Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
V) Devorlarni po‘lat va temirbeton oboymalarga kiritish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
V) Devorlarni po‘lat va temirbeton oboymalarga kiritish
Po‘lat oboymalar konstruktiv jihatdan devorlarning burchaklariga o‘rnatiluvchi po‘lat burchakdan yasalgan tirgovuchlardan va balandligi 67 bo‘yicha ma’lum masofa oralig‘ida payvandlab ulanadigan po‘lat tasmalardan iborat bo‘ladi. Тemirbeton oboymalar konstruktiv jihatdan devor tuynuklarining balandligi bo‘yicha g‘isht devorning qalinligi kengligida o‘zaro po‘lat simto‘rlar bilan bog‘langan romlardan iborat bo‘ladi. Тemirbeton oboymalarga kiritilgan g‘isht devorlarning tuynuklari ichkarisidan biroz toraytiriladi. Devorlarni po‘lat oboymalarga kiritganda jarayonlarning tarkibi quyidagicha bo‘ladi: tayyorlov ishlari, oboyma elementlarini tayyorlash, oboyma elementlarini montaj qilish, devorlarni suvoqlash. Тayyorlov ishlarining tarkibi va bajarilishi yuqorida keltirilgan usullardagilarga o‘xshash bo‘ladi. Po‘lat oboyma elementlarini tayyorlash qurilish ob’ekti sharoitlarida amalga oshiriladi. Тayyorlangan elementlar kerakli joyga montaj qilinadi. Dastlab po‘lat burchakdan yasalgan tirgovuchlar o‘rnatiladi, so‘ngra esa ularga devorning ichkari va tashqari tomonlaridan oldindan tayyorlangan ma’lum uzunlikdagi po‘lat tasmalar payvandlab mahkamlanadi. Devorlarni temirbeton oboymalarga kiritganda esa jarayonlarning tarkibi quyidagicha bo‘ladi: tayyorlov ishlari, armaturali karkaslarni o‘rnatish, karkaslarni devorning ichkari va tashqari tomonlaridan po‘lat tasmalar bilan o‘zaro payvandlab birlashtirish, qoliplarni o‘rnatish, beton qorishmasini tayyorlash, kerakli joygacha uzatish, yotqizish va zichlash, betonni parvarishlash va kerakli mustahkamlikka erishgunicha saqlash, qoliplarni yechish, devorni sementli-qumli qorishma bilan suvoqlash. Armaturali karkaslarni tayyorlash markazlashgan holda yoki obektning o‘zida bajarilishi mumkin. Dastlab karkaslar devorga zich qilib o‘rnatiladi, so‘ngra ular po‘lat simto‘rlarni devorning kengligiga teng o‘lchamda payvandlash yo‘li bilan o‘zaro birlashtiriladi. Shundan so‘ng ayrim yog‘och taxtalardan yasalgan qolip devor darchasining ichkarisiga o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Qolipning yon tomon yog‘och taxtasida beton qorishmasini uzatish, yotqizish va zichlash uchun tuynuk qoldiriladi. Obektni betonlash uchun harakatchan qorishmadan foydalanish afzalroq hisoblanadi. Beton qorishmasini tayyorlashni obektda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Beton qorishmasi bad’yalarda kran yordamida tuynuklar orqali uzatiladi. Beton qorishmasini yotqizish havozalar ustida turgan betonchilar tomonidan qo‘lda bajariladi. Yotqizilgan beton qorishmasi chuqurlikka oid vibratorlar yordamida zichlanadi. Beton mustahkamligi 50 % ga erishganidan so‘ng qolip yechiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling