4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.1. Val va o‘qlar. 
 
Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalaridagi uskunalarda qo‘llaniladigan 
vallar va o‘qlar turli-tuman shaklga, o‘lchamga va ularni tayyorlaganda ishlatilgan 
metallarning xilma-xilligi bilan harakterlanadi. Ko‘pincha murakkab shaklli vallar 
va o‘qlar uchraydi, qurilmalarda esa, kovaklar ham uchraydi. 
Detallar vallarga o‘tkaziladi va shponkalar yordamida kafolatlangan 
taranglikda vallarga mahkamlanadi. Vallar va o‘qlar pog‘onali qilib tayyorlanadi, 
shunda detallar o‘q bo‘ylab siljishi chegaralanadi. Buning uchun to‘xtatgichli 
xalqalar va valning konussimon qismlaridan foydalaniladi. Valning barcha 
pog‘onalarida silindrik yuzasi bilan ravon tutashmasi ko‘zda tutilishi shart. Valning 
silindrik yuzasining mustahkamligi o‘zgaruvchan belgili yuklamalari tutashma 
radiusi kattalashgani sayin o‘sib boradi. 
Vallar sezilarli darajadagi issiqlik deformatsiyasiga duch keladi. Shuning 
uchun ular o‘q yo‘nalishi bo‘ylab bir joyda – vallarda joylashgan detallarning o‘q 
bo‘ylab siljishiga yo‘l qo‘yilmaydigan joyda fiksatsiya qilinadi. 
Yuklamalar va ekspluatatsiya sharoitlariga qarab, vallar va o‘qlarni St.30, 
St.40 – uglerodli po‘lat markalaridan va ko‘proq – St.45, shuningdek St.3, St.4, St.5 
markalaridan va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. 
Yemirilishga chidamlilikni oshirish maqsadida ko‘pgina vallarning ishchi 
bo‘yinlariga termik ishlov (yuzani toblash, sementlash, azotlash va hokazolar) 
beriladi. 
O‘rnatish va to‘g‘rilash. Yig‘ish vaqtida vallar va o‘qlarni shunday 
joylashtirish kerakki, ular fazoda asosiy detal va boshqa vallar va o‘qlarga nisbatan 
to‘g‘ri joylashgan bo‘lsin. Odatda, bunga ular o‘rnatiladigan tayanchlarni to‘g‘ri 
yig‘ish orqali erishiladi. 
Og‘ir vallarni tayanchlarga ko‘tarma mexanizmlar yordamida o‘rnatiladi. 
Bunga vallar kanopdan qilingan arqon bilan arqonlanadi yoki po‘lat tros bilan, lekin 
ularga mahkamlangan val va detallar ishlov berilgan yuzasini shikastlanishdan 
saqlash imkonini beradigan yog‘och taglik bo‘lishi shart. 
Vallarni o‘rnatish va to‘g‘rilash ularning holatini rostlashga, ba’zan esa, 
podshipniklarni mos ravishda ishlov berishga bog‘liqdir. Val o‘qining aniq holatini 
saqlab qolish bilan bir vaqtda, val bilan podshipnikning shunday tutashuviga 
erishiladiki, ular orasidagi mumkin bo‘lgan tirqishlar chegaralarida val o‘z o‘qi 
atrofida oson va ravon aylana oladi. Val bo‘yinlari ularga mos ichki quymalarga 
butun tayanch yuzasi bo‘ylab bir tekisda bir-biriga o‘tirishi kerak. Kontaktning bir 
tekisliligini ichki quymadagi izdan tekshirilgani kabi, val yuzasidagi izlardan ham 
tekshiriladi (bo‘yoqli tekshirish). Mashinalarni yig‘ishda vallarning o‘zaro 
joylashishi muhim ahamiyatga ega. 


Vallar parallelligi shtangensirkul yoki shtixmass bilan tekshiriladi. Ular 
yordamida bir necha nuqtalarda hosil bo‘layotgan. Tekshirilayotgan vallar orasidagi 
masofalar o‘lchanadi va o‘q holatini, ya’ni podshipniklarni rostlash yo‘li bilan 
o‘lchash natijalarini tenglashga erishiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling