4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


 - rasm. Val yuzalarini suyultirib qoplash usullari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.2 - rasm. Val yuzalarini suyultirib qoplash usullari: 
a) val bo‘ylab; b) spiral bo‘ylab. 
Suyultirilib qoplanayotgan val yuzasiga avvaldan tokarlik stanogiga ishlov 
beriladi, buni shunday bajariladiki, qirindini to qoplanayotgan yuzaning hammasiga 
ishlov berish mumkin bo‘lgunga qadar chuqurlikda olib qo‘yiladi. 
Bu birinchidan, payvandlash va suyultirib qoplash uchun yaxshi sharoit 
yaratib beradi va ikkinchidan, suyultirib qoplanayotgan qatlamning bir xilda 
qalinligini ushlab turadi, bu esa qatlamlanishning oldini olishda juda ahamiyatlidir. 
Suyultirib qoplashni qo‘lda bajarsa ham bo‘ladi, faqatgina mashinada suyultirib 
qoplashda yuqori bir tekislik, ravonlikka erishiladi, bundan kelib chiqib suyultirib 
qoplashning yuqori sifatiga erishiladi. 
Suyultirib qoplanayotgan metall valiklari o‘q bo‘ylab va unga ko‘ndalang 
yo‘nalishda bo‘lishi mumkin (speral yo‘nalishda). Birinchi holatda val juda 
qiyshayib ketadi (o‘q bo‘yicha egiladi). Qiyshayishni kamaytirish uchun valiklarni 
diametr bo‘yicha bir-biriga teskari joylashgan holatda o‘zaro kesishgan qilib 
taxlanadi (2.2a-rasm ). Spiral suyultirib qoplashda (2.2b-rasm) valning qiyshayishi 
minimumga keltiriladi. Bundan tashqari, bu usul jarayonni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirishga imkon beradi. Suyultirib qoplanadigan val tokarlik stanogi 
markazida sekin aylanadi, stanok supportiga avtomatik payvandlash kallagi 
o‘rnatilgan. Suyultirib qoplash payvandlash vaqtida oson ajratib olinadigan shlakli 
qobiq hosil qiladigan Fines qatlami ostida amalga oshiriladi. 
Vallarning yuzalarini qayta ishlash uchun suyultirib qoplashning boshqa 
usullaridan ham foydalaniladi: suv bilan sovitiladigan, mis qolipda elektr shlakli
vibro kontaktli suyultirib qoplash, shuningdek, payvandlash vositasida ishqalanishli 
suyultirib qoplash). Bu usullar maxsus adabiyotlarda aniq yozib ko‘rsatilgan. 


Ta’mirlash vaqtida metallashtirishni alesilenli – kislorodli alangada gazli 
metallash yoki elektr yoyida (elektrli metallash) metallni suyultiruvchi maxsus 
apparatlar yordamida amalga oshiriladi. 
2.3-rasmda gazli va elektr yoyli metallizatorlar ko‘rsatilgan, 2.4-rasmda esa, 
elektr yoyli metallashtirish sxemasi ko‘rsatilgan. Sim g‘altak o‘ramidan ikkita 
parallel ip bo‘lib, bushatiladi va yo‘naltiruvchi trubka orqali o‘tadi. Simlarga elektr 
transportini ta’minlovchi roliklar harakatni yetkazadi. Qabul qiluvchi trubkalar 
simlarni yaqinlashtiradi, ular orasida sim metallarini eritadigan elektr yoyi hosil 
bo‘ladi. Havo soplasidan 0,6 MPa bosim ostida chiqadigan havo suyultirilgan 
metallni mayda zarrachalarda purkaydi va uni qoplanayotgan yuzaga quyadi. 
Metallashtirishni tokarlik stanogida o‘tkazish oson; buning uchun metalizatorni 
stanok supportasiga mahkamlanadi, valni esa markazda asta –sekin aylantiriladi. 
Metallashtirish oldidan qayta tiklanayotgan yuza qumpurkagich moslama 
yordamida yoki tokarlik stanogida qirindini olib tashlash yo‘li bilan iflosliklardan, 
zangdan va dog‘laridan tozalanishi kerak. Qirindini olib tashlash yo‘li bilan 
tozalanganda bir vaqtning o‘zida ovallik yoki bochka sifatli tanlab olinadi. 
Suyultirib qoplangan qatlam yanada mahkamroq ushlanishi uchun qoplashni 
boshlashdan oldin val yuzasida chuqurligi va kengligi 2 mm bo‘lgan bir qator 
ariqchalar o‘yiladi yoki yirtilgan rezbani ochiladi. Qanchalik yuzaga g‘adir–budir 
ishlov berilgan bo‘lsa, qoplama qatlami asosiy metall bilan shunchalik yaxshi 
ilashadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling