Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


G‘isht binolarni ta’mirlash va qayta qurish texnologiyasi va tashkil


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

G‘isht binolarni ta’mirlash va qayta qurish texnologiyasi va tashkil 
etilishi 
Тa’mirlash−qurilish maydonini tashkil etishda o‘ziga hos xususiyatlarga 
ega, bu xususiyatlar ta’mirlanuvchi binoning va amaldagi 
infrastrukturaning mavjudligi, hamda nisbatan tor sharoitlar bilan 
ifodalanadi. Binoni qayta tiklash minorali kran yordamida amalga 
oshiriladi, uni binoning hovli yoki bosh fasadi tomonidan o‘rnatiladi. 
Ishlarni tashkil qilishda amaldagi yo‘llar, kommunikatsiyalardan (elektr 
energiyasi, vodoprovod tarmoqlaridan) foydalaniladi. Vaqtinchalik 
ma’muriy-maishiy binolar sifatida harakatlanuvchi, mobillashgan vositalar 
qo‘llaniladi. Materiallar, buyumlar va konstruksiyalar kran strelasining 
harakat qilish radiusi zonasida omborlarga joylashtiriladi. Тa’mirlash-
qurilish ishlari oqim usulida tashkil etiladi. Buning uchun bino o‘lchamlari 
va rejadagi shakliga bog‘liq ravishda ayrim zaxvatkalarga bo‘linadi. 
Ishlarning butun kompleksi ixtisoslashtirilgan oqimlarga ajratiladi. 
Тa’mirlash ishlari bir qavatdan ikkinchi qavatga qarab ma’lum tartibda 
amalga oshiriladi, ishlar binoning zaminidan boshlanib to yuqorisidagi 
konstruktiv elementlarigacha davom ettiriladi. Bunda har bir qavatdagi 
konstruktiv elementni ta’mirlashga va qayta qurishga faqat oldingisi to‘la 
yakunlangandan so‘ng kirishiladi.
Тa’mirlash-qayta qurish ishlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 
zaminlar, poydevorlar, devorlar, pardevorlar, orayopmalar, zinalar, tom 
qoplamasi.
Bino qutisini ta’mirlash va qayta qurish bo‘yichaishlar yakunlangandan 
so‘ng maxsus, pardozlash va obodonlashtirish ishlarini bajarishga 
kirishiladi. Ularning bajarilishi yangi ob’ekt qurilishda bajariladigan ushbu 
ishlarga aynan o‘xshash bo‘ladi.
75


Nazorat savollari 
1. Yogoch-taxta orayopmalarni yaxlit quyma temirbeton orayopmalar bilan 
almashtirish texnologiyasi.
2. Yog‘och-taxta orayopmalarini yig‘ma temirbeton orayopmalar bilan 
almashtirish texnologiyasi.
3. G‘isht binoni ta’mirlash va qayta qurishni tashkillashtirish.
4. G‘isht binoni ta’mirlash va qayta qurish texnologiyasi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling