4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja


 Harakatchan birikmalarning zichlovchi moslamalari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1610702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
М-4

2.5. Harakatchan birikmalarning zichlovchi moslamalari. 
 
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarining zichlovchi qurilmalari 
jihozlariga yuqori talablar qo‘yiladi. Bunga sabab, ularning portlashga va yonginga 
xavfli ishlab chiqarish, zaharli muxit, shuningdek, yuqori temperatura va bosimlarda 
ishlashidir. Bularning hammasi yaxshilab montaj qilish va o‘z vaqtida sifatli qilib 
zichlagich qismlarini ta’mirlash zarurligidan darak beradi. 
Zichlagichlarning vazifasi – agar uskunalar vakuum sharoitida ishlayotgan 
bo‘lsa, uskuna ichiga havo kirgizmaslik, bosim ostida ishlayotgan uskunalardan 
muxit sizib chiqmasligini ta’minlashdir. Uskunalardan to‘g‘ri chiziqli kiruvchi-
qaytaruvchi harakatni hosil qiladigan shtoklar (masalan, porshenli nasoslarda
kompressorlarda, surilma qopqoqlarda) va o‘z o‘qi atrofida aylanadigan vallar 
(masalan markazdan qochma nasoslarda, aralashtirgichlarda, reaktorlarda) 
uskunalardan chiqib turgan bo‘lsa, bu uchastkalarni zichlashga to‘g‘ri keladi. 
Zichlanish talab etiladigan uchastkalardagi shtoklar va vallar shliflangan yoki 
yaltiratilgan, shuningdek zichlanish amalga oshirilayotgan qo‘zg‘almas detallar va 
vtulkalarga nisbatan qat’iy markazlashtirilgan bo‘lishi shart. 
Salniklar oddiy zichlagich moslamalariga yumshoq tiqinli salniklar kiradi. 
Elastik tiqinli salnikli vtulkada hamma zich to‘lguncha siqish orqali zichlashga 
erishiladi. Zichlashning sifati kuchi orqali aniqlanadi, ammo tiqinga solishtirma 
bosim oshirilganda val va tiqin orasida ishqalanish kuchi ortadi. Buning natijasida 
tiqin qizib ketadi va tez ishdan chiqadi (mo‘rt bo‘lib qoladi), bu esa val yoki 
shtokning ishdan chiqishini tezlashtiradi.
Salnikni tortish uchun zarur bo‘lgan kuchni quyidagi formuladan topamiz: 
(2.1) 
bu yerda k=1,2-1,6 ga teng bo‘lgan koeffitsient; p-salnikdan oldin 
zichlanuvchi hajmdagi bosim; D-tiqinning tashqi diametri; d- val yoki shtok 
diametri. 
Agar val bilan tiqin oralig‘idagi tomchilayotgan suyuqlik ishqalanuvchi 
yuzalarni 1 minutda 60 tomchi tezlik bilan moylasa, salnik ishi qoniqarli 
hisoblanadi. Bundan tashqari ishqalanish kattaligi tiqin sifatiga, salnik uzunligiga 
val yoki shtok o‘qi urushi mavjudligiga va chiziqli (aylanma) harakat tezligiga 
bog‘liq.
Tiqin materiali sifatida kanon aylana yoki kvadrat kesim asbob prorizilenli 
mato (kesim diametri yoki kvadrat tomonlari 4 dan 50 mm gacha). Qonunga ko‘ra, 
tiqinlarni ularning chidamliligini oshiradigan va zichlagichlardagi ishqalanishlarini 
kamaytiradigan maxsus tarkiblar bilan shimdiriladi (talk, grafitdan moylab va texnik 
yog‘ bilan moylab va h.). Ko‘proq uchraydigan ba’zi bir tiqin materiallari 
xarakteristikasi 2-1 jadvalda keltirilgan. 


4
2
2
d
D
p
k
P








2-1 жадвал 
Salniklar tiqinlari uchun materiallar xarakteristikasi 
Material 
Shimdirilgan modda 
Ishchi muxit 
Ishchi parametrlari 
Bosim, MPa 
Temperatura,
o

Paxta –unli 
mato 
Salo 
Inert 
gazlar 
va 
bug‘lar 
3,0 
60 
Og‘ir neft mahsu-
lotlari 
4,0 
120 
Ishqor 
eritmasi, 
organik 
erituvchi, 
uglevodorod 
va 
moylar
0,6 
80 
O‘zakli sovun va glitserin 
Yengil neft mahsu-
lotlari 
0,6 
40 
Asbest 
Inert 
gazlar 
va 
bug‘lar 

400 
Ishqor eritmalari 
0,6 
200 
Oksidlovchi gazlar 
va bug‘lar 
2,5 
300 
Grafit 
Konsentr. 
mineral 
kislota, 
organik 
erituvchi, 
ugle-
vodorod va moylar 
0,6 
150 
Salo, grafit 
Suv bug‘i 
2,5 
300 
Polinvinilxlorid 
Oksidlovchi gaz va 
bug‘lar, 
konsentr. 
mineral kislotalar 
0,6 
60 
Suyuq shisha 
Oksidlovchi gaz va 
bug‘lar 
2,5 
400 
Mis simli 
asbest 
Salo 
Suv bug‘i 
4,5 
400 
Salo va grafit 
Mazut, kerosin, solyar 
moyi, gazoyl 
3,0 
200 
Rezinalashgan 
shnur 
Kislota va ishqor 
suyultirilgan 
eritmasi 
1,6 
60 
Ishqor eritmalari 
0,6 

Suv, tuzlar neytral 
eritmalar 
4,0 

Muxit xususiyatlariga qarab, 40
o
S gacha temperaturada va yuqori bosimda, 
rezinadan, charmdan yoki polivinilxloriddan, U-simon, shevronli, yoqasimon 
manjetli zichlagichlar qo‘llaniladi. Montaj shakllari turli bo‘lgan monjetli 
zichlagichlar, salnikli tiqinlarga qaraganda sezilarli darajada kam taranglik kuchi 
talab etadi va valga ishqalanish ularda birmuncha kamroq. 
Ishchi muxitning yuqori temperaturalarida va shtoklarning kichik harakat 
tezligida metall va yarimmetall yumshoq antifraksion qotishmalardan (masalan, 
60% қўрғошин, 37% мис ва 3% никель таркибли қотишма) графит 
шимдирилган асбестли ўзакдан ясалган бўшликка эга бўлган халқали 
зичлагичлардан фойдаланилади. Бу зичлагичлар юқори босимларда ҳам яхши 
ишлайди. 


Салник узунлиги (тиқин халқалари сони) босимга ва вал ва втулка 
орасидаги тирқишга боғлиқ. Кўпинча, тиқин участкаси узунлиги салникли 
втулка диаметрига тенг деб олинади, одатда халқалар сони 10 дан ошмайди. 
Салникни тортиб боғлашда ҳар бир тиқин халқасига тушаётган босимнинг бир 
хил бўлишига эришиши шарт. Акс ҳолда, ўта юклатилган кучли босим 
тушаётган халқалар тез қизиб кетади ва ишдан чиқади, бу эса зичланишни 
жараён давомида кейинги тортиб боғлаш йўли билан зичланишни қайта 
тиклашда қийинчилик туғдиради. 
Кимё ва нефтни қайта ишлаш заводлари ускуналарининг салникли 
зичлагичлари иссиқ, коррозлон ва заҳарловчи мухитда ишлайди, шунинг учун 
зичловчи суюқликни узатиш учун оралиқ халқалар (фонарлар) ўрнатилади 
(2.7-расм). 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling