash, nuqsonlari bor uchastkalarni tozalash (kerak bo‘lgan hollarda asosigacha), asosni tekislash, stoyaklar bilan chetlatgichlar kesishgan joylarni tozalash. Yelimlovchi mastikani tayyorlash bevosita ishlarni bajarish joyida amlaga oshirish maqsadga muvofiqdir. Yelimlab yopishtirishdan oldin o‘ramali ashyolarning tasmalarini yoki o‘rama butunligicha tekis yuzaga yoziladi va tekislash yo‘li bilan yelimlashga tayyorlanadi. Nuqsoni bor uchastkalarga mastikani qo‘lda dastaki usulda surtiladi, so‘ngra ruberoidning tasmasi shu joyga yotqiziladi va asosning ustida zich joylashishi uchun uni yog‘och kurak bilan tekislanadi. O‘ramali ashyoning qo‘shimcha qatlamini yelimlab yopishtirish yangi tom qoplamasini qurishdagi kabi bajariladi. Gidroizolyatsiyalovchi qatlamning stoyaklar bilan kesishgan joylarida quvurlarning atrofi yaxshilab germetizatsiya qilinadi. b) taxtali pollar. Yog‘och-taxtali pollarning tirqishlari mavjud bo‘lib ularni bartaraf qilish uchun ta’mirlash ishlari olib borilganda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi quyidagicha: tayyorlov ishlari, reykalarni tayyorlash, tirqishlarga reykalarni joylashtirish, polni randalash, polning alohida joylarini yoki butun yuzasini shpatlyovkalash va bo‘yash. Bunda tayyorlov ishlariga asosan tirqishlarni tozalash ishlari kiradi. Reykalar trapetsiyasimon ko‘ndalang kesimli qilib tayyorlanadi. Тayyorlangan reykalar tirqishlarga qoqib joylashtiriladi. So‘ngra butun yuzasi bo‘yicha pollar randalanadi. Polning holatidan kelib chiqib uning yuzasi qisman yoki to‘laligicha shpatlyovkalanadi, so‘ngra esa shlifovka qilinadi. Shlifovka qilib tayyorlangan pol qo‘lda dastaki usulda valik bilan 2 marta bo‘yaladi. Parket pollarining g‘irchillashi hollari quyidagi usulda bartaraf qlinadi. KMS yelimi yoki sun’iy smolalar asosidagi yelimlovchi tarkiblar tayyorlanadi, so‘ngra parket polining choklarida kichikroq teshiklar parmalab ochiladi va maxsus shpritslar yordamida sof pol va issiqlik izolyatsiyalovchi to‘shama yoki polosti to‘shamasi oralig‘idagi g‘ovaklar ushbu yelim bilan to‘ldiriladi. Yelimning qotish davrida polni har qanday mexanik shikastlanish va ta’sirlaridan asrash lozim. Parket pollarining namdan shishib ketgan joylarini bartaraf qilish uning nuqsonli joylarini olib tashalash va parchinli praket tizimini qayta terish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab parket pollari olib tashlangan joylar yaxshilab tozalanadi. Yelimlovchi mastika joyida tayyorlanadi yoki tayyor holatdagi mastika ishlatiladi. So‘ngra parket polining mavjud rasimiga moslashtirilib olib tashlangan joyidagi qismi 71 qayta terib chiqiladi va yaxshilab yelimlab yopishtiriladi. Parket polining yelimlangan qismi yetarli mustaxkamlikka erishganidan so‘ng shlifovka qilinadi va sirti ikki marta rangsiz lok bilan qoplanadi. v) keramik plitkali pollar. Metlax plitkali pollar ayrim ko‘chib ketgan joylarning plitkalarini o‘zining ilgarigi joyiga yelimlab yopishtirish yo‘li bilan ta’mirlanadi. Bunda jarayonlar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: polning nuqsonli joylaridagi sementli-qumli qorishmadan iborat mavjud qatlamni yemirmasdan yaxshilab tozalash, yelimlovchi mastikani (imkon qadar polimer asosidagi) tayyorlash, nuqsonli joyga mastikani surtish, plitkalarni joylashtirish va plitkaning asos bilan yetarli darajada birikishi ta’minlanguncha saqlash. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling