Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
68 Nazorat savollari 1. Zaminlar, poydevorlar, g‘isht devorlarning nuqsolari va ularning hosil bo‘lish sabablari. 2. Zaminlar, poydevorlar va g‘isht devorlarni t a’mirlash va qayta qurish usullari. 3. Poydevorlar va g‘isht devorlarni in’eksiyalash yo‘li bilan ta’mirlash va qayta qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi. 4. Poydevorlarni kengaytirish va chuqurlashtirish usuli bilan ta’mirlash va qayta qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi. 5. G‘isht devorlarni oboymaga kiritish usuli bilan ta’amirlash va qayta qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi. 6. G‘isht devorlarni po‘lat simto‘r ustidan suvoqlash usuli bilan ta’mirlash va qayta qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi. 16. O‘rama ashyoli tom qoplamalari, gidroizolyatsiyalash qoplamalari va har xil turdagi pollarni ta’mirlash va qayta qurish texnologiyasi. Nuqsonlar va ularning hosil bo‘lish sabablari. Тa’mirlash va qayta qurishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi Nuqsonlar va ularning hosil bo‘lish sabablari a) o‘rama ashyoli tom qoplamalarining nuqsonlari: shishlar, oqavalar, botiqliklar, ezilgan joylar, qirqilgan joylar, ulangan joylarning ko‘chib ketishi, suv yo‘lining mavjud emasligi, o‘rama ashyoning sidirilib ishishi, yoriqlar, chirigan joylar. Nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari: tom qoplamasini qurish texnologiyasining buzilishi, tom asosining notekisligi, ulanish joylarining noto‘g‘ri bajarilishi, suv chetlatuvchi voronkalarning axlat bilan to‘lib qolishi, ashyolarning issiqlikka yetarli darajada chidamli emasligi, ruberoidning chiriganligi va tom qoplamasining erta eskirishi; b) gidroizolyatsiyalovchi qoplamalarning nuqsonlari: oqavalar, devorlarga ulanish joylarining mavjud emasligi, vodoprovod va kanalizatsiyaga oid stoyaklarning sanitar-texnika jixozlaridan chetlatgichlar bilan kesishgan joylarida gidroizolyatsiyalovchi qatlam yaxlitligining buzilishi. Nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari: loyhadagi texnik yechimlarning xatoligi, gidroizolyatsiyalash texnologik jarayonining buzilishi, mexanik shikastlanishlar; v) beton pollarning nuqsonlari: yoriqlar, poldan chang ko‘tarilishi, yirik to‘ldirgichning ochilib qolishi, siniq - chaqalar. 69 Nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari: betonning yetarli darajada deformatsiyalanmasligi, mexanik shikastlanish va ta’sirlar, pollarni qurish texnologik jarayonining buzilishi, pollarni noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish; g) taxtali pollarning nuqsonlari: tirqishlar mavjudligi, puxtalik (zibkost), namlikdan shishgan joylar, parket parchinlarining ko‘chib ketishi, parket pollarning g‘irchillashi. Nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari: yog‘och-taxtaning yetarlicha quritilmaganligi, pollarni qurish texnologik jarayonining buzilishi, mexanik shikastlanish ta’sirlar, pollarni noto‘g‘ri eksplutatsiya qilish, polning ortiqcha ho‘llanishi. d) keramik plitkali pollarning nuqsonlari: plitkalarning ko‘chib ketishi, plitkalarning sinishi. Nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari: mexanik shikastlanish va ta’sirlarl, pollarni qurish texnologik jarayonining buzilishi, pollarni noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling