4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


-rasm. Siljuvchi podshipniklarda tirqishlarni tekshirish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.5-rasm. Siljuvchi podshipniklarda tirqishlarni tekshirish. 
1-podshipnik korpusi; 2- podshipnik qopqog‘i; 3-pona; 
4-babbit quymasi; 5-qo‘rg‘oshinli sim; 6,7-qistirma. 
Ta’mirlash va taftish o‘tkazish tartibi quyidagicha: 
Podshipnik korpusi yuviladi va quritiladi; moyni podshipnik karteridan oqizib 
yuboriladi; korpus qopqog‘ini ajratilgandan so‘ng, valdan ustki pona olib qo‘yiladi, 
keyin val atrofida aylantirib ichki pona chiqariladi. Ponalarning ishchi yuzalarni 
diqqat bilan ko‘rib chiqiladi. Ishchi yuzalarda teshiklar, tirnalgan joylar, rakovinalar 
va joydagi yemirilishlar bo‘lmasligi kerak. Ponalarning ishchi yuzalarining sapfa 
yoki val bo‘yniga zich o‘rnatilganligini tekshirish uchun podshipnik ajratgichidagi 
yonbosh zararlarni qarab chiqiladi (2.5-rasm). Ular ruxsat etilgan chegaralardan 
oshmasligi kerak. Val va ustki pona oralig‘idagi tirqishlarni diametri 2 mm gacha 
bo‘lgan, valning tashqi hosil qiluvchisi bo‘ylab joylashtirilgan qo‘rg‘oshin sim 
yordamida o‘lchanadi. Podshipnik qopqog‘ini tortib oxirigacha mahkamlangandan 
so‘ng (korpus va qopqoq orasidagi qistirmalarni hisobga olgan holda) 
deformatsiyalangan (ezilgan) sim qalinligiga qarab haqiqiy tirqish aniqlash osondir; 
kerakli tirqishni ajratkich tekisligida qistirma qalinligini tanlash yo‘li bilan 
aniqlanadi. Podshipnik qopqog‘i tortib mahkamlangandan so‘ng lyuft kattaligi valni 
erkin aylantirish vaqtida mumkin qadar kichik bo‘lishi kerak. Podshipniklarni qayta 
tiklashning ko‘p usullari bor bo‘lib, ko‘pincha metallash, suyultirib qoplash, quyish, 
yangi vtulkani presslash usulari qo‘llaniladi. 
Metallashtirish uchun po‘lat, mis, aluminiy qo‘shilmasi qo‘rg‘oshin va latun 
asosidagi antifraksion qotishmalardan foydalaniladi. Ichquyma yoki ponani 
suyultirilib qoplashni, u qaysi materialdan tayyorlangan bo‘lsa, usha material bilan 
o‘tkaziladi va cho‘yan pona (ich quyma) nigina bronza bilan suyultirib qoplanadi. 
Amalda podshipniklarni babbitda quyma ishlash keng tarqalgan. Quyma 
quyishni yoki mashina yordamida (markazdan kochma usulda va bosim ostida) 
bajariladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling