4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4



4 - MA’RUZA 
4-MAVZU. TIPIK QISM VA DETALLARNI TA’MIRLASH 
TIPIK QISM VA DETALLARNI TA’MIRLASh
Reja: 
4.1. Val va o‘qlar. 
4.2. Podshipniklar. 
4.3. Birlashtiruvchi muftalar. 
Qisqa muddatda uskunalarni sifatli ta’mirlash va montaj qilish uchun avvalo, 
ish joyida texnika xavfsizligini barcha talablariga rioya qilgan holda ratsional tashqil 
qilish zarur (detal va qismlarni, asbob-uskunalarni, ko‘tarma-transport uskunalarini 
joylari ish zonasini to‘sish uchun zarur bo‘lgan to‘siqlar, ogohlantiruvchi uskunalar). 
Yirik uskunalarni ta’mirlash va montaj qilish uchun ish joylari mobillashgan, ya’ni 
bir ob’ektdan ikkinchisiga oson ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lishi kerak. Ish 
joyida dastgohlar, detallarni yuvish uchun moslamalar, zarur bo‘lgan slesarlik 
asbob-uskunalarni komplekti tayyor bo‘lishi kerak. 
Qo‘llanayotgan asbob-uskunalarni ishga yaroqliligiga alohida e’tibor berish 
zarur. Zarba beruvchi asboblar (bolg‘a, press, katta bolg‘a) qattiq va qovushqoq 
jinsli quruq yog‘och soplarga zich kiydirilgan va metall ponalar bilan 
mustahkamlangan bo‘lishi zarur. Siquvchi moslamalar siquvchi vintlari ishga 
yaroqli bo‘lishi kerak. Detallarni sirlash uchun kerak bo‘lgan qisqichlar, montaj 
temir va boshqa asboblar bir-biriga nisbatan deformatsiyasiz, g‘adir-budursiz 
bo‘lishi shart. Pnevmatik, elektr va abraziv asboblar (jilvirli va shliflangan xalqalar) 
puxtaligi sinovdan o‘tgan bo‘lishi kerak. 
Har bir ta’mirlashdan (yoki montajdan) avval uskuna va uning alohida 
qismlari bo‘laklarga ajratiladi. Ta’mirlanayotgan uskunalar elektr tarmog‘idan va 
kommunikatsiyadan uzib qo‘yish va ichidagisini bo‘shatish kerak. Uning ishchi 
hajmi yuvilib, imkon darajasida quritiladi. 
Uskunalarni ajratish tayyorlovchi korxona tomonidan uskunalarga qo‘shib 
berilgan hujjatida ko‘rsatilganidek yoki ta’mirlash va montaj bo‘yicha maxsus 
ko‘rsatmaga binoan olib boriladi. Har qanday holda ham qismlarga ajratish 
muhofaza qobiqlari va shitlarni yechishdan boshlanadi. Uskunalarni butkul 
qismlarga ajratishda ularni avval maksimal yirik qismlarga, keyin mayda qismlarga 
yoki alohida detallarga ajratiladi. Qismlarga ajratilayotgan detallar, agar ularda 
korxona belgisi bo‘lmasa tamg‘alanadi. Tutashtiriluvchi yuzalar yoki tomonlar, 
iplar, bo‘yoqlar, tamg‘alar bilan jihozlanadi. Bu tadbirlar uskunalarni yig‘ish 
jarayonini yengillashtiradi. 
Ta’mirlash va montaj vaqtida uskunalarni yig‘ishni, uning detallarini 
iflosliklardan, changdan va konservatsiya moylaridan tozalashdan boshlanadi. 
Ayniqsa, ishqalanuvchi yuzali detallarni yaxshilab tozalash kerak.
Yuvuvchi suyuqlik sifatida detalda to‘plangan cho‘kindilarning xossalariga 
qarab kerosin, ishqor, petrov kontakti va suv qo‘llaniladi. 


Detallarni yuvish bilan band bo‘lgan ishchilar himoyalanuvchi ko‘z 
oynaklarda va rezina qo‘l qoplarda ishlashlari, shuningdek, texnika xavfsizligining 
barcha talab etilgan ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari shart. 
Uskuna va ularning qismlarini ta’mirlash va montaj qilish, ularning 
konstruksiyalari va eksplutatsion xususiyatlariga mos holda amalga oshiriladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling