Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Karkasli binolarni ta’mirlash, qayta qurish texnologiyasi va tashkili


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Karkasli binolarni ta’mirlash, qayta qurish texnologiyasi va tashkili 
Karkasli binolarni qayta qurish binoning hovli yoki bosh fasadi 
tomonidan o‘rnatiluvchi minorali kran yordamida amalga oshiriladi. 
Materiallar va buyumlarni omborlash uchun maydonlar kran strelasining 
harakat qilishi radius zonasida joylashtiriladi.
Vaqtinchalik kommunikatsiyalar sifatida mavjud yo‘llar, amaldagi 
elektr energiyasi va vodoprovod tarmoqlaridan foydalaniladi. Vaqtinchalik 
ma’muriy-maishiy binolar sifatida ko‘chma va mobillashtirilgan vositalar 
ishlatiladi. Binoni qayta qurish ishlari oqim usulida tashkil qilinadi. Buning 
uchun binoni gorizontal yo‘nalishda rejadagi shakli va o‘lchamlariga 
bog‘liq ravishda zaxvatkalarga bo‘linadi. Vertikal yo‘nalishda 
zaxvatkalarning chegarasi qilib bino qavatining balanligi qabul qilinadi. 
Ishlarning butun kompleksi maxsuslashgan oqimlarga ajratiladi. Bu 
oqimlardagi ishlarni bajarish uchun esa maxsus zvenolar tashkil etiladi. 
Zvenolarning kasbiy, malakaviy va miqdoriy tarkibi oldindan belgilanadi. 
Karkas elementlarini qayta tiklash ishlari butunlay yakunlangandan so‘ng 
maxsus pardozlash va obodanlashtirish ishlari bajariladi. Ular yangi 
ob’ektlar qurilishidagi kabi tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
 
 
78


Nazorat savollari 
1. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarning nuqsonlari va ularning hosil 
bo‘lish sabablari.
2. Kolonnalar, rigellar va devor panellarini qayta tiklash usullari.
3. Ustunlarni qayta tiklashda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi.
4. Rigellarni qayta tiklashda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi. 
5. Devor panellarini tiklashda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi.
6. Karkasli binolarni ta’milash va qayta qurish texnologiyasi. 
 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling